Yaratilish tarixi, adresati, tarkibiy tuzilishi. Navoiy badiiy ijod haqida. Sharhlashda badiiy san’atlarning o‘rni



Download 81,5 Kb.
bet3/9
Sana01.01.2022
Hajmi81,5 Kb.
#296792
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-amaliy mashg'ulot Masnaviyni sharhlab o‘qitishMuzaffarova Maftuna

«Tarixi anbiyo va hukamo». «Tarixi muluki Ajam». Bu ikki asar yaxlit yozilishi mo’ljallangan umumiy tarixning ikki qismi bo’lganligidan ulardagi she’riy parchalar haqida shu yerda so’z yuritish ma’qul.
«Tarixi anbiyo va hukamo»ning anbiyolar zikri qismida bayt, ruboiy va to’rt misradan iborat qit’alar nasriy bayonning yakuniy qismida keltiriladi. Masalan, Sulaymon payg’ambar hamda Luqmoni hakim haqidagi nasriy bayondan so’ng quyidagi ruboiylar keltirilgan:

Olamni Sulaymong’a xalq aylab ma’mur,


Hukmi soldi jinu bashar xaylig’a sho’r.
Oxir chu ajal anga maqom ayladi go’r,
Tufroq ichida qildi vatan o’ylaki mo’r.
(Tarixi anbiyo va hukamo. Samarqand, «Zarafshon»,1990, 51-bet)

Luqmonniki ba’zi dedilar payg’ambar,


Ba’zi dedilar hakimi pokiza siyar.
Uch ming yashabon bu dayrni qildi maqar
Ming muncha ham o’lsa, qilg’uluqtur bu safar.
(o’sha asar, 52-bet)

Bu ruboiylarda so’z yuritilayotgan payg’ambarlarning sifat va fazilatlari, buyukliklari ixcham tarzda bayon etilib, shunga qaramay o’limning barhaqligi ta’kidlanadi. Bu bilan inson kim bo’lishidan qat’iy nazar oxirini o’ylab yashashi, umrni behuda o’tkazmasligi kerakligi alohida uqtiriladi.


Asarning hakimlar zikri bo’limida esa har bir donishmandning turli masalaga oid hikmatli so’zlari keltiriladi-da, so’ng ularning mazmuni fard- baytlarda bayon qilinadi. Jumladan, Aflotunga nisbatan beriladigan quyidagi hikmat: «jud tilamay bermakdur, neyuchunki tilab bergan tilaganning mukofotidur» keltiriladi-da, Alisher Navoiy uning ma’nosini mana bu baytda bayon etadi:

Tilamay jud qil saxiy ersang,


Tilamak muzdidur bersang tilab.
(o’sha asar, 61-bet)

Yana, Jolinus (Galen) hakimga mansub «bemorkim ishtihasi bo’lg’ay, ul tandurustdin yaxshiroqdurkim, ishtihasi bo’lmag’aykim, anga sihat ortar va munga ranj» hikmati keltirilib, Alisher Navoiy uning mazmunini quyidagi baytda bayon etgan:

Bemori mushtahiyg’a salomat nishonidur,
Chun tandurust mushtahiy ermas, ziyonidur.
(o’sha asar, 61-bet).

Va nihoyat yana bir misol. Kitob No’shirvoni odilning vaziri Buzurjmehr hakimning zikri bilan nihoyasiga yetadi. Alisher Navoiy bu donishmandning quyidagi hikmatli so’zlarini keltiradi: «Ustodimdin so’rdimkim, yigitlikda ne qilmoq yaxshi va qarilig’da ne qilmoq? Dedikim: yigitlikda ilm kasb qilmoq va qarilig’da ani amalga keltirmak yaxshidur». Shundan so’ng Alisher Navoiy ana shu hikmatning mazmunini quyidagi mashhur baytida umumlashtiradi:

Yigitlig’da yig’ ilmning maxzani,
Qarilig’ chog’i xarj qilg’il ani.
( o’sha asar, 62-bet).

Ko’rinadiki, «Tarixi anbiyo va hukamo»dagi she’riy parchalar shoirning hayot tajribalari, donishmandlar hikmati asosida maydonga kelgan falsafiy-axloqiy mazmundagi hamda pand-nasihat xususiyatlariga molik bayt, ruboiy va qit’alardan iboratdir.




Download 81,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish