Tovarni bozorni pozitsiyalashtirish – bu alohida bozor segmentlarida mahsulot kontseptsiyasini aniqlash texnologiyasidir. Pozitsiyalashtirishning maqsadi – mavjud va shakllanayotgan fikrlarni tadqiq qilish, xaridorlar yoki ularning guruhini mahsulot parametrlariga boʼlgan munosabatini baholash tahlilidan, maqsadli bozorni ushbu segmentida mahsulotni raqobatli ustunligini taʼminlashda shunday tovar pozitsiyasini marketing chora-tadbirlarini oʼtkazish yoʼli bilan tuzishdan iborat.
Mahsulotni samarali pozitsiyalashtirish uchun talab va taklifni muhim tavsifnomalarini, xarid toʼgʼrisida qaror qabul qilishda moʼljal boʼlib hisoblanuvchi omillar taʼsirini oʼrnatish va oʼrganish zarur. Аniqlovchi omillar esa, mahsulot sifati, sifat darajasi, ishonchliligi, energohajmi, dizayni va tovarni raqobatbardoshligini boshqa koʼrsatkichlari boʼlishi mumkin.
Tovarni bozorda pozitsiyalashtirishni toʼgʼri tashkil etilishi marketing rejasi va kompleksini samarali ishlab chiqarish shart-sharoiti boʼlib hisoblanadi.
Pozitsiyalashtirish differentsiatsiya strategiyasini amalga oshirish vositasi boʼlib hisoblanadi. D.Traut va E.Raislar tomonidan 1979 yilda pozitsiyalashtirish kontseptsiyasi taklif etilgan. Аniq pozitsiyalashtirish uchun firma pozitsiyalashtirish belgisini oʼrnatish kerak.
Pozitsiyalashtirish belgisi – xarid motivatsiyasi manbasi yoki asosiy tovarning isteʼmolchi nuqtai nazaridan foydaliligidir.
Xulosa
G`arbga nisbatan Sharq mamlakatlarida taraqqiyot ancha oldin boshlangan. Insonning iqtisodiyot sohasidagi faoliyati, bozor, savdo kabilar Osiyo xalqlari ichida juda qadimgi davlardayoq boshlanib, so`ngra g`arbga, Ovro`pa xalqlariga tarqala boshlagan.
Turon bozorida «Ipak yo`li»ning ta`siri katta edi. Bu yo`l Хitoydan Janubiy Ovro`pagacha cho`zilgan bo`lib, shu yo`l bo`yidagi shahar bozorlarini o`z ichiga olar, ya`ni asosan shu «Ipak yo`li o`tgan joylardagi» bozorlarga ta`sir etar edi. Bu bozor Foydalanilgan adabiyotlarqat Хitoy mollari va Janubiy Ovro`pa mollari bilan chegaralanmay, yo`l-yo`lakay barcha xalqlar mollari savdosini ham ta`minlar edi. Albatta, bunda Хitoyning ipak mollari va chinnisi katta o`rin egallar, lekin Turon hunarmand va dexqonchilik mollarining salmog`i ham oz emas edi. Bu mollar Uzoq Sharq va Ovro`pagacha olib borilib sotilar edi. Shu bilan birga «Ipak yo`li» o`tgan hududlar uchun noma`lum bo`lgan mahsulotlar ishlab chiqarilishining bora-bora o`zlashtirilishda «Ipak yo`li»ning ta`siri katta bo`lgan.
Bozor — 1) sotuvchilar bilan haridorlar oʻrtasidagi tovar ayirboshlash munosabatlari; ishlab chiqarish bilan isteʼmolni oʻzaro bogʻlovchi mexanizm. Bozor obʼyekti nafligi bor tovar va xizmatlar, subʼyekti esa Bozor ishtirokchilari (sotuvchi va haridorlar) boʻlib, ular firmalar, uy xoʻjaliklari, davlatning tashkilot, idoralari va boshqalardan iborat. Bozor ishtirokchilari tovar va xizmatlarni pul vositasida ayirboshlash yuzasidan munosabatlarga kirishadilar. Bozorda tovarlar bilan oldi-sotdi munosabatlari tovar ishlab chiqarish, tovar ayirboshlash va pul muomalasi qonunlariga binoan amalga oshiriladi. Bozor ishtirokchilari sotuvchi hamda haridor maqomiga ega boʻladilar.
Bozorning vazifalari: Tartibga solish, Rag`batlantirish, Narxni tashkil etish, Nazorat qilish, Iqtisodiyotni sog`lomlashtirish, Integratsiyalash, Axborot berish, Vositachilik, Tejamkorlik, Bozor sub`ektlarini manfaatlarini ro`yobga chiqarish.
Tovar va xizmatlar bozori bozorning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu borada xo`jalik sub`ektlarining barcha uchta turi qatnashadi. Ular :
Fuqarolar(uy xo`jaliklari)
Davlat
Korxonalar
Do'stlaringiz bilan baham: |