ASBOB - USKUNALARNING TARKIBI, MAQSADI VA JOYLASHUVI
Umumiy holda, МПАБ - НСУ qurilmalari tarkibiga yo`l qurilmalari va EM postida joylashgan qurilmalar kiradi.
МПАБ - НСУ tizimi qurilmalarining yo`l qurilmalari tarkibiga quyidagilar kiradi:
- ПС hisoblash punktining qurilmalari;
- КПС elektr ta’minoti va aloqa kabeli;
- ПРС yo`l signalini qayta uzatuvchisi.
ПС (hisoblash punkti) o`qlarni hisoblash datchigi ustidan o`tgan harakatlanuvchi tarkibning o`qlari soni to`g`risida dastlabki ma’lumotlarni olish va qabul qilingan ma’lumotlarni КПС orqali hisoblash qurilmasiga yetkazish uchun mo`ljallangan.
Hisoblash punkti elementlariga quydagilar kiradi:
- ДПЭП-М turidagi yo`l datchigi (ПД);
- КМ-У-УКП СО turidagi kabel muftasi (КМ);
- НСУ yo`l hisoblash qurilmasi;
- KС НСУ - K turidagi ulash qutisi (КС).
ПД dan harakat tarkibi o`qlarining o`tish momentlarida elektr signallari parametrlarini shakllantirish uchun mo`ljalgan. Ushbu signallarning bazi parametrlari harakat tarkibining harakat yo`nalishiga bog`liq.
ПД lar peregonni cheklОВchi, stansiyaning kirish svetaforlarida, izolyatsiyadan 1m (kam bo`lmagan) masofada peregon tomonga o`rnatiladi. ПД relsning ichki tomoniga temir taglikka biriktiriladi.
ПД o`rnatish maydonchasida yaqinida, binolarning yaqinlashuvining amaldagi talablariga muvofiq, КМ kabel muftasi, КС НСУ - K tipidagi ulash qutisi КС va НСУ bloki joylashgan.
ПД 2.8 metr uzunlikdagi mahsus elektr kabel bilan НСУ blokiga ulanadi, bu datchikning ajralmas qismi hisoblanadi. НСУ bloki yo`l datchigi shakllantirgan elektr signallarini qayta ishlashga, yo`l datchigi bo`ylab harakatlanadigan o`qlar sonini hisoblashga (harakat yo`nalishini hisobga olgan holda) va qabul qilingan ma’lumotlarni stansiyaning ПБУ shkafidagi hisoblash qurilmasiga elektr va aloqa kabeli orqali uzatishga mo`ljallangan. Bundan tashqari, НСУ bloki yo`l datchigining rels kallagiga nisbatan to`g`ri holatdaligini nazorat qiladi. Yo`l datchigining holati relsning kallagiga nisbatan o`zgarganda, НСУ bloki avtomatik ravishda himoya holatiga o`tadi. Bunday holatda hisoblash qurilmasi peregon bandligini qayd etadi.
КС ulash qutisi НСУ bloki bilan КПС kabelini ulash uchun mo`ljallangan. КПС kabeli elektr taminotdagi kuchlanishni stansiyaning ПБУ shkafidan hisoblash punktlariga o`tkazish uchun, shuningdek СРП - Уtipidagi hisoblash moslamasi bilan malumotlar almashish uchun mo`ljallangan. Har qanday uchastkada КПС ning uzunligi 1000 metrdan oshmasligi kerak. КПС sifatida kamida beshta juftligi bo`lgan ТППэпБ 5x2-0,64 markali yoki shunga o`xshash xususiyatlarga ega kabeldan foydalanish kerak.
Agar hisoblash punktlarini ПБУ shkafidan 1000 m dan ortiq masofaga o`rnatish zarur bo`lsa, aloqa sifatini pasaytirmagan holda ikkita КПСni ketma-ket ulash imkoniyatini ta’minlaydigan yo`l signalini takrorlОВchi (ПРС) ishlatiladi. ПРСni o`rnatish joyi shunday tanlanganki, КПСning ПРС ga tutashgan har bir tarmog`ining uzunligi 1000 metrdan oshmasligi kerak.
КМ-У-УКП СО, ПРС ning kabel muftasi bo`lib, uning ichiga quydagilar o`rnatiladi:
- НРТ tipidagi yo`l signallarini takrorlash bloki (TР1);
- KC НРT2 turidagi ulanish qutisi (КС1);
НР1 bloki hisoblash nuqtalari va hisoblash qurilmasi o`rtasida ma’lumotlar almashinuvi signallarining parametrlarini belgilangan chegaralar doirasida saqlashga mo`ljallangan.
КС1 ulanish qutisi НР1 blokini КПС kabeli bilan bog`lash uchun mo`ljallangan.
EM postida joylashgan qurilmalar quydagilarni o`z ichiga oladi:
- СРП - Уturidagi hisoblash qurilmasi (СРП);
- ИБП - 14/12 - 10 turidagi БП uzluksiz taminot manbai;
- ОВ jo`natish yordamchi relesi va uning takrorlОВchisi ОВ1;
- OX xo`jalik poyezdini jo`natish relesi va uning takrorlovchisi OX1;
- КЖХ1 ho`jalik poyezdining jezl - tayoqchasi mavjudligini nazorat qiluvchi rele;
- ОХ, ИФП, ДСО, ОСО knopkalari;
- ДС turidagi diferensial tizimi (ДС);
- РТ 1х2-ВЕ/FM asosidagi RT 1x2-5DC/FM-ST tipidagi ximoya bloki (BZ);
- VAL-MS-T1/T2 335/12.5/1+1-FM turidagi hisoblash punktining taminot zanjirini himoya qurilmasi (УЗФ);
- ФИСПО-01Н1-В 3А turidagi filtr (Ф);
- BP НСУ turidagi taminot bloki (BP1);
- RT 2x1+F-BE/FM asosidagi RT 2x1-12DC/FM-ST turidagi hisoblash punktining aloqa zanjirini himoya qurilmasi (УЗИ);
- БП НСУ turidagi БП1 bloki;
- I-8410turidagi axborot chiqarish moduli (ММВ);
- PLC-RSC-24DC/21 turidagi ПС, ПО, ПП, ДСО, Зв, КЖХ, СО, КП interfeys relelari;
- ПС, ПО, ПП, ДСО, Зв, КЖХ, СО, КП indikatorlari.
Hisoblash qurilmasi (СРП) ПАБ qurilmalari uchun ,,O`TY“ AJ ning amaldagi yo`riqnoma va ko`rsatmalarida belgilangan qoidalarni amalga oshirish uchun mo`ljallangan.
СРП - hisoblash qurilmasi quyidagi funksiyalarni bajaradi:
- harakat tarkibining harakatlanadigan o`qlari soni bo`yicha hisoblash punktidan olingan ma’lumotlarni qayta ishlash;
- peregonning bo`sh yoki bandligini nazorat qilish;
- ОВ jo`natish yordamchi relesi, OX xo`jalik poyezdini jo`natish relesi ishini boshqarish;
- tonal chastotali aloqa kanali, shu jumladan optik aloqa linyalari orqali qo`shni stansiya yoki blok-postning hisoblash qurilmasi bilan uzluksiz ma’lumot almashinuvi tufayli МПАБ - НСУ qurilmalarining uyg`un ravishda va xavsiz ishlashini taminlash;
- ОХ, ДСК, ОДСК tugmalari holatini nazorat qilish;
- kirish svetaforida ruhsat etuvchi chiroq yonganda yaqinlashish uchastkasi, strelkasiz uchastka va birinchi strelkali uchastka navbatma-navbat band bo`lib, bo`shashini hamda harakat tarkibining stansiyaga to`liq kirib kelganini nazorat qilish;
- quydagi holatlarda dastlabki holatini sun’iy qayta tiklaydi (bundan keyin ИВИС);
qurilma ishlamay qolganda yoki himoya holatiga o`tganda;
poyezdning stansiyaga kelishi bilan bog`liq bo`lgan rels zanjirlardan biri ishlamay qolganda;
poyezd stansiyaga kirish svetaforlarining taqiqlangan ko`rsatkichi ostida kirib kelganda;
hizmat ko`rsatish va tamirlash ishlari olib borilganda;
stansiya navbatchisining buyrug`i bilan chiqish signali yopilgandan so`ng, bunda poyezd peregonga yuborilmagan:
- МВВ moduli bilan uzluksiz malumot almashish;
- aparaturaning ichki tugunlarini diagnostika qilish;
- tizimning ishlashi haqidagi malumotlarni arxivlash va qayd etish.
БП uzluksiz ta’minot manbai СРП hisoblash qurilmalari va hisoblash punkti elementlarini elektr ta’minoti uchun mo`ljallangan va tashqi elektr ta’minoti manbalari o`chirilganda СРП va ПС qurilmalarini tashqi elektr ta’minoti manbalari 24 soat (kamida) o`chirilmagan bo`lsa 8 soat (kamida) davomida uzluksiz ishlashini taminlaydi.
ОВ relesi ОВ1 relesining qo`zg`alish zanjirini shakllantirish uchun mo`ljallangan. ОВ relesi elektr taminoti kuchlanishini bevosita СРП hisoblash qurilmasidan oladi.
ОВ1 yordamchi jo`natish relesi stansiyaning chiqish signallarining umumiy signal relesining qo`zg`atish zanjirini blakirovkalash yoki nazorat-seksiya relesi poyezdni peregonga jo`natish mashrutini nazorat qilish shuningdek xo`jalik poyezdining jezl-tayoqchasi zanjirlarini blakirovka qilish uchun mo`ljallangan.
Yordamchi jo`natish relesi quydagi shartlar bajarilganda yakorini ko`taradi:
- peregon harakat tarkibidan bo`sh bo`lganda;
- qo`shni stansiya navbatchisidan jo`natishga rozilik signalini olinganda;
- mahalliy stansiyadan qo`shni stansiyaga jo`natishga rozilik signali yo`qligida;
ОВ1 relesi quydagilardan biri sodir bo`lgunga qadar pattok holatda bo`ladi:
- mahalliy chiqish stansiyasida nazorat qilinadigan peregonga chiqish signalini ochish;
- ДСП ho`jalik poyezdini stansiyadan peregonga jo`natish buyrug`i berilganda;
- qabul qilish stansiya navbatchisi poyezdni jo`natishga rozilikni bekor qilguncha;
- peregon harakat tarkibi bilan band bolganda yoki peregon yolg`ondan zaynit bo`lganda;
- МПАБ НСУ hisoblash qurilmasi himoya holatiga o`tganda;
OX relesi OX1 releni qo`zg`atish zanjirini shakllantirish uchun mo`ljallangan. OX rele elektr taminot kuchlanishini bevosita СРП hisoblash qurilmasidan oladi.
OX1 xo`jalik poyezdini jo`natish relesi xo`jalik poyezdining jezl-tayoqchasini elektr himoyasini yoqish uchun mo`ljallangan. Xo`jalik poyezdini (xizmat poyezdini) jo`natish relesi quydagi shartlar bajarilganda yakorini tortadi:
- mahalliy stansiyaning ДСП poyezdni jo`natishga rozilik borligini nazorat qilib xo`jalik poyezdini jo`natish buyrug`ini berganda;
- mahalliy stansiyaning chiqish signallari ochilmaganda
OX1 relesi jezl tayoqcha olinmaguncha pattok bo`lib turadi.
КЖХ va КЖТ relelari (agar mavjud bo`lsa) ДСП aparatida xo`jalik poyezdining jezl tayoqchasi va turtuvchi lokomotivning jezl tayoqchasi mavjudligini nazorat qiladi.
МПАБ НСУqurilmalarida qo`llaniladigan tugmalarni (knopkalarni) maqsadi:
- OX xo`jalik poyezdini jo`natish rele tugmasi xo`jalik poyezdini peregonga jo`natish zaruratida ДСП qurilmasidan jezl tayoqchani olish va СРП buyruqlarini ДСП ga uzatish uchun mo`ljallangan.
- IFP bosilishlar sonini hisoblashli kirib kelishini suniy qayd qilish knopkasi hisoblash (hisoblash-hal qilish) qurilmasini oldingi holatiga sun’iy qaytarish uchun qo`llaniladi:
nosozlik yoki himoya holatiga o`tganda;
texnik xizmat ko`rsatish va tamirlash ishlarida;
poyezdning stansiyaga yetib kelishi bilan bog`liq bo`lgan rels zanjirlarining nosozliklarida;
kirish svetaforining taqiqlangan belgisi ostida stansiyaga poyezdni qabul qilganda;
chiqish signali stansiya navbatchisining buyrug`i bilan yopilgandan so`ng bunda poyezd peregonga yuborilmagan:
- ДСК ning rozilik berish tugmasi СРП ga mahalliy stansiya navbatchisining qo`shni stansiyadan poyezdni jo`natishga roziligi to`g`risidagi ma’lumotlarni uzatish uchun mo’ljallangan.
- OДСК ning roziligini bekor qilish tugmasi СРП ga qo`shni stansiyadan poyezdning chiqib ketishi uchun mahalliy stansiya navbatchisining oldin taqdim etgan roziligini bekor qilish to`g`risidagi ma`lumotni bekor qilish uchun mo`ljallangan.
ДС bloki hisoblash qurilmasi modemining to`rt simli oxirini aloqa linyasining ikki simli oxiri bilan muvofiqlashtirish uchun mo`ljallangan.
Бз himoya bloki hisoblash qurilmasining ichki zanjirini qo`shni stansiya yoki nazorat punktining hisoblash qurilmasi bilan aloqa kabelida paydo bo`ladigan elektr kuchlanishidan himoya qilish uchun mo`ljallangan.
УЗФ himoya qurilmasi ПБУ stansiya shkafining ichki zanjirlarini tashqi elektr kuchlanishlardan himoya qilish uchun mo`ljallangan.
Ф filtr НСУ blokining taminoti zanjirini ПБУ stansiya shkafi ichki zanjirlarida paydo bo`ladigan elektr shovqinlardan himoya qilish uchun mo`ljallangan.
БП1 taminot bloki НСУ va НРT bloklarini ta’minoti uchun zarur bo`lgan kuchlanishni ishlab chiqarish mo`ljallangan.
УЗИ aloqa zanjiri himoya qurilmasi КПС aloqa va elektr ta’minot kabelida paydo bo`ladigan tashqi elektr kuchlanishidan stansiya shkafi ichki zanjirlarini himoya qilish uchun mo`ljallangan.
poyezdning stansiyaga yetib kelishi bilan bog`liq bo`lgan rels zanjirlarining nosozliklarida;
kirish svetaforining taqiqlangan belgisi ostida stansiyaga poyezdni qabul qilganda;
chiqish signali stansiya navbatchisining buyrug`i bilan yopilgandan so`ng bunda poyezd peregonga yuborilmagan:
- ДСК ning rozilik berish tugmasi СРП ga mahalliy stansiya navbatchisining qo`shni stansiyadan poyezdni jo`natishga roziligi to`g`risidagi ma’lumotlarni uzatish uchun mo’ljallangan.
- OДСК ning roziligini bekor qilish tugmasi СРП ga qo`shni stansiyadan poyezdning chiqib ketishi uchun mahalliy stansiya navbatchisining oldin taqdim etgan roziligini bekor qilish to`g`risidagi ma`lumotni bekor qilish uchun mo`ljallangan.
ДС bloki hisoblash qurilmasi modemining to`rt simli oxirini aloqa linyasining ikki simli oxiri bilan muvofiqlashtirish uchun mo`ljallangan.
Бз himoya bloki hisoblash qurilmasining ichki zanjirini qo`shni stansiya yoki nazorat punktining hisoblash qurilmasi bilan aloqa kabelida paydo bo`ladigan elektr kuchlanishidan himoya qilish uchun mo`ljallangan.
УЗФ himoya qurilmasi ПБУ stansiya shkafining ichki zanjirlarini tashqi elektr kuchlanishlardan himoya qilish uchun mo`ljallangan.
F filtr НСУ blokining taminoti zanjirini ПБУ stansiya shkafi ichki zanjirlarida paydo bo`ladigan elektr shovqinlardan himoya qilish uchun mo`ljallangan.
BP1 taminot bloki НСУ va НРT bloklarini ta’minoti uchun zarur bo`lgan kuchlanishni ishlab chiqarish mo`ljallangan.
УЗИ aloqa zanjiri himoya qurilmasi КПС aloqa va elektr ta’minot kabelida paydo bo`ladigan tashqi elektr kuchlanishidan stansiya shkafi ichki zanjirlarini himoya qilish uchun mo`ljallangan.
yonib turadi; navbatchi ilgari berilgan rozilikni bekor qilgandan so`ng yoki qo`shni stansiyadan poyezd jo`natilgandan so`ng - chiqish svetafori ochiq yoki ДСП xo`jalik poyezdini jo`natish tugmasini bosganda o`chadi;
- jezl-tayoqcha mavjudligini bildiruvchi indikator КЖХ, (sariq) - stansiyalarda xo`jalik poyezdining jezl-tayoqchasi mavjud bo`lsa u doimiy chiroq bilan yonadi, tegishli jezl-tayoqchasi yo`q bo`lganda miltillovchi chiroq yonib turadi;
- hisoblash qurilmalarining texnik holatini ko`rsatish indikatori СО (sariq) - hisoblash qurilmalarining soz holatida (peregonning hozirgi holatidan qat’i nazar) u doim bir tekis nur sochadi; agar hisoblash qurilmalari himoya holatida bo`lsa u qisqa impulsli va uzun interval bilan miltillovchi rejimida ishlaydi;
- peregon holatini bildiruvchi indikator КП (oq/qizil) - peregon band bo`lganda doim qizil yonadi; peregon bo`sh bo`lganda doim oq yonadi.
СРП, БП, БП1, ДС, Бз, УЗФ, Ф, УЗИ, БПС, МВВ, qurilmalari va ОВ, ОХ, ПС,
ПО, ПП, ДСО, Зв, КЖХ, СО, КП relelari МПАБ - НСУ tipidagi ПБУ stansiya shkafiga joylashtirilgan.
КЖХ1, ОВ1, OX1 relelari EM postining mavjud stativlaridagi bo`sh joylariga joylashtiriladi. Ushbu relelarning turi ishchi loyihani ishlab chiqishda aniqlanadi.
OX, ДСO, ОСО ИФП knopkalari va ПС, ПО, ПП, ДСО, Зв, КЖХ, СО, КП indikatorlari ДСП ning pult-tablosida joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |