Yarimo'tkazgichli diodning VAXni o'rganish Diodning VAXsi 1N4001 diodi misolida o'rganiladi ( uning lavina buzilishi 49,9V ga teng).
1.1. Yarimo'tkazgichli diodning VAXni o'rganish
I.2. Voltmetr va ampermetrlarning ulanish qutblariga e'tibor bering. Elementlar kutubxonasidan 1N4001diod modelini tanlang. Sxema ishlay boshlashi uchun tugmalarini yoki ishchi oynaning yuqori o'ng tarafidagi <0-1> tumasining 1 tarafini bosish kerak
I.3. Kuchlanish manbasi qiymatini 0 va 1V oralig'ida 0,1V intyervali bilan o'zgartirib diod toki (ID) ning dioddagi kuchlanish (UD) ga bog'liqlik grafigini tuzing va uni 1- jadvalga kiriting.
1- jadval
Diod to'g'ri ulangan UD - ID
UД
|
0V
|
0,1 V
|
0,2 V
|
0,3 V
|
0,4 V
|
0,5 V
|
0,6 V
|
0,7 V
|
0,8 V
|
0,9 V
|
1,0 V
|
IД
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
I.4.
Diod teskari ulangan holat uchun ham ( yuqoridagi sxemada diodning uchlarini teskari ulash kerak)VАXni olish kerak. Faqt kuchlanishlar qiymatlarini 0-50V oraligʼida olish kerak.
2- jadval
Diod teskari ulangan UD - ID
UД
|
0В
|
5В
|
10В
|
20В
|
40В
|
45В
|
49В
|
49,2В
|
49,4В
|
49,6В
|
50В
|
IД
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
I.5. Olingan maʼlumotlar asosida (1- va 2- jadvallar) 1N4001 diodning VAXni chizing. Diodning to‘g‘ri va teskari ulangan qismlari uchun masshtablarni har xil olish kerak.
II. Dioddagi kuchlanish tushishining berilayotgan kuchlanishga bog‘liqligini o‘rganish.
II.1. Bu bog‘liqlikni o‘rganish uchun diod zanjiriga R yuklama qarshilik ulanadi.
1.2- rasm. Dioddagi kuchlanish tushishining berilayotgan kuchlanishga bog‘liqligini o‘rganish sxemasi.
II.2. Kuchlanish manbasining qiymatini o‘zgartirib, dioddagi kuchlanish va zanjirdjagi tokni o‘lchang, kuchlanishning tokka bog‘liqligini o‘rganing.
3- jadvalni to‘ldiring.
II.3. Sxemaga yana bitta diod qo‘shing (1.3- rasm).
1.3- rasm. Ketma- ket ulangan diodlarda kuchlanish tushishini o‘lchash sxemasi.
Ketma- ket ulangan diodlarda kuchlanish tushishini o‘lchang.
II.4. Dioddan o‘tuvchi signalning shakli qanday o‘zgarishini o‘rganish uchun 1.4a- rasmdagi sxemani yig‘ing.
1.4- rasm. Sinusoidal signalning dioddan o‘tishida shakli o‘zgarishini ko‘rsatuvchi sxema (a), diodda kuchlanish tushishini ko‘rsatuvchi sxema (b), ikkita parallel ulangan dioddan o‘tganda sinusoidal signalning shakli qanday o‘zgarishini ko‘rsatuvch sxema (v).
Bu uchta sxemani ketma-ket yig‘ib, har biriga oid ossillogrammalarni kompyuter hotirasiga kiriting.
Har bir ossillogrammani tahlil qiling. Tahlil asosida hisobot tayyorlang.
III. Diodlar va kondensatorlarda yig‘ilgan kuchlanishni ko‘paytirish sxemalari.
III.1. Kondensatorlar va diodlar yordamida kuchlanishni ikki marta ko‘paytirish sxemasini tahlil qilish. 5- rasmdagi sxemani yig‘ing.
1.5- rasm. Kuchlanishni ikkilamlashtirish sxemasi.
Signal manbasi oldida va yuklama qarshilik uchlaridagi kuchlanishlarni solishtiring va hulosa chiqaring.
III.2. Kuchlanishni to‘rt karra oshirish semasi. 1.6- rasmdagi sxemani dasturda yig‘ing. 1.6- rasm. Kuchlanishni to‘rt karra oshirish sxemasi.
Sxemani aktivlashtiring va voltmetr ko‘rsatgichini manbaning kuchlanishi bilan solishtiring.
Yuqorida keltirilgan kuchlanishni ko‘paytirish sxemalari rentgen apparatlari, ozonator va ionizatorlarda keng qo‘llaniladi. 1.6- rasmdagi sxema Chijevskiy lyustrasida kuchaytiruvchi trasformatordan keyin ishlatiladi, kuchlanish bu paytda 25 kV dan oshadi.
IV.4. Diod va stabilitronlar elektronika texnikasida nafaqat manbalarda kuchlanishni stabilizatsiya qilish, balki kirish kuchlanishlarini chegaralashda ham qo‘llaniladi. Masalan, qurilmalar kirishini yuqori kuchlanishlardan himoya qilishda diodlar va stabilitronlar qo‘llaniladi.
1.7- rasmda stabilitronlar yordamida ikki taraflama chegaralagich sxemasi keltirilgan.
1.7- rasm. Stabilitronlar yordamida ikki taraflama chegaralagich sxemasi.
1.7- rasmda keltirilgan sxemani yig‘ing va ossillogrammani tahlil qiling. Ossillogrammani kompyuter hotirasiga kiritib qo‘ying.
Savol va topshiriqlar
1. Diod. Diodning VAXsi. Diodlar turlari, ularning qo‘llanishi.
2. Diodning VAXni olish usulini ko‘rsatib bering.
3. Diod va stabilitronlar kuchlanishni qanday chegaralaydi?
Do'stlaringiz bilan baham: |