Ta’limda onglilik, faollik va mustaqillik tamoyili
o‘qitishni shunday tashkil etishni nazarda tutadiki,
bunda o‘quvchilar ilmiy bilimlarni hamda ularni amalda qo‘llash usullarini ongli va faol egallab olishlari
lozim. Bilimlarni ongli ravishda o‘zlashtirish quyidagi omil va shartlarga bog‘liq: o‘quv motivlari,
o‘quvchilarning faollik darajasi, o‘quv-tarbiyaviy jarayonning samarali tashkil etilishi, o‘qituvchi
tomonidan qo‘llanuvchi ta’lim metodlari va vositalarining samaradorligi va boshqalar. O‘quvchilarning
faolliklari reproduktiv va ijodiy xarakterga ega bo‘lishi mumkin. Mazkur tamoyil o‘quvchilarning
tashabbuskorliklari va mustaqil faoliyatlarini nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |