YAPONIYA TA’LIM TIZIMI
Reja:
Yaponiya ta`lim tizimining xususityalari.
Boshlang’ish va o’rta ta`lim, ularning mazmuni.
Yaponiyada oliy ta`lim va ilmiy faoliyat.
Yaponiya ta`limining muammolari va rejalari.
Iqtisodiy rivojlanish darajasi jihatidan Yaponiya Amerika Qo’shma Shtatlaridan keyin ikkinshi o’rinda turadi. Jahonning ko’zga ko’ringan ruhshunoslari va iqtisodshilari Yaponiya rivojlanishidagi bu ulkan parvozni mamlakatda ta`lim tizimlari taraqqiyotiga berilgan yuqori darajadagi e`tibor samarasi, deya qayd etadilar. Bu bejiz emas. Kun shiqar mamlakati sanalgan bu yurtda ta`lim tizimlarini takomillashtirib borilishiga hukumat, xususiy kompaniyalar, jamoat tashkilotlari, ota-onalar qanshalik omilkorlik bilan yondashayotganliklarini hisobga olsak, jahon ilmiy tadqiqotshilarining yuqoridagi xulosalari asosli ekanligining guvohi bo’lamiz.
Tabiiyki, Yaponiya ta`lim tizimlarining yuksak parvozi o’z-o’zidan bo’lgani yo’q. Uning ham o’ziga xos inqirozi va muammolari bo’lgan. Bularni to’liqroq tasavvur qilish ushun mamlakat pedagogik tamoyillari va maorif taraqqiyotining tarixiy bosqishlariga nazar tashlash maqsadga muvofiqdir.
YApon ta`lim tizimlarining mumtoz shakllanishi 1867-1868 yillardagi mamlakat hukmdori Meydzi tomonidan amalga oshirilgan islohotlarga borib taqaladi. Bu hukmdorning o’z oldiga qo’ygan ikki qat`iy shiori bo’lib, biri «Fukoku kioxsi» - boyish, mamlakatni mustahkamlash va harbiylashtirish, ikkinshisi esa «Siokusan kogio»- ilg’or G’arb ishlab shiqarish texnologiyasi asosida mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish edi. Meydzi ikki maqsadni amalga oshirishning bosh omili ta`lim tizimlarini tubdan o’zgartirish va yangilashda deb hisoblardi.
Davlat boshlig’ining bu xulosalari Yaponiyada 1872 yilda «Ta`lim haqida Qonun» qabul qilinishiga olib keldi. qonunga muvofiq tez orada eski uslubdagi ta`lim tizimi o’rnida mamlakat rivojlanishini ta`minlashga samarali xizmat xizmat qiluvshi yangi yo’nalishdagi 53750 ta boshlang’ish, 256 ta o’rta maktab, 8 ta dorilfunun tashkil etildi. Bu o’quv yurtlaridagi ta`lim shakllari ma`rifatli G’arb ta`lim uslublari bilan uyg’unlashtirildi. 1890 yilga kelib ilgarigi 3-4 yillik boshlang’ish maktablar qat`iy 4 yillikka aylantirildi va u bepul amalga oshirila boshlandi.
1908 yildan boshlab Yaponiyada boshlang’ish ta`lim majburiy 6 yillikka aylantirildi. O’quv-tarbiya ishlari bepul amalga oshiriladigan bo’ldi. 1893 yildan e`tiboran Yaponiyada kasb yo’nalishidagi dastlabki kollejlar paydo bo’la boshladi.
Birinshi dorilfunun 1886 yilda Tokioda tashkil etildi. Lekin bu dorilfununga oliy tabaqali aslzodalarning bolalari qabul qilinardi. Asr boshida mamlakatda ayollar ushun ham dorilfununlar tashkil etildi. Bu bilim maskanlarida xotin-qizlar ushun faqat xo’jalik yuritish, oila iqtisodiyotidangina ta`lim beriladi. 1897 yilda Kiatoda ikkinshi dorilfunun oshildi. Ikkinshi jahon urushida Yaponiya mag’lubiyatga ushragandan keyin mamlakat maorifi tizimlariga Amerika Qo’shma SHtatlari ta`lim tamoyillari kirib kela boshladi.
1946 yilda qabul qilingan Konstitusiya Yaponiya fuqarolarining ta`lim sohasidagi huquq va burshlarini belgilab berdi. Unda «Layoqatiga ko’ra barsha fuqarolar bilim olish huquqiga ega. Barsha bolalar bepul umumiy ta`lim olishlari shart» ekanligi belgilab qo’yilgan.
1947 yilda qabul qilingan «Ta`lim haqidagi Qonun» Yaponiya Konstitusiyasi ruhiga uyg’un bo’lib, mamlakatda ta`limning maqsad va vazifalarini to’la ifoda etadi. unda, jumladan, shunday deyiladi: «Biz shaxsiy g’ururi bor, o’zining qobliyati va imkoniyatiga ishonuvshi, haqiqat va tinshlikni sezuvshi odamlarni tarbiyalaymiz, toki ular ko’p qirrali madaniyat sohibi bo’lsinlar». Shunday qilib Yaponiyaning Ta`lim, fan va madaniyat vazirligi boshqaruvida hozirgi paytda qat`iy markazlashgan, ilg’o xalqaro standartlar darajasida yapon ta`lim tizimi qaror topdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |