YArimo‘tkazgichli IMS passiv elementlari
Reja:
1.YArimo‘tkazgichli rezistorlar.2.YArimo‘tkazgichli kondensatorlar.
Tayansh iboralar: YArimo‘tkazgichli rezistorlar.YArimo‘tkazgichli kondensatorlar.
YArim o‘zgaruvchan kondensatorlar radioqurilma chastotasini ishlatish jarayonida moslash yoki ishlab chiqarishda sozlashga mo‘ljallangan. Bu kondensatorlarning sig‘imi qayd etilgan holatda o‘zgarmasligi kerak.YArim o‘zgaruvchan kondensatorlarning asosiy parametrlari 9.2 - jadvalda ulardan ba’zilarining tuzilishi esa, 9.11-rasm, a, b da keltirilgan. 9.2 – jadval
YArim o‘zgaruvchan kondensatorlarning parametrlari
Turi
|
Sig‘im o‘zgarish diapazoni, pF
|
STQ 104 1/0C
|
Nominal ishchi kuchlanishi, V
|
Minimal
|
Maksimal
|
KPVM
|
1 – 1.8
|
4 – 17
|
+100
|
350;650
|
KT – 2
|
1.5 – 5
|
3 – 50
|
+300
|
160
|
KT4 – 27
|
0,4 – 2
|
4 – 20
|
-75
|
25;50
|
KPK – MP
|
4 – 15
|
8 – 30
|
-(200÷800)
|
350
|
Turi
|
Yo‘l qo‘yiladigan tezlanish
|
Ishchi temperatura
intervali, 0C
|
Minimal atmosfera bosimi, Pa
|
Massa-si, g
|
tebranish-da
|
zarbada
|
chiziqli tezlanish-da
|
KPVM
|
30
|
35
|
50
|
-60÷+125
|
5
|
8 - 15
|
KT-2
|
7,5
|
35
|
50
|
-60÷+125
|
666
|
3 – 7,5
|
KT4-27
|
40
|
150
|
500
|
-60÷+85
|
1,33∙10-4
|
0,07;0,2
|
KPK-PM
|
4
|
25
|
16
|
-60÷+85
|
5
|
3
|
YArim o‘zgaruvchan kondensatorlar havoli va keramikali bo‘ladi.YArim o‘zgaruvchan havoli kondensatorlar tuzilishi jihatidan tahminan havoli kondensatorlarga o‘xshash, biroq ular plastinalarining tirqishlari kichik, soni esa kam bo‘ladi.
KPVM (kichik o‘lchamli) kondensatorlar korpussizdir. Stator plastmassa plataga o‘rnatilgan. Rotorning o‘rnini qayd etish qotirib qo‘yish gaykasi yordamida bajariladi. KPVM kondensatorlari uch xil variantda ishlab chiqariladi: 1. KPVM (to‘g‘ri sig‘imli, odatdagicha, burilish burchagi 1800 ) ; 2. KPVM (to‘g‘ri sig‘imli, “kapalak” turi, burilish burchagi 900 li); 3. KPVM (“differensial”).
a) b)
9.11-rasm. YArim o‘zgrauvchan (moslovchi) kondensatorlar:
a-KT; b-KPK-MP.
KT – 2 kondensatorlari (kichik o‘lchamli, germetik, korpus ichiga joylashgan) sig‘im o‘zgarishining eng katta diapazoniga ega.YUCH va O‘YUCH diapazonlarida, 25 va 50 V kuchlanishda ishlashga mo‘ljallangan KTU – 27 kondensatorlari kichik o‘lchamli, tebranish va zarbaga bardoshli bo‘lib, yuqori “balandlik”ka va barqarorlikka ega. Massasi 0,6 g dan katta bo‘lmagan KT4 – 25 kondensatorlari ham huddi shunday xossalarga ega.Keramik, yarim o‘zgaruvchan sozlovchi KPK – MP kondensatorlari (kichik o‘lchamli, bosma montaj uchun) doirasimon keramik asos – statorga ega. Uncha katta bo‘lmagan dielektrik singdiruvchanligi bo‘lgan bu statorning ustiga dielektrik singdiruvchanligi katta bo‘lgan harkatlanuvchi keramik yupqa rotor mahkamlangan. Kondensator qoplamalari stator va rotorda halqasimon sektor ko‘rinishida ishlangan. Rotorni otvyortka bilan aylantirib, qoplama sektorlarning to‘silish yuzasi o‘zgartiriladi. Sozlovchi keramik KT4 – 20 kondensatorlari yanada kichik o‘lchamlarga ega.Mahsus kondensatorlar – varikondlar va varikaplardir.Varikondlar sig‘imning temperaturaga keskin nochiziq bog‘lanishiga ega bo‘lgan segnet keramik kondensatorlardan iborat. Ular elektr zanjirlari, masalan, chastota kuchaytirgichlarning parametrlarini boshqarishda ishlatiladi.Varikaplarda o‘zgaruvchan modullovchi kuchlanish berilganda va o‘zgarmas berkituvchi kuchlanishda (tahminan 4 V) r-n o‘tish bazasi kichik sig‘imli (bir necha o‘n pikofaradali) kondensatorlarga o‘xshaydi. Uning sig‘imi modullovchi kuchlanish amplitudasi voltning o‘ndan bir ulushlaricha bo‘lganida bir necha pikofaradaga o‘zgarishi mumkin. Varikaplar ultra qisqa to‘lqin diapazonida chastotali modulyatsiyalash uchun, shuningdek avtosozlash uchun ishlatiladi.Integral mikrosxemalar kondensatorlari.YArim o‘tkazgichli IS monokristalida kondensatorlar hosil qilish uchun r-n o‘tishlar sig‘imidan foydalaniladi. Ammo bunday kondensatorlar sig‘imlarning cheklangan diapazoniga (20 – 200 pF), past temperatura barqarorligi (10-3 1/0C) va parametrlarning katta texnologik tarqoqligiga (±30 %) ega.
9.12-rasm. YUpqa pardali kondensatorlar:
1,3-yuqori va pastki qoplamalar; 2-dielektrik; 4-asos.
Gibrid ISlarning yupqa pardali kondensatori (9.12-rasm) bundan yuqoriroq xossalarga ega: sig‘imlari diapazoni 1 dan 10000 pF gacha bo‘lgan oraliqda yotadi, temperatura barqarorligi 2,10-4 1/0S ni tashkil etadi, parametrlarning texnologik tarqoqligi 10 % ga teng. Bunday kondensatorlar dielektrik ko‘rinishdagi uch qatlamli strukturadan va unga purkash yo‘li kichik omli metall qoplangan ikkita yupqa pardali qoplamadan iborat.
Qoplamalar sifatida ko‘pincha aluminiy ishlatiladi. CHunki boshqa metallar (masalan, oltin)ga nisbatan uning atomlari sustroq harakatlanadi. Bu xol metallning yupqa dielektrik qatlami orqali diffuziyasi yuz beruvchi qoplamalar orasidagi qisqa tutashuvlar sonini kamaytiradi. Bundan tashqari, aluminiy nisbatan past bug‘lanish temperaturasiga (1500 0S), kichik solishtirma qarshilikka ( =0,06 Om) ega, texnologiyabop va arzondir.
YUpqa pardali kondensatorning dielektrigi sifatida olinadigan materialning elektrga nisbatan chidamliligi yuqori va sarfi kam bo‘lishi kerak. Bundan tashqari u yuqori adgeziya va iloji boricha katta dielektrik singdiruvchanlikka ega bo‘lishi lozim.
Turli materiallar asosida hosil qilinadigan yupqa pardali kondensatorlarning asosiy parametrlari 9.3-jadvalda keltirlgan.
YUpqa pardali kondensatorlar borgan sari kamroq qo‘llanilmoqda, chunki mikroyig‘ilmalarga o‘rnatilganda yupqa paradali kondensatorlar (ayniqsa, katta sig‘imlilari)ga nisbatan bir xil yoki hatto kichik yuzani oladigan yaxlit keramik K10 kondensatorlari va oksid yarim o‘tkazgichli, elektrolitik K53-15, K53-16 va K53-18 kondensatorlari seriyalab chiqarildi. Sanoatda B18 va B18A kondensator yig‘ilmalari ham ishlab chiqarildi. 9.3 – jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |