Shia yarim oyi sunniy yulduziga qarshi
Yaqin Sharqda, xususan, Suriya, Iroq va Yamanda bo‘layotgan voqealar mohiyatan shia-sunniy urushining tarkibiy qismlaridir, ayni paytda, bu yirik davlatlarning mintaqa va bu yerdagi resurslar ustidan nazorat o‘rnatish yo‘lidagi urushidir.Eron, Bag‘dodda al-Malikiy boshchiligidagi shia (aslida eronparast emas, amerikaparast) hukumati, Damashqda Asad, Livanda “Hizbulloh” va Yamanda xuziylar shia yarim oyini hosil qiladi. Unga sunniy yulduzi, birinchi navbatda arab sunniy davlatlari — Saudiya Arabistoni, Qatar, BAA, Kuvayt, Iordaniya, shuningdek, Turkiya qarshi turibdi.
Bo‘layotgan voqealar XVII asrda Yevropada yuz bergan 30 yillik urushga o‘xshaydi. Unda ham diniy ziddiyatlar, siyosiy va iqtisodiy manfaatlar jipslashib ketgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |