Yashash hududida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish



Download 341,1 Kb.
Sana15.02.2022
Hajmi341,1 Kb.
#449289
Bog'liq
Yashash hududida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish


Yashash hududida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish
Ta’kidlash lozimki, hududlarni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va investitsiyalar, shu jumladan, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun maksimal darajada qulay shart-sharoitlar yaratish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar qator tizimli muammo va kamchiliklarga duch kelmoqda.
Xususan, yangidan tashkil etilgan davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari, investitsiyalarni jalb etish, iqtisodiyot va tadbirkorlikni, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini hamda turizmni rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan hokim o‘rinbosarlari tomonidan tadbirkorlarning dolzarb muammolarini hal etishga, hududlarda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqishga, shuningdek, mavjud salohiyatdan maksimal darajada foydalanishga ko‘p hollarda beparvo munosabatda bo‘linayotganligi kuzatilmoqda.
Respublika va joylardagi davlat boshqaruvi organlarida keng tarqalgan va bartaraf etilmayotgan tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini ko‘rib chiqish va amalga oshirish, zarur ishlab chiqarish obyektlari, yer uchastkalari va kredit mablag‘larini ajratish, muhandislik-kommunikatsiya va boshqa infratuzilma obyektlarini yaratish masalalarini hal etishdagi sansolarlik, byurokratizm va to‘siqlar bilan bog‘liq holatlar tadbirkorlik subyektlarini hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga faol jalb etish, yalpi hududiy mahsulot hajmini oshirish, sanoat ishlab chiqarishini kengaytirish va xizmatlar sohasini rivojlantirishni ta’minlamayapti.
Bundan tashqari, joylardagi vakolatli davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslarining malakasi va amaliy tajribasi yetarli darajada emasligi, respublika davlat boshqaruvi organlari tomonidan ular faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish ishlarining sustligi qabul qilinayotgan qarorlarning samarali ijro etilishiga va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlariga erishishga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga tadbirkorlik subyektlarini keng jalb etish, tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarining o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash, shuningdek, bo‘sh turgan obyektlar, yer uchastkalari va boshqa infratuzilmadan samarali va oqilona foydalanish maqsadida:
1. Quyidagilar:
Hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb yuritiladi) 1-ilovaga muvofiq tarkibda;
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha hududiy guruhlar (keyingi o‘rinlarda — hududiy guruhlar) 2 — 14-ilovalarga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
hududiy guruhlar tarkibiga kirgan davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari va xodimlari asosiy ish joyi bo‘yicha majburiyatlarini bajarishdan ozod qilinadi hamda doimiy ravishda o‘zlariga biriktirilgan hududda bo‘ladi;
Komissiya va hududiy guruhlar ishiga Komissiya va hududiy guruhlar rahbarlarining qarori bilan davlat organlari va tashkilotlarining boshqa vakillari ham jalb etilishi mumkin;
Komissiya va hududiy guruhlarning so‘rovlari, ko‘rsatmalari barcha davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari va mansabdor shaxslari tomonidan so‘zsiz ijro etilishi majburiy hisoblanadi.

3. Quyidagilar:
a) Komissiyaning asosiy vazifalari etib:
10 kunda kamida bir marta joylardagi davlat organlari va tashkilotlari darajasida hal qilinmagan muammoli masalalarni ko‘rib chiqish hamda tadbirkorlikni rivojlantirishga, tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan mavjud byurokratik to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish;
tadbirkorlikni rivojlantirish, tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha qabul qilingan qarorlar, shu jumladan, davlat organlari va tashkilotlariga manzilli topshiriqlar nazarda tutilgan qarorlar ijrosi ustidan tizimli nazoratni amalga oshirish;
hududiy guruhlar tomonidan chuqur tahlil asosida aniqlangan tadbirkorlikni rivojlantirish, tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini amalga oshirishdagi byurokratik to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish maqsadida qonunchilikni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish belgilansin;
b) hududiy guruhlarning asosiy vazifalari etib:
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi holatini, shu jumladan, muhandislik-kommunikatsiya, ishlab chiqarish va boshqa infratuzilmani o‘rganish, shuningdek, ularni, shu jumladan, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tijorat banklari mablag‘larini jalb etgan holda yanada rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;
hududlarning ehtiyoji va salohiyatidan (resurs, tabiiy-iqlim, mehnat va boshqalar) kelib chiqib, investitsiya kiritishni talab etadigan istiqbolli loyihalarni, shuningdek, bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari va yer uchastkalarini o‘rganish va aniqlash;
tadbirkorlik subyektlari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan va tegishli hududda amalga oshirish taklif qilinayotgan istiqbolli loyihalarni tezkor ko‘rib chiqish choralarini ko‘rish, salohiyatli investorlar bilan muzokaralar va uchrashuvlar o‘tkazish;
tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini, shu jumladan, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tijorat banklarining kredit liniyalari hisobidan amalga oshirishda tijorat banklarining ishtirokini ta’minlash;
bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari va yer uchastkalarini savdolarga qo‘yish bilan bog‘liq masalalarning tezkorlik bilan hal etilishini ta’minlash;
(3-bandning “b” kichik bandi oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-oktabrdagi PF-5552-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 06/18/5552/2038-son)
joylarda davlat organlari va tashkilotlari darajasida hal qilinmagan tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq muammoli masalalarni, shuningdek, zarur hollarda, istiqbolli tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha takliflarni Komissiyaga kiritish;
vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari direksiyalarining tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish.
4. Komissiyaning ishchi organi funksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Tadbirkorlik va investitsiyalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasiga;
hududiy guruhlarning ishchi organi funksiyasi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining investitsiya, innovatsiya, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha kotibiyatlariga yuklatilsin.
5. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
hududiy guruhlar moliyalashtirish manbalarini (mahalliy budjet, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning tegishli faoliyat sohalari bo‘yicha budjetdan tashqari jamg‘armalari) aniqlagan holda, davlat organlari va tashkilotlari zimmasiga tegishli hududda amalga oshirish uchun tavsiya etilayotgan salohiyatli loyihalar bo‘yicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun shartnoma asosida loyiha tashkilotlarini jalb etish yuzasidan majburiyatlarni yuklash huquqiga ega;
qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda auksion savdolariga qo‘yiladigan bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari va yer uchastkalari tadbirkorlik subyektlarining aniq investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarini belgilagan holda savdoga qo‘yiladi;
tegishli hududda, shu jumladan, bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari va yer uchastkalaridan foydalangan holda amalga oshirish uchun tavsiya etilayotgan salohiyatli loyihalar O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining veb-saytlarida va Internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda joylashtiriladi, shuningdek, televideniyeda e’lon qilinadi;

tadbirkorlik subyektlari tegishli hududda amalga oshirish uchun tavsiya etilayotgan salohiyatli loyihalarni tanlashda tegishli hujjatlarni keyinchalik hududiy guruhning ishchi organiga yuborish uchun Davlat xizmatlari markazlariga yoki bevosita hududiy guruhning ishchi organiga murojaat qilishi mumkin;
hududiy guruhlar bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari va yer uchastkalarining ularda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha majburiyatlarni, shu jumladan, investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni ko‘rsatgan holda savdolarga qo‘yilishini ta’minlaydi;
(5-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-oktabrdagi PF-5552-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 06/18/5552/2038-son)
hududiy guruhlar, zarur hollarda, tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini amalga oshirish uchun salohiyatli xorijiy investorlarni, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari vakillarini jalb etgan holda xorijga chiqish hamda xalqaro investitsiya forumlari va konferensiyalarda ishtirok etish orqali izlash va topish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega;
ushbu qaror talablariga muvofiq o‘tkaziladigan elektron auksionni o‘tkazishning umumiy muddati, istisno tariqasida, “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida amalga oshiriladigan barcha tartib-taomillar bilan birga 10 kundan oshmasligi lozim;
“E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida auksion orqali yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni sotishda o‘rnatilgan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda, yer uchastkasiga bo‘lgan huquq investor (auksion g‘olibi)ning xarajatlari qoplanmagan holda bekor qilinadi.
(5-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-oktabrdagi PF-5552-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 06/18/5552/2038-son)
Komissiya har oyda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hududiy guruhlar hisobotini eshitadi, so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbariga axborot kiritadi.
6. Quyidagilar hududiy guruhlar faoliyati samaradorligini baholashning asosiy mezonlari etib belgilansin:
tegishli hududda har ming kishiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari va ko‘rsatilgan xizmatlar;
tegishli hududda, ayniqsa, yoshlar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uchun yaratilgan doimiy ish o‘rinlari;
amalga oshirilgan tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalari, shuningdek, o‘zlashtirilgan investitsiyalar, shu jumladan, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar;
ishlab chiqarish faoliyatiga jalb etilgan bo‘sh turgan obyektlar va yer uchastkalari;
erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hududlarida amalga oshirilgan loyihalar.
Belgilab qo‘yilsinki, har chorak yakuni bo‘yicha ishlarning natijadorligiga qarab:
Komissiya qarori bilan Komissiya va hududiy guruhlar a’zolariga bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha miqdorda, ularning rahbarlariga esa bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha miqdorda bir martalik mukofot to‘lanadi;
(6-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Komissiya va hududiy guruhlar a’zolariga, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslariga nisbatan 30 foizdan 50 foizgacha miqdorda lavozim maoshidan ushlab qolish yoki egallab turgan lavozimidan ozod qilish shaklida javobgarlik choralari qo‘llanadi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda Davlat xizmatlari markazlarida bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari va yer uchastkalari negizida, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik shartlarida amalga oshirish uchun kelib tushayotgan tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini hisobga olishning ularni ko‘rib chiqish jarayonini monitoring qilishga imkon beradigan elektron tizimini joriy etsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari (Z. Nizomiddinov) bir hafta muddatda Komissiya va hududiy guruhlar faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini belgilashga alohida e’tibor qaratgan holda Komissiya va hududiy guruhlarning ish reglamentini tasdiqlasin, shuningdek, ularning a’zolari, tegishli davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslariga nisbatan rag‘batlantirish va javobgarlik choralari qo‘llanilishini ta’minlasin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zInjiniring” Respublika loyiha institutining O‘zbekiston muhandislar-konsultantlar uyushmasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin, quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
loyiha, injiniring va konsultatsiya xizmatlarini rivojlantirish;
uyushma a’zolarini istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha faoliyatga jalb etish;
uyushma a’zolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash va himoya qilish;
xalqaro moliya institutlari hisobidan moliyalashtiriladigan muhandislar-konsultantlar, loyihalarni amalga oshirish guruhlari xodimlarining malakasini oshirish;
oliy ta’lim muassasalari bilan ularning o‘quv dasturlariga loyihalash va qurilish sohasidagi eng yangi yutuq va innovatsion yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha hamkorlik qilish;
xorijiy muhandislar uyushmalari bilan hamkorlik qilish, sifatli loyihalashtirish ishlarini, shu jumladan, xorijda amalga oshirish uchun konsorsiumlar shakllantirish.
10. Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan birgalikda bir oy muddatda, shu jumladan, xorijiy hamkorlarni jalb etgan holda ixtisoslashtirilgan investitsiya kompaniyasini tashkil etish bo‘yicha takliflar kiritsin, bunda:
investitsiya kompaniyasi investorlar, shu jumladan, xorijiy investorlar resurslarini jalb etishi;
investitsiya kompaniyasi xo‘jalik yurituvchi subyektlar ustav kapitalida ularning samaradorligi va daromadliligi ko‘rsatkichlarini oshirish uchun ishtirok etishi;
investitsiya kompaniyasi bo‘sh mablag‘larining respublika hududlaridagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun joylashtirilishi;
investitsiya loyihalarini ishlab chiqish uchun mahalliy va xorijiy konsultantlar jalb etilishi nazarda tutilsin.
11. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari hududiy guruhlarga yuklatilgan vazifalarning o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirilishi, shu jumladan, ularning joylashtirilishi va harakatlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlasin.
12. Belgilansinki, mazkur qarorni amalga oshirish bilan bog‘liq tadbirlarni, shu jumladan, transport xarajatlarini, yashash xarajatlarini, hududiy guruhlarning xorijiy davlatlarga tashriflarini tashkil etish, konsultantlarni jalb etish xarajatlarini, shuningdek, bir martalik mukofotlar to‘lashni va boshqa tashkiliy chora-tadbirlarni moliyalashtirish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari buyurtmanomalariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va viloyatlar mahalliy budjetlariga ajratiladigan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
13. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, vazirlik, idora va tashkilotlarning multimedia markazlari ushbu qarorning mazmun-mohiyati, shuningdek, hududiy guruhlar faoliyati va mavjud loyiha takliflari keng yoritilishini tashkil etsin.
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
REFERAT
Mavzu: Yashash hududida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish

Bajardi: Imamova Fazilat


Tekshirdi: _____________________
Download 341,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish