G A J I M T A Y YO R L A SH
Gajim asosan maxsus iplardan va ip qoldiqlaridan tayyorlanadi.
Gajim to’qilishi, hajmi, shakli jihatidan bir necha xillarga bo’linadi. Gajim asosan oyna, eshik pardalarini va ayollar va bolalar kiyimlarini bezash uchun maxsus bezak sifatida ishlatiladi. Mato turi, rang va fasonga qarab, gajim tanlanadi. Bu asosan kiyimlarni etak, ko’krak, yeng, yoqa qirqimlariga, pardalarning etak qismiga qo’yib tikiladi. Gajimlarni sifat darajasi yuqori bo’lish u bilan birga titilmaydigan, kirishmaydigan, rangi chiqmaydigan bo’lishi talab etiladi. Gajim ranglari aniq, abstrakt va kontrast ranglardan tayyorlanadi.
Gajimlar asosan trikotaj to’qima, tikma va maxsus ShVM mashinalarida maxsus iplardan to’qiladi. Gajimlar to’qilishiga qarab quyidagi xillarga bo’linadi: ajur, futerli, kiperli, bog’lab to’qilgan, sachoqli va h.k. Bular yengil sanoatda keng qo’llinaladi. Bugungi kunda gajimdan «ELITA» pardalarini bezashda keng foydalanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |