Bugungi fan-texnika shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda hamma sohada bo‘lgani kabi ta’limda ham pedagoglardan dars o‘tishda tezkorlik, tinimsiz mehnat va zamonaviy yondashuv talab qilinmoqda. Ustozlar har doim ham bunga imkoniyat topa olishmaydilar.Lekin “Bilimland” – bu borada o‘qituvchilarga beminnat yordam beradigan ajoyib platforma ekan.
Men bu platformadan darslarimda foydalanyapman. Har bir mavzu bo‘yicha ma’lumotlar va undan keyin berilgan qiziqarli topshiriqlar bilan ishlash o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishlarini yanada orttirmoqda.
Boshqa hamkasblarimga ham bu platformadan foydalanishni tavsiya qilaman .
“Bilimland” platformasini yaratgan ijodkorlarga rahmat