Zahiriddin Muhammad Bobur
(1483-1530). O`zbek xalqining ilm va madaniyat
xazinasiga o`lmas hissa qo`shgan mutafakkir olim, tarixchi, qonunshunos va lirik
shoirdir.
Bobur ilm - fan. san’at,madaniyat va ularning sohalari bilan yaqindan tanishgan,
uning ijodini asosan lirik she’rlar va adabiy - tarixiy asari - "Boburnoma" bilan ko`zga
tashlanadi. "Boburnoma" qomusiy xarakterdagi kitob bulib, unda tarix, geografiya,
botanika va boshqa fan sohalariga oid ma’lumotlar berilgan.
Bobur
yana
musulmonchilikqoidalari
va
qonushunoslikka
bag`ishlangan
"Mubayyin". arab alfavitini isloxiga oid "Xatti Boburiy", aruz vazni va qofiyaga oid
"Mufassal", yana musiqa va harbiy san’at haqida asarlar yozgan.
Adib fan va ma’rifatni yuqori darajada qadrlaydi. Ilm, adabiyot, san’at ahllari bilan
yaqin aloqada buladi, ularga homiylik qiladi.
Ilm va bilimdonlikni ulug`laydi. U kamtarlik, uzini tuta bilish, ezgulik, vafodorlik,
boshqalarga yaxshilik qilish sifatlarini ulug`lab, yovuzlik, zulm, qabihlikni qoralaydi.
Boburning pedagogik qarashlaridagi bosh masala vatanga cheksiz muhabbatdir.
"Boburnoma"da o`zbek, tojik, afg`on, hind va boshqa xalqlarning kasb - kori, urf -
odati, madaniyati, dini, adabiti, turmush tarzi haqida keng ma’lumotlar beriladi.
Bobur ijodiyoti asosan uning lirik she’rlari va adabiy-tarixiy asari-«Boburnoma»
bilan yaqqol ko’zga tashlanadi. Boburning xotiralaridan tashkil topgan va temuriylar
davlatining tanazzulga ketish davrini o’zida ifodalagan, qomusiy xarakterdagi
«Boburnoma» kitobi ilmiy-tarixiy jihatdan muhim ahamiyatga ega bo’lib, unda tarix,
geografiya, botanika va fanning boshqa sohalariga taalluqli qimmatli ma’lumotlar bor.
Bundan tashqari, mazkur asar eski o’zbek tilidagi prozaning ilk namunasi va nodir
yodgorligi hamdir.
Bobur ana shu solnomasida o’zi bo’lgan joylarning, jumladan Xindistonning tabiiy
manzaralarini ham maxalliy aholining kiyinishi va urf-odatlarini ham xayvonlari,
qushlari hamda ularning qiliqlarini ham tasvirlaydi. O’zi tilga olgan narsalarni teran
fikrli, o’tkir ko’zli rassom singari jozibali bayon qiladi.
Bobur o’rta asrlardagi Xindiston halqlari tarixini o’zidan besh asr ilgari yashab
ijod etgan Abu Rayxon Beruniy kabi maxorat bilan yorita olgan. Filologiya fanlari
doktori S.Azimjonova shu masalani tahlil qilib, chiqargan xulosasida aytgandek,xind
halqi xayotining turli tomonlariga taallukli materiallarning izchil bayon etilishi,
orginalligi va ishonarligi jihatidan Beruniyning ma’lumotlariga faqat «Boburnoma» dagi
ma’lumotlarni tenglashtirish mumkin. Iste’dod sohibi bo’lgan Bobur 12 yoshida podsho
bo’lganidan boshlab, to umrining oxirigacha o’zi ko’rgan voqealarni, o’zi qatnashgan
hodisalarni, ana shu voqea va hodisalarga daxldor bo’lgan yuzlab tarixiy shaxslar
hayotini, fan uchun muhim ahamiyatga molik ko’plab dalillarni adabiy shaklda yoritgan.
«Boburnoma»
va she’rlar devonidan tashqari, musulmonlik qoidalari va
qonunshunoslikka bag’ishlangan «Mubayn», arab alfavitini o’rganish to’g’risidagi
«Xatti» shuningdek musiqa va harbiy san’at haqidagi asarlarni yaratdi. Bu asarlar o’zbek
adabiy tili, adabiyoti va ilm-fanning ravnaqida muhim ahamiyat kasb etadi.
Buyuk shoir, adib, tarixchi va olim Boburning ilmiy-adabiy merosi hozir o’zining
ma’lum tarixiy-ma’rifiy, ilmiy va estetik qimmatini saqlab kelmoqda. Uning ko’p qirrali
merosida pedagogikaga oid biror maxsus kitob yoki risola mavjud bo’lmasa-da, deyarli
hamma asarlarida xayotga va vatanga muhabbat hislatlarining yakqol ifodasini, insonning
yuksak burchi va kishilarning ma’naviy qiyofasi haqidagi teran fikr-mulohazalarni, fan
va dinga munosabat masalalarini, yaxshi xulqli va odobli bo’lishga da’vatni, ilm-fan va
ma’rifatni egallashgacha chaqiriqni, ahloqiy va estetik g’oyalarni, jo’shqin va
mazmundor hayot kechirishga targ’ib qilishni va xokozalarni ko’rish mumkin.
Fan va ma’rifatni juda yuqori qadrlagan bobur adabiyot, san’at va ilm ahli bilan
doimo yaqin aloqada, ijodiy munosabatda bo’ldi, ularga xomiylik qildi, ilmiy-
adabiy suhbatlar, mushoiralar uyushtirdi. U o’z davrida ilmga intilgan odamlarni
juda kamligidan tashvishlanib, astoydil qiziqish, intilish hamda mashaqqatli mehnat
bilangina ilm olish mumkinligini va shunday qilish zarurligini ta’kidlaydi. SHuning
uchun ham u ilm fanning ahamiyatini chuqur his qilib, o’zi juda qadrlagan ilm-
fan kishilarini eng avvalo, ularning yurish-turishiga, ko’pchilik manfaati uchun qilgan
xizmatlariga qarab baholaydi.
O’z ijodida ezgulikni, inoqlikni, vafodorlikni ardoqlagan shoir o’zida
avvalgi kasbdoshlariga ergashib yovuzlikni,
zulmni,
qabixlikni qoralaydi.
Bulardan tashqari, Bobur do’stlikni, hayetni,
uning har bir fursatini
qadrlashga, qayg’u-xasrat bilan emas, balki oqilona, xushchaqchaqlik bilan yashashga
chorlovchi, yoshlarga ibrat bo’ladigan talaygina baytlar bitgan.
Boburning fikricha, yoshlar shaxsini hayotning o’zi shakllantiradi, lekin Bunda
mehnat va mehnatda toblanish muhim rol o’ynaydi. Mehnat qilgan va mashaqqat
chekkan kishilardagina chinakam insoniy fazilatlar tarkib topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |