Yaponiya raqamli universiteti yagona ta’sischisi “Digital Knowledge Co., Ltd.” Ajning 2020-yil 3-dekabrdagi 2-son qarori bilan


VI. O’quv dasturi, o’qitish usuli, imtihonlar va baholash



Download 119,1 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana28.04.2022
Hajmi119,1 Kb.
#586716
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Yaponiya raqamli universiteti nizomi

VI. O’quv dasturi, o’qitish usuli, imtihonlar va baholash 
19. O’quv dasturi 
O’quv dasturi quyidagi 3 qismdan iborat. Har biri haqida batafsil ma’lumot uchun alohida
tasdiqlangan “JDU o’quv dasturi”ga qarang. 
1-qism: Yaponiyada ishlashga oid bilimlar fanlari guruhi (24 ta kredit) 
Yaponiyada ishlash davomida zarur bo’ladigan yapon tili va ishlash madaniyati o’rganiladi.
Bunda, “input” o’rganishga kuch bergan holda asosan elektron ta’limdan foydalanib, haftada
kamida bir martalik “output” o’rganish imkoniyati orqali, o’rganish natijalari tekshirib turiladi. 
2-qism: Bakalavr darajasi fanlar guruhi (124 ta kredit)
JDU orqali Yaponiyadagi universitet darslarini O’zbekistonda turgan holda onlayn o’rganish
3-qism: Biznes ko’nikmalari fanlari guruhi (52 ta kredit)
“Muhandislik sertifikatlari”: IT muhandisi bo’lish uchun kerakli bo’lgan professionallik
mahoratni oshirish, shuningdek, ishga kirish va viza olishda foydasi tegadigan sertifikatlarni qo’lga
kiritish.
“Kovorking (Birgalikda ishlash)”: Masofadan turib, Yaponiyadan olingan ishni bajargan
holda tajriba to’plash va xodim sifatida qayta tayyorgarliksiz, darhol ishni bajarib keta olish
ko’nikmalarini shakllantirish 
20. Darslar uslubi 
Kompaniya xodimi sifatidagi amaliy ko’nikmalarni shakllantirish uchun, faqat bilim
egallash emas, balki qobiliyatlarni rivojantirish va ulardan foydalanish bo’yicha masg’ulotlarga
asosiy e’tibor beriladi. “Input” o’rganish (asosan bilim olishga qaratilgan faoliyat) – bu elektron
ta’limdan foydalangan holda shaxsning tushunish darajasiga moslab o’rganish, “output” o’rganish
(asosan bilimni singdirish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyat) esa kampusdan amaliyot joyi
sifatida foydalanib, faol o'rganishni ta'minlashdir.
Maqsadga nisbatan qaror qabul qilish uchun, “output” o’rganishning mavzusi va usuli
belgilanadi. 1 birlik (2 ta kredit) deganda elektron ta’limdan foydalanilgan “input” o’rganish va
“input” o’rganish orqali olingan bilimlar asosida yaratiladigan “output” o’rganish kabi ikkita
o’rganish uslubining yig’indisi tushuniadi. 
21. Keyingi bosqichga o’tish 


Har 6 oyda bir marta JDU quyidagi omillar bo’yicha keyingi semestrga o'tish yoki o’tmaslikni
hal qiladi: 
1) Olingan kreditlar; 
2) O’qish to'lovini to’lash; 
3) Hamkor universitet qarori; 

4) Baholar va va o’qishga bo’lgan munosabat; 
5) Bundan tashqari, rektor qarori. 
Yuqoridagi holat bo’yicha salbiy qaror qabul qilinganda, talaba keyingi semestrga o’tmaydi va
olinadigan darslar bo’yicha cheklovlar paydo bo’ladi. Bunda, 6 oydan so’ng yana keyingi
bosqichga o’tish maqsad qilinadi.
Keyingi bosqichga o’ta olinmagan taqdirda, ushbu muddat uchun tegishli o’qish to'lovi
to’lanishi zarur bo’ladi.

Hamkor universitetlarning qaroriga asosan keyingi bosqichga o’tmaslik to’g’risida 
Ushbu universitet (JDU)dagi darslari orasida Yaponiyada joylashgan boshqa hamkor
universitetlarga kirish orqali o’qiladigan fanlar mavjud bo’lib, ushbu hamkor universitetlarning
quyidagi qarorlariga ko’ra darsda qatnasha olmay qolish ehtimoli mavjud:

Hamkor universitetga kirish imtihoni va kreditni o’zlashtirish imtihonidan yiqilganda (talaba
mas’uliyatida); 

Hamkor universitetlar bilan hamkorlikning tugatilishi (JDU va hamkor universitet
mas’uliyatida); 

Bulardan boshqa sabablar. 
Agar sabab talabaning mas’uliyati bilan bog'liq bo'lsa, 6 oydan so’ng qaytadan keyingi
bosqichga o’tish maqsad qilinishi va ushbu davr uchun o’qish to'lovini amalga oshirish kerak
bo’ladi. 
Agar sabab JDU va hamkor universitet mas’uliyati bilan bog'liq bo'lsa, 6 oydan keyin qaytadan
keyingi bosqichga o’tish maqsad qilinadi va JDU tegishli davr uchun o’qish to'lovini o'z
zimmasiga oladi. 
22. Bakalavr darajasi fanlari bosqichiga o’tish 
Talabalar 2-semestrdan bakalavr darajasi fanlari guruhi (universitet o’quv dasturi) bosqichiga
o’tishni maqsad qilishadi. Quyida keltirilgan 4 ta shartni bajarish orqali, bakalavr darajasi fanlari
guruhi bosqichiga o’tish huquqiga ega bo’lish mumkin: 
(1)
JSL fanlari yakuni bo’yicha oraliq imtihonlar; 
(2)
Keyingi bosqichga o’tish arizasini taqdim qilish; 
(3)
Universitet bosqichiga o’tish bo’yicha tavsiya sinovi;
(4)
Qiziqish uyg’otgan universitetning kirish imtihoni. 


23. Boshqa universitetlar hamda boshqa o’qitish masalalari 
Ushbu universitetga kirishdan oldin boshqa bir ta'lim muassasasida yapon tilini o'rgangan va
JLPT N2 yoki undan yuqori (shunga mos boshqa sertifikatlar ham hisobga olinadi) talabalar kirish
imtihonida yapon tili testidan ozod qilinadi. 
Qabul qilingandan so’ng 1-semestrdan boshlab JSL guruh fanlarida qatnashish zarur bo’ladi
(kelajakda o’zgartirishlar kiritilishi mumkin). 

Download 119,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish