Yengil atletika va uning turlari



Download 21,34 Kb.
bet2/2
Sana14.01.2022
Hajmi21,34 Kb.
#360081
1   2
Bog'liq
Mustaqil ish 1

O'yin qoidalari. Atletning vazifasi - uzoqroq masofaga sakrashdir. Birinchi bo'lib atletlar yugurib keladilar, so'ngra bir oyoqlari bilan maxsus doskadan itarilib, sakraydilar. Itarilish doskasidan qo'nish chuqurligining burchagigacha bo'lgan masofa kamida 10 metr bo'lishi kerak. Sakrash to'rtta fazadan iboratdir: yugurish, itarilish, uchish va qo'nish. Balandlikka sakrash- qishki va yozgi o’yinlarda o’tkaziladi. Erkaklar uchun 1896-yildan, ayollar uchun 1928-yildan Olimpiya o’yinlari safiga kiritilgan. 5ta fazadan iborat: yugurish, itarilishga tayyorgarlik, itarilish, plankadan o’tish va qo’nish.O’yin qoidalari. Balandlikka sakrash musobaqalari sakrash va qo’nish uchun moslashgan sektorlarda o’tkaziladi. Sportchiga boshlang’ich etapda va finalda har bir balandlikda uchta harakat beriladi. Agar sportchi biror bir balandlikda sakrashdan bosh tortsa, uning uchta harakati olinib tashlanadi. Agarda u ma’lum bir balandlikka sakrashda 1 yoki 2 marotaba xato qilsa, yana sakrashdan bosh tortib qolgan harakatlarini keying sakrashga olib qo’yishi mumkin. Sportchi o’zi hohlagan balandlikdan sakrashi mumkin, ammo u hakamlarga oldindan xabar berib qo’ygan bo’lishi kerak. Shest bilan sakrash – Olimpiya o’yinlari qatoriga kiradi ( erkaklar uchun 1896-yildan, ayollar uchun 2000-yildan). O’yin qoidalari. Shest bilan sakrash musobaqalari sakrash va qo’nish uchun moslashgan sektorlarda o’tkaziladi. Sportchiga boshlang’ich etapda va finalda har bir balandlikda uchta harakat beriladi. Balandlikning oshishi hakamlar tomonidan belgilanadi va u kamida 5 smni tashkil etishi kerak. Uchtali sakrash – Yengil atletikaning programmalaridan biridir. U Olimpiya o’yinlarida 1896-yildan beri o’tkaziladi. Sportchi maxsus sektordan yugurib kelib, brusokga yetib kelgandan keyin undan itarilib sakraydi.Sakrash 3 bosqichdan iborat bo’lib, birinchi bosqichda – sakrashni amalga oshirayotganda brusokka qaysi oyog’i bilan birinchi sakragan bo’lsa, huddi o’sha oyog’i bilan brusokdan qumga sakrashni amalga oshirishi kerak. 2-boshqich qadam deyiladi, bunda yerga boshqa oyog’ bilan teyish kerak. Oxirgi bosqich esa qumga sakrab tushishdir.


To’siqlar osha yugurishning ikki xili bor: 1. Govlar osha yugurish – bunda yugurish yo’lkasida bir-biridan bir xil uzolikda masofadagi muayyan joylarga qo’yilgan bir tipdagi to’siqlardan oshib, 60m dan 400 m gacha masofa­ga yuguriladi; har qaysi sportchi alohida-alohida yo’lkada yuguradi.

3000 m ga to’siqlar osha yugurish  – bunda yugurish yo’lka­sida u yer-bu yerga mustahkam o’rnatilgan to’siqlar osha, stadion sektorlaridan birida kavlangan chuqurga to’ldirilgan suvdan kechib yuguriladi.

Estafetali yugurish – bunda jamoa-jamoa bo’lib yuguriladi; komandada yuguruvchilar qancha bulsa masofa ham shuncha etaplarga bo’lingan buladi. Estafetali yugurishdan maqsad – estafeta tayoqchasini bir-biriga uzatib uni mumkin qadar tez startdan marragacha yetkazib borishdir. Etaplar oraligi bir xil (qisqa va o’rtacha masofada) yoki har xil (aralash masofada) bo’ladi. Estafetali yugurish ko’proq stadion yo’lkalarida, ba’zan esa shahar ko’chalarida o’tkaziladi.

Uloqtirish – maxsus snaryadlarni uzoqlikka irg’itish va uloqtirish mashqlaridir. Uloqtirish asab-muskul kuchlanishi qisqa vaqtda – maksimal bo’lishi bilan xarakterlidir. Bunda qo’l, yelka kamari va tana muskullarigina emas, balki oyoq muskullari ham faol qatnashadi.

Yengil atletika snaryadlarini uzoqqa uloqtirish uchun kuch, tezlik, chaqqonlik yuqori darajada rivoj topgan bo’lishi va o’z kuchini yig’a bilmoq zarur.

Yengil atletik uloqtirishlar ijro usuliga qarab, uch turga bo’linadi:

1) bosh ortidan boshlab uloqtirish (nayza va granata);

2) aylanib uloqtirish (disk, boskon);

3) irg’itish (yadro).

Ko’pkurash – yugurish, sakrash va uloqtirishning har xil turlarini o’z ichiga oladi. Kupkurash tarkibidagi turlar miqdorigaqkarab nomlanadi: uchkurash, to’rtkurash, beshkurash, oltikurash, sakkizkurash, o’nkurash. Kupkurashning asosiy turlari erkaklar uchun – unkurash, ayollar uchun – yettikurash, uspirinlar uchun – oltikurash, sakkizkurashlardir.

musobaqalari ikki kun o’tkaziladi.

Xulosa


Bu mustaqil ishni bajarish davomida yengil atletika va uning turlari haqida yetarli ma’lumot va bilmlarga ega bo’ldim.Hozirgi kunda bu sport turi bilan shug’ullanuv-chilar ko’pchilikni tashkil etadi xususan, bizni yurtimizda ham.Sababi bu sport turi insonlarni sabrli va mashqqatlarga chidamli bo’lishiga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. https://hozir.org/yengil-atletika-va-uning-turlari-mavzu-yengil-atletika-va-unin.html

  2. https://uz.wikipedia.org/wiki/Yengil_atletika

  3. https://arxiv.uz/uz/documents/referatlar/jismoniy-tarbiya/yengil-atletika-turlari-texnikasining-asoslari


Download 21,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish