Yaxshilik unutilmaydi 9-sinf o’zbek tili Tashkiliy qism: Darsning shiori: Yaxshidan bog’ qolar, yomondan dog’ Raqobat-taraqqiyot garovi: “Yaxshilik” guruhi “Ezgulik” guruhi “Ma’naviyat daqiqasi” - 1989-yil 21-oktabr – o’zbek tilim qanot qoqqan kun!
- “Chaqqon bo’ling!” usulida har bir kun yangiliklarini aytgan o’quvchi oldindan tayyorlab qo’yilgan yagona maktab formasi aks etgan rasmlarni magnit doskaga yig’adilar.
O’tilgan mavzuni mustahkamlash. “Everest” usuli 1-topshiriq. Bu usul yordamida o’quvchilarning she’rni qay darajada ifodali tarzda yoddan ayta olishlarini kuzatishimiz mumkin. Uyga vazifa sifatida berilgan Shoira Rasulovaning “Mening tengdoshlarim” she’rini ifodali qilib ayta olgan o’quvchi Everest cho’qqisini zabt etgan alpinistga aylanadi. “Zinama-zina” usuli Bu usul yordamida so’z-gaplar mavzusi takrorlanadi, so’ng o’quvchilar stikerlarga so’z-gaplardan namunalar yozib, ularni ketma-ket tarzda sinf taxtasiga yopishtiradilar. Qaysi guruh a’zolari to’g’ri, tez va ko’p yopishtirsalar, baholar bayroqchasini qo’lga kiritadilar.
“Yaxshilik – bu….”
Bu usulda guruhdagi o’quvchilar bir- biriga “Yaxshilik-bu …” deya savol bilan murojaat qiladilar va yaxshilik ramzi sifatida aks etgan suratni beradilar. Savolga fikrini to’liq bayon etgan o’quvchi suratni oladi va keyingi o’quvchiga xuddi shu savol bilan murojaat qiladi. O’yin shu tarzda davom etadi. Qaysi guruh a’zosi fikrini bayon etolmasa, shu guruh baholar bayroqchasini qo’lga kirita olmaydi.
Gapda biror so’roqqa javob bo’lgan, o’zaro tobe bog’langan so’z yoki so’z birikmasi gap bo’lagi deyiladi. Gap bo’laklari ikkiga ajratiladi: 1.Bosh bo’laklar: kesim, ega. 2.Ikkinchi darajali bo’laklar: aniqlovchi, to’ldiruvchi, hol. Bosh bo’laklar gapning asosiy grammatik asosini tashkil qiladi. Gapda kesim bilan bog’lanib, shu kesimdagi qo’shimchalar ifodalagan shaxs-sonni bildiruvchi va kim?, nima?, qayer? So’roqlariga javob bo’ladigan bo’lak ega deyiladi. “Kim? Nima? ” usuli “Kim? Nima? ” usuli Navbatdagi topshiriq 2-mashqni bajarish. Bunda “Kim? Nima?” usulidan foydalaniladi. Bunda guruh sardorlari sinf taxtasi yoniga boradilar. Mashqda ko’rsatilgan so’zlarni ikki ustunga, ya’ni kim?, nima? ustunlariga to’g’ri va aniq yozishlari kerak. G’olib bo’lgan guruh sardori baholar bayroqchasini qo’lga kiritadi. “Bliss-so’rovnoma” usuli “Bliss-so’rovnoma” usuli Bu usulda ikkala guruh uchun olindan tayyorlab qo’yilgan, bir nechta gaplar yozilgan vatman qog’oz beriladi. Guruh a’zolari birgalikda ega qaysi so’zlar bilan ifodalanganligini belgilaydilar. Tez va to’g’ri bajargan guruh rag’batlantiriladi.
“Tafakkur gulshani”usuli (Bu usul vaqtdan unumli foydalana olgan o’qituvchiga qo’shimcha mashg’ulot sifatida tavsiya etiladi). Darslikdan tashqari o’quvchilarni badiiy adabiyotga qiziqtirish maqsadida rivoyat ovozli tasma yordamida qo’yib beriladi. Rivoyat so’nggida muammoli savol o’rtaga tashlanadi. O’ylash uchun 1 daqiqa vaqt beriladi. Dam olish daqiqasi: “Kuy ohangida” Bunda guruhlardan 4 nafar o’quvchi qatnashadi. Stulga teskari holatda harflar qo’yiladi. Guruh a’zolari milliy kuyimiz bo’lgan “Andijon polka”siga aylanib raqsga tushadilar. Kuy to’xtagach, harflarni oladilar va shu harflardan so’z hosil qiladilar. O’yin har ikki guruh a’zolari tomonidan o’ynaladi. Bu o’yin barchada ko’tarinki kayfiyat hosil qiladi. Baholash “Yaxshilik” va “Ezgulik” guruhlarining interfaol usullar jarayonida olgan baholar - bayroqchalari hisoblab chiqiladi va g’olib guruh aniqlanadi.Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Uyga vazifa: - 1. O’zbek tilida ega qanday so’zlar bilan ifodalanadi?
- 2. “Yaxshilik” so’zining ma’nosini izohlab, 3ta gap tuzing.
Asarni to`liq o`qiymiz va bahs –munozara tashkil etamiz
Do'stlaringiz bilan baham: |