Bizning ushbu “Yengil atletika musoboqalarini tashkil etish va o`tkazish”
mavzuidagi kurs ishimiz o’sib kelayotgan yosh avlodni chaqqon, epchil, baquvvat,
jasur qilib tarbiyalash bilan bir qatorda vatan himoyachilari qilib tarbiyalashdagi buyuk
maqsadlarga xizmat qiladi.
Jamiyat rivojlanishining hozirgi davr bosqichida barkamol insonni
tarbiyalash eng asosiy, kechiktirib bo’lmaydigan muhim vazifalardan biridir.
Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “Sog’lom avlodni tarbiyalash buyuk
davlat poydevori, farovon hayot asosini qurish deganidir”. Shunday ekan,
mamlkatimizda sog’lom avlod dasturini harakatining keng tus olgani, “Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi” asosida ta’lim tarbiya tizimining tubdan isloh
etilayotgani ham ana shu ulug’vor vazifani amalga oshirish yo’lidagi qutlug’
qadamdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |