ko’rdi
- Gap poylayabsanmi ? – dedi g’azabdan qizarib ketkan Farruh … Madina esa hatto nima deyishini ham
bilmay qolgandi . U sevgan inson shunchalik qabih va razil ekanini hazm qilolmayotkan edi … Nahotki
Farruh shunchalikka bordi , nahotki mol davlat ko’zini shunchalik ko’r qilgan bolsa ….
- SENDAN SO’RAYABMAN !
- Shu rostmi ? Siz qildingizmi ? – dedi ko’zlaridagi yoshni tohtata olmagan Madina . Qarshisida u sevib
qadrlagan farishtasi emas , eng yaqin dugonasini sevgan insonini va o’zining yaqinini pul uchun sotkan
insonni ko’rdi . Nafratlandi …
- Nimani eshtting ? hammasini unut !
- Siz qildingizmi ?
- Senga unut deyabman – dedi Madinani yelkasidan ushlab silkitib Farruh – UNUT !
- Madina uning qollarini siltab tashladida yuziga tarsaki tortti
- Ko’rnamak ekansiz ! ABLAH .
Ertasi kuniyoq ishdan boshash haqidagi arizani Miraning stoli ustiga tashladida hay haylashiga
qaramay kompaniyani tark etti !!!
*****
- Madina nima boldi ? – degan Nargizaning qaytalangan savolidan Madina hushini yig’ib yot olgan
javobini qaytaladi
- Ayttimku , qiynaldim ish boyincha . Men uchun emas ekan !
- Endi nima boladi ?
- Salonga qaytaman . Matluba opa bn gaplashdim .
- Mayli , muhimi hammasi joyida bolsa boldi … Senchi oqqush ?
- Nima ? – boyadan beri choydan ko’zini uzmay qoshig’i bn aylantiryotkan Laylo qizlarga yuzlandi
- Hoy osmonlarda uchib yuribsanmi ? Nima boldi dedim ? Praktika ? Jasur ? hayot ?
- Hammasi joyida . Praktika tugadi . Jasur akamni esa 1 haftadan beri ko’rmadim . Menimcha Shoxruxni
ishi bn band bolsalar kerak – dedi Laylo va ornidan “ hozir kelaman “ deya turib chiqib ketti . Yuvinish
honasiga kirib suvni yo’qtida bog’ziga tolib qolgan alamni chiqardi … Yig’lagani sari ovozi balandlashib
borar ammo suvning shildirashidan bu uncha bilinmas edi … U dugonalariga yolg’on gapirgandi . Zuhra
Karimova bn bolgan daxshatli suhbattan song u Jasur bn aloqalarni uzdi va uni hayotidan butkul chiqarib
tashladi , faqat hayotidan … hayolidan emas !
- Shoxruxni ko’rgani borasanmi ? Dilbar Nizamova bn uchrashasnmi ? Endi bu yog’iga nima qilasan ?
Otang haqidachi ? Bilmoqchi emasmisan ?
- Ufff Madina stop! Bilmayman . Miyamda bironta javob yo’q !
- Qalbingdachi ?
- Menda qalb qolibtimi ? Chilparchin qilishtiku!
- Guzalim qoysangchi . Men bilgan Nargiza qachondan beri bunaqa bolib qoldi ? Ahir sen har doyim
yechim topkansanku . O’zing " iloji yo’q narsani o’zi yo’q " derdingku !
- Bor ekan … Mana meni hayotim … Men huddi boshqalarning bahtini tomosha qilish uchun
kelgandekman . Men uchun Baht tushunchasi begonadek tuyilyabti
- Bas qil . Va hamma muommolaringni yechimini top! Bir joyda yostiqni quchib yotish bn hechnimani
o’zgartirib yoki yechib bolmaydi . Har qanday misolni yechish uchun ham formula kerak ! Qani tur ! Bor
Onang bn gaplash . Hal qil . Shoxruxni yoniga bor , dalda bol . TUR DEDIM!!!
**********
Zinnura o’ziga Aziz Nizamovning honasini oldi . Shoxruxning bu yerda yo’qligi , Farruhning cheklangan
vakolati va ayni damda Dilbar Nizamovaning shaxsiy muommolari sabali ham u kompaniyada boshliq
bolib turgandi . Hozircha ishlar yaxshi edi va Anvar Rashidovning investorligi tufayli ham anchayin
qarzlardan qutilishdi . Zinnura ishlarini tugatib ketishga shaylandi va mashinasi turgan joyga bordi...
- Hoy jodugaar !! – degan ovozdan Zinnura beihtiyor ogirilib ortiga qaradi va birdan kelib tushgan
tarsakidan gangib muvozanatni yuqottida mashinaga suyanib qoldi … Ammo o’zini onglab ulgurmasidan
sochini changallagan qollardan halos bololmay baqirdi
- Kimsiz ? Qoyib yuboring ! Bas qiling
Kompaniyadan uzoqqa ketmagani uchun ham qoriqchilar kelib qizni Zinnuradan ajratishdi , tozib ketkan
sochlarini tog’irlar ekan o’ziga vajohat bn qarab turgan qizni ko’rib jahli chiqib baqira kettii
- Nima esing yedingmi telba ! Bu nima qilganing ? Hoziroq militsiya chaqiring ! – dedi bor ovozida
qichqirgan Zinnura
- Iltimos tohtab turing – qizni ortidan yugurib kelgan yigit uni tohtatti – Hotinimni kechiring , u rosa
rashkchi . Bilmay xato qilib qoyibti – song yigit qizni yoniga keldida qolidan tortqiladi – Marjona uzr sora !
- Hoo nimaga ekan ?
- Senga hozir uzr sora dedim !!!!!!!! Meni boshlig’im bu emas ! U narigi binodaku . Kimni sochini
yulding ?
- N…ii…ma ?? qanaqasiga ? Voyy
- Senga borma òzim hal qilaman degandim , mana oqibati , hozir bekorga qamalib ketamiz .
- Men bilmabman uzr a – dedi qolini silkita turib Marjona Zinnuraga jilmayar ekan . Ammo Zinnuraning
avzoyidan uni kechiradiganga oxshamasdi
- Jin ursin. Ko’zimga korinmang ! – deya baqirdida asabiy mashinasiga otirib gazni bosdi
- Tovba bu qiz g’irt jinni ekanku ? baqirishga balo bormi ?
- Kimdir seni patingni yulsa keyin bilasan jinnilikni
- Men qarab turamanda aa siz yaxshisi oldimga tushing endi navbat boshlig’ingizga
- Voy hudoyim ey qayerdanam senga shu gapni ayttim a . Baraka topkur qoy shuni . Ketaylik uyga !
- Yo’q dedimmi yòq . Hoziroq men bn yurmasangiz siz bn …
- Ajrashasanmi ?
- Tushizni suvga ayting , hechamda qani yuringchi ...
***************
Nargiza yana osha uyga keldi . Eshikni bu safar Umida hola ochti va samimiy tabassum bn Nargizani
kutib oldi …
- Gap shundaki Dilbar Nizamova honasidan 2 kundan beri chiqmadi , eshigi ham qulf . Kiraylik desak
jurat qilolmadik – dedi aybdorona bosh egar ekan Umida hola
- Iloji bolsa kalitni menga bersangiz , o’zim kirib ko’raman .
- Mayli qizim , hozir
Nargiza Dilbar Nizamovaning honasini kalit bn ochib ichkariga kirdi , va yotoqda yuzini burib yotkan
Dilbarni ko’rib ich ichidan qayg’urgandek boldi , ammo sir boy bermay sekin qadamlar bn yotoq
tog’risida turgan divanga omonatgina chokti va Dilbarga yuzlandi.
- Assalomu aleykum …
- Keldingmi bolam ?
- Men sizni eshtishga tayyorman !
- …
- Gapirmoqchi emasmisiz ?
- Aytaman , barcha barchasini aytaman … faqat SABR bn tingla qizim …
Do'stlaringiz bilan baham: |