Yarim yilda asosiy kapitalga 41 trln so‘mdan ortiq investitsiya kiritildi


Mamlakatlar Export (% da)



Download 442,3 Kb.
bet10/11
Sana17.07.2022
Hajmi442,3 Kb.
#813992
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
97-2003 jadvallar

Mamlakatlar



Export (% da)




Import (% da)


2011

2012

2011

2012



Avstriya 






1,7 

1,6 



Belgiya 


0,3 

0,5 

0,7 

0,6 



BuyukBritaniya


1,2 

1,9 

1,2 

1,1 



Germaniya 


0,5 

0,8 

11,5 

6,4 



Italiya 


0,2 

0,3 

2,6 

1,9 



Xitoy 


15,7 

24,8 

20,8 

24,3 



Koreya 


1,7 

1,9 

22,1 

26,0 



Niderlandiya 


0,2 

0,2 

1,2 

0,8 



AQSh 


0,9 

0,8 

4,4 

5,1 



Turkiya 


11,0 

14,5 

4,1 

4,7 



Fransiya 


2,7 

2,8 

2,6 

1,4 



Shvetsariya 


0,2 

0,3 

1,5 

1,1 



Yaponiya 


0,2 

0,2 

2,2 

2,6 

Manba:O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika Qo`mitasi ma`lumotlari
2.1.1-jadval ma’lumotlariga ko`ra, O`zbekistonning asosiy xorijiy eksport hamkorlari ichida eng yirigi Xitoy bo`lib, 2012-yilda O`zbekiston eksportining 24,8%i unga tegishli, so`ngra Turkiya bo`lib, u 14,5% ulushga ega. Keyingi o`rinlarda 2,8% bilan Fransiya 1,9% bilan Buyuk Britaniya va Janubiy Koreya turadi.
Import hamkorlari orasida esa Janubiy Koreya yetakchilik qiladi. Import qilinayotgan mahsulotning to`rtdan bir qismidan ko`prog`i Janubiy Koreya xissasiga to`g`ri keladi. Undan so`ng 24,3% Xitoyga tegishli bo`lsa, keyingi o`rinlarda 6,4% bilan Germaniya, 5,1% bilan AQSh, 4,7% bilan Turkiya, 2,6% bilan Yaponiya, 1,9% bilan Italiya, ulardan so`ng 1,1% bilan Buyuk Britaniya turadi.
2008-yildan eksport va import ko`rsatkichlari pasaygan.
Markaziy Osiyodagi boshqalariga nisbatan iqtisodiy jihatdan rivojlangan davlat – Qozog`istonning uzoq xorij mamlakatlari bilan savdosi(2.1.1-rasm)ni ko`rib chiqsak.


2.1.1-rasm

Qozog`istonnning xorijiy mamlakatlar bilan savdo munosabatlari (2012-yil) 
Manba:Qozog`iston Respublikasi Davlat statistika Qo`mitasi ma`lumotlari
2.1.1-rasmdan ko`rinib turibdiki, Qozog`iston eksportida ham 16,6% bilan Xitoy yetakchilik qiladi. 15,1% Italiya, 6,7% Niderlandiya, 5,3% Fransiya, 5,1% Shvetsariya, 3,9% Avstriya, 2,7% Ukraina, 2,6% Turkiya va Kanada, 2,3% Ruminiya va 1,9% Birlashgan Qirollik ya’ni Buyuk Britaniyaga tegishli. Asosiy import hamkorlari orasida ham 5,1% bilan Xitoy yetakchilik qiladi. Buyuk Britaniyaning ulushi esa 0,5%ni tashkil etadi.
Ko`rib chiqilgan 2 davlatning ham tashqi savdosida Buyuk Britaniya kam ulushga ega. Bunga sabab faqatgina mamlakatlarning uzoqligi bo`lmay, boshqa sabablar ham mavjud. Ulardan biri Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqi a’zosi bo`li, Ittifoqda yagona boj tizimi, umumiy bozor rivojlangan, Markaziy Osiyo davlatlari esa Yevropa ittifoqi tarkibiga kirmaganligi uchun uning tarkibidagi mamlakatlar bilan tashqi savdoni kuchli yo`lga qo`ya olmaydi.
Markaziy Osiyo mamlakatlarining tashqi savdo aylanmasi tahliliga to’xtalsak, mintaqadagi eng taraqqiy etgan iqtisodiyotga ega davlatlardan biri O’zbekiston tashqi savdo aylanmasini tahlil etish maqsadga muvofiq bo’lar edi. Chunki O’zbekiston tashqi savdo aylanmasi Markaziy Osiyo tashqi savdo aylanmasida eng katta ulushga ega davlarlardan biridir.
2.1.2-rasm

2013-yil yakunlariga ko’ra O’zbekiston eksport tarkibida elektroenergiya va neft mahsulotlari 31,1% bilan jami eksportning eng katta ulushini tashkil etdi. Keying o’rinlarda xizmatlar 16,2%, oziq-ovqat mahsulotlari 9,8%, paxta tolasi 7,7%, qora va rangli metallurgiya 6,3%, mashina va asbob uskunalar 5,5%, kimyo mahsulotlari 4% ulushni tashkil etdi. Mamlakatimiz eksportida hom ashyo mahsulotlaridan ko’ra tayyor mahsulot ulushi keying yillarda oshib bordi va umumiy eksportning 70 %dan ko’prog’ini tashkil etmoqda. Buning asosiy sababi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, investitsiya siyosati va ularning ko`payishi, buning natijasida modernizatsiya, diversifikatsiya va lokalizatsiya dasturlarining muvaffaqiyatli amalga oshirilishidir.


Buyuk Britaniya bilan savdo aloqalarini rivojlantirish uchun ularda mavjud bo`lmagan yoki unga nisbatan ishlab chiqarishda ustunlikka ega bo`lgan tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va taqdim etish zarur.
O`zbekiston Respublikasi importi tarkibi esa 2.1.3-rasmda ko`rsatib o`tilgan. Unda esa asosan ishlab chiqarish vositalari salmoqli o`rinni egallaydi.


2.1.3-rasm

2.1.3-rasm ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, mamlakat import tarkibida mashinasozlik va uskunalar eng katta ulushga ega hisoblanadi va bu umumiy import hajmining 44,2%ini tashkil etadi. Kimyo mahsulotlari esa 14,3% ulushga ega. Keying o’rinlarda esa 9,7% bilan oziq-ovqat mahsulotlari, 7,9% bilan qora va rangli metallurgiya, 7,2% bilan elektroenergiya va neft mahsulotlari, 5,8% bilan xizmatlar importi turadi. Demak, O`zbekiston eng ko`p elektrenergiya va neft maxsulotlarini eksport qilib, mashinasozlik va uskunalarni import qiladi va bu asosan, Markaziy Osiyoda bo`lmagan mamlakatlar bilan bo`ladi. Mashinasozlik va uskunalar ishlab chiqarish sohasi uchun sotib olinadi.
O`zbekiston hmda boshqa Markaziy Osiyo davlatlari Buyuk Britaniyaga asosan xomashyo import qiladi, chunki bu davlatlar asosan mehnat resurslariga ixtisoslashgan, Buyuk Britaniya esa kapitalga ixtisoslashgan. Mutlaq ustunlik nazariyasiga ko`ra kapitalga mehnat resurslariga boy davlat mehnat talab qiladigan maxsulotlarni eksport qiladi, kaitalga ixtisoslahgan dvlat esa uni eksport qiladi, shunda xalqaro savdo rivojlanadi. Bu nazariya o`z tasdig`ini topgan holda, mehnat resurslariga va tabiiy resurslarga boy bo`lgan rivojlanayotgan davlatlar rivojlangan davlatlarga qazib olish, yetishtirish qiyin, ko`p mehnat talab qiladigan xomashyo yoki maxsulotlarni eksport qiladi ko`proq. Ulardan esa o`zlarida ishlab chiqarish ko`p xarajat talab qiladigan tayyor maxsulotlarni va ishlab chiqarishda zarur bo`lgan mashina va asbob uskunalarni sotib oladi.
O`zbekiston ham Buyuk Britaniyadan ko`proq ishlab chiqarish vositalari import qiladi. Shuningdek, kundalik hayotimizda ishlatiladigan ko`plab maishiy texnika vositalari ham Buyuk Britaniyadan import qilingan.
O`zbekiston paxtasining asosiy qismi ham London birjalarida sotiladi.
Xulosa qilib aytganda, Markaziy Osiyo va Buyuk Britaniya o`rtasida savdo munosabatlari keng yo`lga qo`yilmaganligining asosiy sababi ularning o`zaro savdosi ko`p xarajat talab qiladi. 
//////////////////////////////////////
O‘zbekiston Respublikasining 2025 yilgacha investitsiya siyosati strategiyasi” O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan xalqaro tajriba, respublika iqtisodiyoti, uning tarmoqlari va hududlari investitsiya jarayonlari rivojlanishidagi tendensiyalar va muammolar tahlili asosida tayyorlangan.
2025 yilgacha investitsiya siyosatining maqsadi iqtisodiyotning raqobatbardoshligi va muvozanatini oshirish, ishlab chiqarish va eksport salohiyatini rivojlantirish, hududlarni rivojlantirish va aholi farovonligini oshirish hisoblanadi.

Strategiyaning asosiy vazifalari uchta asosiy yo‘nalish bo‘yicha: investitsiya muhitini yaxshilash, ichki investitsiya manbalarini kengaytirish va investitsiya manbalarining samaradorligini oshirish, samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning yangi yondashuvlarini ishlab chiqish aniqlangan.
2025 yilgacha investitsiyalarning asosiy manbalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik, davlat investitsiyalari va korporativ qimmatli qog‘ozlar sarmoyalari bo‘ladi. 2019-2025 yillarda amalga oshirilayotgan hamda istiqbolli yangi investitsiya loyihalari doirasida 1002,5 milliard so‘mdan ortiq markazlashtirilmagan investitsiyalarni o‘zlashtirishi ko‘zda tutimoqda. Shuningdek, yaqin 30 foizi korxonalarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2018 yildagi 30,5 foizdan 2025 yilda 37,5 foizga o‘sishi kutilmoqda. Shuningdek, 2025 yilda jalb qilingan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar miqdori 11 milliard AQSh dollarga yetkaziladi, bu ko‘rsatkich 2018 yilda 1,6 milliard AQSh dollarni tashkil qilgan.
Investitsion siyosat strategiyasining amalga oshirilishining natijasi respublikaning hududiy va sanoat rivojlanishini har tomonlama ta’minlash, shuningdek mahsulotlarning xom ashyodan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan qiymat zanjirlarini shakllantirish, mavjudlarini mustahkamlash va yangi hududlararo va tarmoqlararo aloqalarni shakllantirish, sohalar, hududlar, davlat organlari va xususiy biznes o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘ladi.
////////////////////////////////////////////

Download 442,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish