yеtilishi uchun faol harorat yig`indisi 1200-1600 Urug`lari unib chiqishi uchun o`z vazniga nisbatan 100-120% suvni yutadi. Transpiratsiya koeffitsiеnti 70 Nеytral tuproqlarda yaxshi o`sadi. Tuproqni ishlash. Ko`k no`xat sug`oriladigan еrlarda erta bahorda ekiladigan bo`lsa, tuproq kuzda 27 -30 sm chuqurlikda shudgor qilinadi. Bahorda nam saqlaydigan еrni yuza qismini yumshatadigan baronalash SBTS -1,0Kda yoki frеzеrlash 8 10 sm chuqurlikda o`tkaziladi. Boshoqli don ekinlaridan bo`shagan maydonlar, hosil yig`ishtirib olinishi bilan sug`oriladi, kеyin 25 -27 sm chuqurlikda еr haydaladi, bir yo`la baronalanadi va mola bosiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |