Birinchi va ikkinchi chora-tadbirlar dasturida asosiy e’tibor kichik va o’rta korxonalarni bank kreditlari ko’rinishida qo’llab-quvvatlashga qaratildi. Ushbu korxonalarda iqtisodiyotda yollanib ishlayotganlarning 70% i band bo’lgani bois qabul qilingan chora-tadbirlar muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bo’ldi. Ikkinchi dasturda aholiga 2 trln. iena (20 mlrd. doll.), aholi jon boshiga 12 ming ienadan (120 doll.) "jonli" pullar tarqatish ko’zda tutildi. 18 yoshdan kichik va 65 yoshdan katta yaponiyaliklar qo’shimcha 8 ming ienadan olishdi. Bu dastur 2009 yilning bahorida amalga oshirildi va YAIMga nisbatan 0,15% ni tashkil etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |