Maorifi, ilmiy va madaniy-ma’rifiy muassasalari
Yaponiyada maorif tizimi Maorif, madaniyat, sport, fan va texnologiya vazirligi va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan muvofiklashtirib turiladi. Maktabgacha tarbiya bolalar bogʻchalarida (8389 xususiy bogʻchada 1,4 mln., 5785 davlat bogʻchasida 367,8 ming tarbiyalanuvchi) amalga oshiriladi. 6 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun oʻqish majburiy va bepul. Taʼlimning birinchi bosqichi 6 yillik boshlangʻich maktab (2003 yil 23,6 ming maktabda 7,2 mln. oʻquvchi). Ikkinchi bosqich 3 yilliq kichik oʻrta maktab (2003 yil 11,1 ming maktabda 3,74 mln. oʻquvchi). 16—18 yoshli bolalar 3 yillik katta oʻrta maktab (2003 yil 5,4 ming maktabda 3,8 mln. oʻquvchi)da taʼlim oladi. Oliy taʼlim universitet, professional kollej va texnika institutlaridan iborat. 2004 yil mamlakatdagi 709 untda 2,8 mln. talaba oʻqidi, 84,2 ming oʻqituvchi ishladi. Untlarning 542 tasi xususiy. Yirik untlari: Tokio universiteti, Kioto universiteti, Osaka universiteti (1886 yil tashkil etilgan) va boshqalar Yaponiyada ilmiy tekshirish ishlariga yiliga qariyb 100 mlrd. AQSH dollari hajmida mablagʻ sarflanadi va bunda xususiy sektor yetakchi mavqega ega. Yaponiya sohasida 756,3 ming kishi band. Ulardan 430,6 ming kishi ilmiy tadqiqotlarni xususiy kompaniyalar, 280,7 ming kishi untlar, 44,9 ming kishi ijtimoiy tashkilotlarda olib boradilar. Yirik ilmiy tekshirish institutlari: aviakosmik texnika, metallar, elektronika boʻyicha kompleks tadqiqotlar, kosmos va astronavtika, elektr energetikasi, avtomobilsozlik, ixtiro va yangiliklar, Nomura kompleks, Mitsubisi kompleks institutlari. Yaponiyada 2711 ommaviy kutubxona, 3599 muzey, 79 hayvonot bogʻi, 79 akvarium, 90 botanika bogʻi bor. Yirik kutubxonalari: Milliy parlament kutubxonasi (7,9 mln. asar), Tokio universiteti kutubxonasi. Yirik muzeylari: Tokiodagi milliy muzey(1871 yil tashkil etilgan), Milliy ilmiy muzey, Imperator saroyi, Kiotodagi milliy muzey (1889) va Milliy hoz. zamon sanʼat muzeyi (1963), Nagoyadagi Tokugava badiiy muzeyi va boshqalarMatbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Yaponiyada 70,8 mln. nusxada 166 milliy va mahalliy kundalik gaz. chiqadi. Yiriklari: "Iomiuri" ("Reportyor", 1874 yildan) "Asaxi" ("Chiqayotgan quyosh", 1879 yildan), "Mayniti" ("Kundalik gazeta", 1872 yildan), "Nixon keydzay simbun" ("Yaponiya iqtisodiy gazetasi", 1876 yildan), "Sankey simbun" ("Sanoatiqtisodiy gazetasi", 1950 yildan). Shuningdek, 4178 oylik va haftalik jurnal, byulleten chiqadi. Yiriklari: "Bungey syudzyu" ("Adabiybadiiy almanax", 1923 yildan), "Dziyu minsyu" ("Liberaldemokratiya", 1955 yildan), "Kurasi to seyji" ("Hayot va siyosat"), "Sekay" ("Koinot", 1946 yildan), "Tyuo koron" ("Markaziy sharh", 1886 yildan), "Ekonomisuto" ("Iqtisodchi", 1923 yildan), "Bunka xyoron" ("Madaniy sharh"), "Gekkan syakayto" ("Sotsialdemokratik partiya oynomasi", 1957 yildan). Umummilliy axborot agentliklari: Kiodo Susin (1945 yildan) va Jiji Sushin (1945 yildan). Radioeshittirish 1925 yildan va telekoʻrsatuvlar 1953 yildan olib boriladi. Yaponiya radiotelevideniye korporatsiyasi yarim hukumat tashkiloti hisoblanadi. 1925 yil tashkil etilgan. 222 xususiy aʼzoni birlashtirgan Tijorat eshittirishlar milliy assotsiatsiyasi 6900 teleradiostyani boshqaradi (1996).
Do'stlaringiz bilan baham: |