Yengil atletika sport turini darslar orqali yangi metodlardan foydalangan xolda tashkil qilish



Download 30,27 Kb.
bet2/2
Sana29.08.2021
Hajmi30,27 Kb.
#158694
1   2
Kalit so`zlar: yengil atletika, atlet, metod, ratsional, tezlik, mashg`ulot nazariyasi

Oliy ta`lim muassasi talabalarining yengil atletika fani bo‘yicha bilim, ko‘nikma, malakalarining shakllantirish va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, xayotning turli jabxalarida yengil atletika vositalaridan samarali foydalanish hozirda muhim sanaladi. Yengil atletikaning rivojlanish tarixi haqida ma`lumot berish, talabalarni yengil atletika sport turining texnikasi bilan tanishtirish, ularni yengil atletika bo‘yicha musobaqalar o‘tkazishda hakamlik qilish qoidalarini o‘rgatib borishdan iborat. Talabalarda yengil atletika va uni o‘rgatish metodikasi fanini o‘tkazishda bo‘lajak mutaxasislarga yengil atletika mashg‘ulotlarini tashkil qilish, yengil atletika mashqlarni bolalarning yoshiga mos holda tanlash, jismoniy sifatlarni rivojlantirish va o‘tkazishga o‘rgatishdan iborat. Shuningdek talabalarni yengil atletika va uni o‘rgatish metodikasi fanining maqsad va vazifalari bilan tanishtirish, yengil atletikada qo‘llanadigan turli usullar bilan amaliy tanishtirish, hakamlik qilish malakalarini shakllantirish, yengil atletika turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish usullarini, nizomlarini tuzishga o‘rgatish haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilishdan iborat.

Yengil atletika turlari texnikasini har bir shug‘ullanuvchini yugurishning xususiyatlari bilan tanishtirish , kamchiliklarini aniqlash, katta ham, o‘smirlar ham o‘rganishlari mumkinligi va o‘rgatishning asosiy vazifasi yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish, kupkurashdan iborat ekanligini tushuntirib beriladi. Yengil atletika texnikasini takomillashtirishda gavda va bosh oyoq qo‘l harakatlariga e`tibor berish kerakligi haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish murabbiylarning muhim vazifasidir. Yengil atletika mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan metodlar o‘rgatish va uni takomillashtirish mashg‘ulotlar jarayonining asosiy tarkibiy qismidir. Yengil atletika mashg‘ulotini o‘rgatish metodikasining umumiy asoslari quyidagilardan iborat. O‘rgatish metodlari, So‘z metodi, Ko‘rsatish metodi, Mashqlarni yaxlit o‘rgatish metodi, Mashqni bo‘laklab o‘rgatish metodi va boshqa metodlar. Bu o‘rganiladigan metodlar Yengil atletika mashg‘ulotlarini samarali olib borishlariga xizmat qiladi.

Yengil atletikaning kupchilik turlari yugurish, uzunlikka, balandlikka sakrash, granata uloqtirish va boshqalar tabiiyki, ularni xatto endi boshlayotgan sportchilar ham qiynalmay bajara oladilar. Yengil atletikaning har qanday turida bu mashqlarni bajarish uchun maxsus ishlab chiqilgan texnikasi bor sportchilargina muvaffaqiyatga erisha oladi. Takomillashgan texnika deganda, eng yaxshi natijalarga erishishga imkon beradigan sport mashqlarini bajarishning eng ratsional va eng samarali usullari tushuniladi.

Sport texnikasi harakatlar shakligina emas. Yengil atletika mashqi qanday usulda bajarilmasin, u har doim sportchining ongiga , uning irodaviy va jismoniy fazilatlariga ma`lum malakalarga , organ va sistemalarining funksional tayyorgarlik darajasiga, tashqi muxitning ma`lum sharoitidagi harakat faoliyatiga bog`liqdir. Har bir yengil atletik mashqning o`z shakli va mazmuni bor. Mashq shakli- harakatlarning, yo`nalishlarning, amplitudalarning, ayrim zvenolar tezligining, sur`atining, ritmining va yaxlit faoliyatidagi bir vaqtda va ketma-ket ijro etiladigan harakatlar muayyan mosligining kinematik tuzilishidir.

Yugurish, sakrash va uloqtirish texnikasi biomexanika nuqtai nazaridan ratsional bo`lishi kerak. Harakat yoki ishni erkin , yengil ortiqcha qiynalmay bajaradigan bulishi juda muxim. Xatto maksimal kuchlanish kerak xatto maksimal kuchlanish kerak. Sportchining nafas olishi – sport texnikasining uzviy qismidir. Nafas tezligi va chuqurligi , nafas olish va chiqarish fazalarining davom etish vaqti va pauzalar harakat yo`nalishi, amplitudasi va ritmi bilan, sportchiga qanchalik zur kelayotgani bilan shartli-reflektor bog`liqdir. Sport mashqlari texnikasini ma`lum sharoitlarda yaxlit ishni bajarish usuli, deb bilmoq kerak. Shuning uchun ham yengil atletikachi harakatlarni boshqarish to`g`risidagina emas, balki konkret sharoitda uning hamma psixik va jismoniy faoliyatini boshqarish xakida ham gapirsa buladi. Sport texnikasini o`rgatish va uni analiz qilishni yengillashtirish uchun yaxlit harakatlarni –yugurish, sakrash, uloqtirish - qismlarga, fazalarga, momentlarga bulish mumkin. Yurish va yugurish texnikasi darslarini tashkil qilish. Yurish va yugurish– inson bir joydan ikkinchi joyga kuchishining tabiiy usulidir. Buning asosi qadamdir. Qadam vositasida odam oyoq muskullaridan foydalanib, erdan depsinib siljiydi. Yurish va yugurish vaqtidagi qadamlar va ularga bo`gliq bo`lgan qo`l va gavda harakatlari tuxtovsiz bir tartibda kup marta takrorlanadi. Bunday takrorlanuvchi harakatlar siklik harakat deyiladi. Yurib ketayotgan odam harakat bir sikli davomida erga bir oyog`iga tayangan payti ham, yoki ikala oyogida tayangan payti ham buladi. Qush qadam davomida har qaysi oyoq bir gal tana uchun tayanch bulib xizmat qilsa , bir gall silkinib oldinga o`tadi. Tayanch paytida oyoq tana og`irligini ko`tarib turadi, uni tutib turadi va olga tomon turtib yuboradi. Yugurganda va yuguruganda oyoq va qo`l bir-biri bilan kesishib o`tadigan yo`nalishda harakat qiladi. Elka kamari bilan tos bir-biriga intilib, murakkab harakat qiladi. Oyoq olga turtishi oxirida tosning oldingi og`ishi sal ko`payadi.

Uloqtirish texnikasi darslarini tashkil etish. Sportcha uloqtirishdan maqsad–uloqtiruvchi harakatini chegaralovchi ma`lum qoidalarga rioya qilib, asbobini mumkin qadar u`zoq masofaga tashlashdir. Uloqtirish – g`ayrisiklik mashq bulib, uloqtiruvchidan katta asab – muskul va yaxshi jismoniy tayyorgarlikni talab qiladi. Bu siz yuqori sport natijalariga erishishi mumkin emas. Sport snaryadlarning uzoqroqqa borib tushishi sportchi uloqtirish texnikasini bilishiga anchagina bog`liqdir. Snaryadning uchishi va uloqtirish texnikasi mexanikaning umumiy qonunlariga buysunadi. Sport snaryadlarining konsruksiya xususiyatlariga va musoboqa qoidasiga qarab, uloqtirish texnikasi bir-biridan farq qiladi. Har qanday jismining uchishi masofaning uzoqligi uning boshlang`ich uchish tezligiga, uchib chiqish burchagiga va xavo muxitining qarshiliga bo`gliq. Mexanikadan ma`lumki , xavosiz bushlikda gorizontga nisbatan burchak xosil qilib tashlangan jismning uchish uzoqligi boshlang`ich tezligi miqdori kvadratini ikkilangan uchib chiqish burchagi sinusiga kupaytirib, buni og`irlik kuchining tezlanish miqdoriga bulinganiga teng. Bu qonuniyatlar sportcha uloqtirish uchun ham taaluqlidir. Ammo havo qarshiliginig snaryadni uchib chiqish joyi erga tushish joyi bir-biridan qanchalik past baland ekanligini va snayardning adrodinamik xususiyatlarini xisobga olish kerak.

Yugurib kelishga tayyorgarlik va yugurib kelish darslarini tashkil etish. Aylanib uloqtirishning barcha turlarida yadro itqitishda yugurib kelishga dastlabki harakatlar bajariladigan, bundan asosiy maqsad va butun e`tiborni uloqtirishga , yugurib kelishni to`g`ri boshlash uchun zarur bulgan xolatda tura bilishga jalb qilib, keyingi harakatlarni bajarilishi yengillashtirishdir. Bosqon uloqtirishda bu harakatlar aylanma harakatlar boshlanguncha bosqon shariga katta tezlik berishiga xizmat qiladi. Yugurib kelish aylanma shaklda bajarilgan. Uloqtiruvchi snaryadning to`g`ri chiziqli tezligini oshiradi. Yugurib kelishni aniq bajarganda snaryad buyilan harakat qilayotgan uloqtiruvchining tezligi uloqtirishning boshlang`ich fazasiga tobora usib borishi kerak Yugurib kelish xaddan tashqari tez bulganda harakatni nazorat qilish va ohirgi kuch berishni to`g`ri bajarish mumkin. Bulmay qolishi to`g`ri yugurib kelib uloqtirganda ham snaryadning uzoqqa borishiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Faqat yugurib kelish yoki ohirgi kuch berish hisobiga snaryadni maksimal uzoqqa uloqtirib bulmaydi.

Ohirgi kuch berishga tayyorlanish ohirgi kuch beri tuxtatish fazasi. Ohirgi kuch berishga tayyorlanish turli xil uloqtirishda turli xil buladi, ammo barcha xollarda uloqtirish oxirida snaryad harakati tezligini oshirish katta axamiyatga eg`a. Shu bilan birga, ohirgi kuch berishni bajarmoq uchun uloqtiruvchi shunday xolatda turishi kerakki, u xolat ohirgi fazani snaryad eng katta tezlik bilan uchib chiqadigan qilib bajarishga imkon bersin. Uloqtirishning kupchilik turlaridan uloqtiruvchining snaryadni ayni qo`ldan chiqarishgacha bulgan oraliq xolatlarning umumiy jixatlari kup. Bu oraliq xolatlar uchun uloqtirayotganda gavda , oyoq mushaklaridan to`liq foydalanish maqsadida umumiy o.m bir qancha pastga tushishish harakterlidir. Ohirgi kuch berish oldidan oyoq-larni ma`lum kenglikda va bo`kib qo`yilishi hisobiga pasayadi. Ohirgi kuch berishga tayyorlanish jarayonida va snaryadni qo`ldan chiqarish paytida uloqtiruvchi gavdasining ayrim qismlari siljish tezligining o`zgarish harakteri umumiydir. Buni sxematik tasavvur etsa ham buladi. Uloqtiruvchining snaryad bilan birga dastlabki tezligi (yugurib kelishga tayyorlanish va yugurib kelish). Tezlikning umumiy oshirilishi (tezlanib yugurib kelish). Uloqtiruvchi gavdasining yuqori qismiga va snaryadga nisbatan gavdaning pastki qismlari tezligi oshirish (ohirgi kuch berishga tayyorlanish). Gavdaning pastki qismlari siljishini sekinlatib gavdaning yuqori qismlari bilan snaryadlar harakatini tezlatish (uloqtrish xolatiga o`tish va oyoqlarni keskin to`g`rilab uloqtirish). Olg`a intiluvchi va aylanma harakatlarning tuliq tuxtalishi. Uloqtirishga tayyorlanish bilan uloqtirishning o`zi o`zaro bo`gliq bulib, uni uloqtiruvchining bir xolatdan ikkinchi xolatga oddiygina utishi deb bulmaydi. Bunda oyoqlar gavda, uloqtiruvchi va bush qo`l qanday xolatda ekanining barcha detallari bir-biriga aloqador bulib, buning muxim ahamiyati bor. Barcha uloqtirish turlarida (bosqon uloqtirishdan tashqari, chunki bunda chap oyoq har doim erda turishi kerak) ohirgi kuch berish chap oyoqni erga kuyguncha qadar boshlanadi. Chap oyoqni yerga qo`ygunga qadar ohirgi kuch berish uloqtiruvchi gavdasini siljish tezligini saqlab boradigan sezilar-sezilmas harakatlardan iborat buladi. Uloqtirishda sporcht oyoqlarning qanchalik tez va kuchli to`g`rilanishi hamda buni gavda va qo`l harakatlari bilan moslay bilish katta ahamiyatga ega. Yengil atletika darslarini tashkil etishda ushbu keltirilgan bazi usullar yordamida tashkil qilinsa maqsadga muvofiq bo`ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Normurodov AN Athletics. Tashkent: Educational-methodical manual. Tashkent State Pedagogical University, 2002.

2. Yunusova Yu.M. Fundamentals of physical culture methodology. Study guide Tashkent UzGosIFK 2005

3. Tulenova HB, Malinina NN, Inozemtseva LA, General Methodology of URM Training for Generalized Exercises. Textbook Tashkent: TSPU 2005 year



4. www.pedagog.uz
Download 30,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish