YARIM OTKAZGICH REZISTORLARNING TUZILISHI.
REJA:
Rezistorlar va ularga qoyiladigan asosiy talablar hamda ularning turlari.
Ozgaruvchan va ozgarmas rezistorlar va ularning xossalari.
Rezistor tuzilishi va ulanishini o`rganish.
Rezistolar o`zaro ulanishi.
Xulosa.
Rezistorlar va ularga qoyiladigan asosiy talablar hamda ularning turlari.
Rezistorlar elektron qurilmalarning muhim detallaridan biri hicoblanadi va ularning deyarli hammasida ishlatiladi.
Rezistorlar sxemalarning bazi bir nuqtalariga keltirilgan kuchlanishni pasaytirish uchun, yani kamaytiruvchi sifatida ishlatiladi. Ular reaktiv elementlar bilan birga har xil filtrlarni tashkil qiladi, kuchaytirgichlar sxemasida yuklama qarshiligini va boshqa vazifalarni bajarishi mumkin.
Ozgaruvchan rezistorlar yordamida radioqurilmalarning turli zanjirlaridagi tok va kuchlanishni sozlash mumkin boladi.
Quyidagilar rezistorlarni tavsiflovchi asosiy parametrlar hisoblanadi:
1) qarshilikning nominal miqdori;
2) nominal miqdordan yol qoyilgan ogish;
3) nominal tarqalish quvvati;
4) ish harorati oraligi, yol qoyilgan nisbiy namlik va atmosfera bosimi;
5) oziga xos shovqin darajasi.
Rezistorning n o m i n a l miqdori uning ustida korsatilgan boladi. Miqdori 999 Om gacha bolgan qarshilik Om (om, Ώ ) bilan, 1000 dan 99 000 Om gacha — ming Om (ming om, m. Ώ) yoki kiloom (kom,kΏ) bilan, 100 000 Om va undan oshig‘i — megom (MOm, MΏ) bilan ifodalanadi.
Nominal miqdordan yo‘l qo‘yilgan og‘ish miqdori rezistorning ustida ko‘rsatiladi va aniqlik sinfiga bogliq boladi. Kop rezistorlar uch aniqlik sinfiga ega:
1-sinf, nominal miqdordan ogish ± 5%;
2-sinf, nominal miqdordan ogish ± 10%;
3-sinf, nominal miqdordan ogish ± 20%.
Nominal tarqalish quvvati rezistorda ajraladigan quvvat bolib, bunda rezistor yol qoyilgan miqdorda qiziydi.
Tok (I) qarshilik (R) orqali otganda rezistorda vujudga keladigan quvvatni quyidagi formula biln aniqlash mumkin:
Bu quvvatning miqdori rezistor ustida korsatilgan nominal tarqalish quvvatidan oshmasligi kerak.
Ish haroratlari oraligi rezistorning radioapparaturada normal ishlashiga imkon beradigan haroratlar oraligini korsatadi.
Ish haroratlari oraligidan tashqari, qarshilik miqdorining ozgarishini haroratning ozgarib turishiga bogliqligini ham hisobga olish kerak. Bu ozgarish harorat 10S ga ozgarganda qarshilik miqdori qanchalik ozgarishini korsatuvchi harorat koeffisiyenti bilan tavsiflanadi.
1-rasm. Rezistorlarning tashqi korinishi:
a - VS turidagi; b- MLT turidagi; v - ULM turidagi.
Rezistorlar sezuvchanligi yuqori radiopriyomnik qurilmalar va olchash apparaturasida ishlatilganda oziga xos shovqin darajasi muhim orin oynaydi. Qarshilik vujudga keltirgan signallar uning oziga xos shovqini hisoblanadi. Oziga xos shovqin darajasi mikrovolt (mkv) bilan olchanadi. Radioqurilmalarning yuqori sifatli ishlashi uchun rezistorlarning oziga xos shovqin darajasi mumkin qadar past bolishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |