Yelka kamari suyaklari Qo‘lning erkin turgan bo‘limidagi suyaklar



Download 391,5 Kb.
bet2/9
Sana16.02.2023
Hajmi391,5 Kb.
#912081
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Qo‘l-oyoq suyaklari

Kurak (scapula, 37-rasm) suyagi yassi, uchburchak shaklida bo‘lib, ko‘krak qafasining orqa tomonidan II–VII qovurg‘alar tashqi sohasida turadi. Kurakning uchta chekkasi tafovut qilinadi: umurtqa pog‘onasiga qaragan medial chekkasi (margo medialis), qo‘ltiqqa qaragan lateral chekkasi (margo lateralis) va yuqori kalta chekkasi (margo superior). Yuqori chekkasida kurak o‘ymasi (incisura scapulae)




rasm. Kurak suyagi (scapula). Orqa yuzasi.
1 – angulus inferior; 2 – margo lateralis; 3 – fossa infraspinata; 4 – angulus lateralis; 5 – acromion; 6 – processus coracoideus; 7 – incisura scapulae; 8 – margo superior; 9 – spina scapulae; 10 – fossa supraspinata; 11 – angulus superior; 12 – margo medialis

ko‘rinib turadi. Kurak suyagining uchchala chekkasi o‘zaro uchta burchak hosil qilib qo‘shiladi: shulardan biri pastga qaragan burchak (angulus inferior), ikkinchisi yuqori tomondagi burchak (angulus superior) va uchinchisi lateral burchak (angulus lateralis).
Lateral burchak yo‘g‘onroq bo‘lib, undagi chuqurroq bo‘g‘im yuzasi (cavitas glenoidalis) orqali yelka suyagi bilan bo‘g‘im hosil qilib birlashadi. Bo‘g‘im yuzasining tepasidagi do‘mboq – tuberculum supragenoidale, pastidagi do‘mboq – tuberculum infraglenoidale ko‘rinib turadi. Bo‘g‘im yuzasi orqa tomonga ingichka bo‘yin (collum scapulae) orqali tanaga o‘tadi.
Kurak suyagining bo‘g‘im yuzasi ustida tumshuqsimon o‘siq (processus coracoideus) bo‘rtib turadi. Kurakning oldingi, qovurg‘alarga qaragan yuzasi (facies costalis) botiqroq bo‘lib, kurak osti chuquri (fossa subscapularis)ni hosil qiladi, ana shu yuzadagi bir necha g‘adir-budur chiziqdan kurak osti muskuli boshlanadi. Kurakning orqa yuzasi baland qirra (spina scapulae) bilan ikkita teng bo‘lmagan qismga bo‘lingan bo‘ladi. Qirraning tepasidagi qirra usti chuqurchasi fossa supraspinata, pastki chuqurcha fossa infraspinata deyiladi. Bu chuqurchalarga shu nomdagi muskullar yopishib turadi. Kurakning baland qirrasi lateral tomonga davom etib, baquvvat yelka o‘sig‘i – akromion (acromion) bo‘lib tugaydi. Ana shu o‘siq uchidagi bo‘g‘im yuzasi faeies articularis acromialis orqali o‘mrov bilan bo‘g‘im hosil qilib qo‘shiladi.



Download 391,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish