Yasaviy, Xoja Ahmad Yasaviy



Download 107,2 Kb.
bet2/2
Sana08.01.2020
Hajmi107,2 Kb.
#32664
1   2
Bog'liq
Ahmad Yassaviy

Ijodlari[tahrir]


Yasaviy nuqtai nazarida hikmat — "ilmi laduniy", yaʼni ilmi gʻaybu haqoyiq va ilohiy sirlarni kashf aylash mazmuniga ham ega. Yasaviyning oʻzi "Devoni hikmat" nomi bilan biron bir kitob yaratmagan. Ushbu nodir asar uning murid va izdoshlari tomonidan tartib berilgan. Lekin bu narsa hikmat majmuasining Yasaviyga aloqasi yoʻq, degan daʼvoni ilgari surishga asos bermaydi. Soʻfi Olloyor Yassaviy haqida fikr bildirib, yana shunday degan: Shariatda edi ul oftobe, Qolibdur bizga ul erdin kitobe.

"Devoni hikmat"da ilohiy ishq va oshiqlik, maʼrifat va oriflik saodati, fanodan baqoga yetishish tushunchalari nihoyatda samimiy va taʼsirli ohanglarda yoritib berilgan. "Devoni hikmat"dagi barcha sheʼrlar ham Yasaviyga mansub emas. Unga Yassaviy izdoshlarining ijod namunalari ham kiritilgan. Bu esa, tabiiyki, hikmatlar tili va uslubida maʼlum oʻzgarishlar hosil qilgan. Lekin Yassaviyning oʻnlab izdoshlaridan hech biri ustozlari boshlagan gʻoyaviy, axloqiy, maʼnaviymaʼrifiy va mafkuraviy yoʻnalishni oʻzgartirmagan. Buni Yassaviy hayoti, tariqati va ijodiyotidan bahs yuritilgan oʻnlab qadimiy manbalar, ayniqsa, Sulton Ahmad Haziniyning "Javohir ulabror min amvojil bihor" asari ham toʻla tasdiqlaydi.

Yassaviyning faqat ijodiyoti emas, qancha umr koʻrib, qachon vafot etganligi ham bahsli. U hikmatlaridan birida "Yuz yigirma beshga kirdim, bilolmadim", deydiki, bu soʻzlar tarixiy haqiqatdan koʻra, manoqibiy mazmunga ega. Bundan tashqari, 125 yillik uzoq bir umrning yarmidan koʻpini "yer osti"da ("Oltmish uchda yer ostiga kirdim mano", deydi Yassaviy) oʻtkazish aql bovar etmas hodisadir. Lekin koʻpchilik tadqiqotchilar uning vafot tarixini 1166—67 yil deb qayd etishgan.

Uzoq vaqt mobaynida Yasаviy hayoti va ijodiyotini ilmiy jihatdan tadqiq etishga imkon berilmadi. Asarlarini nashr qilishga yoʻl qoʻyilmadi. Oʻtgan asrning 70-yillarida Yasaviyning milliy madaniyat, til va adabiyot tarixidagi xizmatlarini toʻgʻri baholash yoʻlidagi urinishlar esa qoralandi. Mustaqillik arafasida, xususan, Oʻzbekiston istiqlolga erishgandan keyin yassaviyshunoslikda yangi davr boshlandi. Dastlab turli gazeta va jurnallarda "Devoni hikmat"dan namunalar eʼlon qilingan boʻlsa, 1990—92 yillarda uning 2 mustaqil nashri kitobxonlar qoʻliga yetkazildi. Ushbu nashrlar nafaqat Oʻzbekistonda, balki boshqa turkiy davlatlarda ham bu buyuk mutasavvifning hayoti, adabiymaʼrifiy faoliyati, izdoshlari xizmatiga qiziqishni kuchaytirdi. 1993-yil Oʻzbekistonda Yasaviyga bagʻishlab ilmiy anjumanlar oʻtkazilib, maʼruzalar matni alohida majmua shaklida chop etildi. Matbuotda Yasaviyning shaxsiyati, tariqati, sheʼriyatidan bahs yuritilgan maqolalar bosilib chiqdi. Oʻzbekistondagi bir qancha koʻcha va mahalla Yasaviy nomi bilan ataladi. Yasaviylik tariqatining asoslari «Faqrnoma» (ayrimlar Yasaviyga nisbat beradilar), «Maslakul-orifin», «Lamaʼot», «Samaratul-mashoyix», «Javohirul-abror» kabi manqaba va risolalarda aks etgan.

«Devoni hikmat» kitob shogirdlari tomonidan tartib berilgan. Unda ilohiy ishq gʻoyasi va maʼrifiy mazmun yetakchilik qiladi. Hikmatlar maʼno va mohiyat eʼtibori bilan Qurʼoni karim va Muhammad alayhissalom hadislariga chuqur bogʻlangan. «Devoni hikmat»ning 20dan ortiq nusxalari OʻR FA ShI jamgʻarmasida saqlanadi. Asar qoʻlyozmalaridan eng qadimgisi 17 asrga tegishli.

Yasaviy merosi va tariqati xorijda L. Massignon, A. Arberri, M. Smitt, X. Kisling, F. Mayer, A. Shimmel, R. Xartman, F. Koʻprulu, J. Trimingem, K. Eraslon, Idris Shox, Devin Di Uis; Rossiyada A. Krimskiy, I. Petrushevskiy, E. Bertels; Oʻzbekistonda Fitrat, A. Saʼdiy, E. Rustamov, B. Qosimov, I. Haqqulov, N. Hasanov tomonidan oʻrganilgan.



Qabri Qozogʻistonning Turkiston shahrida, 14 asrda Amir Temur tomonidan taʼmirlangan. Turkistonda Ahmad Yasaviy nomidagi turk-qozoq universiteti mavjud.

Badiiy ijodda ham Yassaviy obrazini yaratish boʻyicha izlanishlar olib borilmoqda. Yozuvchi Saʼdulla Siyoyev "Yasaviyning soʻnggi safari" romanining 1-kitobini (1994) chop ettirdi.

Hikmat


Bismilloh deb bayon aylay hikmat aytib,
Toliblargʻa durru gavhar sochtim mano.
Riyozatni qottigʻ tortib, qonlar yutub,
Men daftari soniy soʻzin ochtim mano.

Soʻzni aydim harkim boʻlsa diydor talab,


Jonni jongʻa payvand qilib, ragni ulab,
Gʻarib, yetim, faqirlarni koʻnglin siylab,
Koʻngli butun xaloyiqdin qochtim mano.

Qayda koʻrsang, koʻngli sinuq marham boʻlgʻil,


Andogʻ mazlum yoʻlda qolsa, hamdam boʻlgʻil.
Roʻzi mahshar dargogiga mahram boʻlgʻil,
Movumanlik xaloyiqdin qochtin mano.

Gʻarib, faqir, yetimlarni R a s u l soʻrdi,


Oʻshal tuni Meʼroj chiqib diydor koʻrdi,
Qaytib tushub gʻarib, faqir holing soʻrdi,
Gʻariblarni izin izlab tushtum mano.

Ummat boʻlsang, gʻariblargʻa tobeʼ boʻlgʻil,


Oyat, hadis har kim aytsa, someʼ boʻlgʻil,
Rizqu roʻzi harna bersa, qoneʼ boʻlgʻil,
Qoneʼ boʻlub, shavq sharobin ichtim mano.

Madinaga R a s u l borib, boʻldi gʻarib,


Gʻaribligʻda mehnat tortib, boʻldi habib,
Jafo tortib, yaratqangʻa boʻldi qarib,
Gʻarib boʻlub, uqbolardin oshtim mano.

Oqil ersang, gʻariblarni koʻnglin ovla,


Mustafodek elni kezib, yetim kovla,
Dunyoparast, nojinslardin boʻyun tovla,
Boʻyun tovlab, daryo boʻlub toshtim mano.

Ishq bobini Mavlom ochqach menga tegdi,


Tufroq qilib, hozir boʻl, deb boʻynum egdi,
Boron sifat malomatni oʻqi tegdi,
Paykon olib, yurak-bagʻrim teshtim mano.

Koʻnglum qottigʻ, tilim achchigʻ, oʻzum zolim,


Qur’on oʻqub amal qilmay, yolgʻon olim,
Gʻarib jonim sarf aylayin, yoʻqtur molim,
Haqdin qoʻrqub, oʻtga tushmay, pishtim mano.

Oltmish uchga yoshim yetti, oʻttum gʻofil,


Haq amrini mahkam tutmay, oʻzum johil,
Roʻza, namoz qazo qilib, boʻldum kohil,
Yomon izlab, yaxshilardin kechtim mano.

Vo darigʻo, muhabbatni jomin ichmay,


Ahli ayol, xonumondin tugal kechmay,
Jurmu isyon girihlarin munda chechmay,
Shayton gʻolib, jon berarda shoshtim mano.

Imonima changal urub, qildi gʻamnok,


Piri mugʻon hozir boʻl, deb sochti taryok,
Shayton laʼin mendin qochib ketti bepok,
Bihamdilloh, nuri imon ochtim mano.

Piri mugʻon xizmatida yugrub yurdum,


Xizmat qilib, koʻzim yummay hozir turdum,
Madad qildi, Azozilni qavlab surdum,
Ondin soʻngra qanot qoqib uchtim mano.

Gʻarib, faqir, yetimlarni qilgin shodmon,


Halqalar qilib aziz joning ayla qurbon,
Taom tobsang, joning birla qilgil mehmon,
Haqdin eshtib bu soʻzlarni aydim mano.

Gʻarib, faqir, yetimlarni har kim soʻrar -


Rozi boʻlur ul bandadin parvardigor,
Ey bexabar, sen bir sabab, oʻzi asror,
Haq Mustafo pandin eshtib, aydim mano.

Yeti yoshda Arslonbobgʻa qildim salom:


«Haq Mustafo amonatin qiling inʼom»,
Oʻshal vaqtda ming bir zikrin qildim tamom,
Nafsim oʻlub, lomakongʻa oshtim mano.

Xurmo berib, boshim silab, nazar qildi,


Bir fursatda uqbo sari safar qildi,
Alvido, deb bu olamdin guzar qildi,
Maktab borib, qaynab, joʻshub-toshtim mano.

«Inno fatahno»no oʻqub, maʼno soʻrdum,


Partav soldi, bexud boʻlub, diydor koʻrdum,
Mullom urub, «uskut» dedi, boqib turdum,
Yoshim sochib, muztar boʻlub turdim mano.

Ayo nodon, maʼno bul, deb aydi, bildim,


Ondin soʻngra choʻllar kezib, haqni suydum,
Roʻzi qildi, Azozilni tutub mindim,
Langar tugub, belin bosib yanchtim mano.

Zikrin tamom qilib, oʻttum devonaga,


Haqdin oʻzga hech soʻzlamay begonaga,
Sham’in izlab, shogird kirdim parvonaga,
Axgar boʻlub, kuyub-yonib oʻchtim mano.

Nomu nishon hech qolmadi, lo-lo boʻldum,


Alloh yodin oyta-oyta illo boʻldum,
Xolis boʻlub, muxlis boʻlub, lilloh boʻldum,
«Fano filloh» maqomigʻa oshtim mano.

Sunnat ermish, kofir boʻlsa, berma ozor,


Koʻngli qottigʻ, dil ozordin Xudo bezor,
Alloh haqi, ondogʻ qulgʻa sijjin tayyor,
Donolardin eshitib, bu soʻz aydim mano.

Sunnatlarin mahkam tutub, ummat boʻldim,


Yer ostiga yolgʻiz kirib, nurgʻa toʻldum,
Haqparastlar maqomigʻa mahram boʻldum,
Botin tigʻi birla nafsni yanchtim mano.

Nafsim meni yoʻldun urub, xor ayladi,


Termulturub xaloyiqgʻa zor ayladi,
Zikr ayturmay, shayton birla yor ayladi,
Hozirsen, deb nafs boshini sonchtim mano.

Qul Xoja Ahmad, gʻaflat bila umrung oʻtti,


Vo hasrato, koʻzdin, tizdin quvvat ketti,
Vo vaylato, nadomatni vaqti yeti,
Amal qilmay, karvon boʻlub koʻchtim mano

MUSTAQIL ISH

Mavzu: Ahmad Yassaviy

Bajardi:______________



Tekshirdi:_____________
Download 107,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish