IQTISODIYOT TARIXINING QISQACHA TAVSIFI
Rivojlanishning dastlabki bosqichlari Yaponiyaning hozirgi taraqqiyoti 1853 yilda Tokio qo'itig'ida amerikalik kommodorMetyuPerri qora kemalarining paydo bo'lishidan o'z ibtidosimboshlagan Yaponiyaning tashqi dunyodan o'rab olingan dunyosiga bunday bostirib kirish, 1868 yilda Meydzi~7 sulolasining tiklanishidan keyin, yangi kuch oldi va mamlakatning ham ijtimoiy, ham iqtisodiy hayotida keskin o'zgarishlarga sabab bo'idi. Yaponiyada saqlanib qolgan feodal tizim bekor qilindi va jangchisamuraylar sinfi fuqarolik jamiyatiga integratsiya qilindi. Mamlakatning kelgusi rivojlanishida hukumat tomonidan yo'iga qo'yilgan davlatni industrlashtirish va modernizatsiyalashtirish dasturi Yaponiya iqtisodiy bazasini nafaqat qayta tashkil etdi, balki hozirgi kunda ham mamlakat uchun xos bo'igan yapon kapitalizmining o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lishida muhim ahamiyat kasb etdi. Xususan, XIX asrning oxirida keyinchalik xususiylashtiriladigan davlat korxonalarining tashkil etilishi, korxonalarga subsidiya berish va yuqonhimoya bojlarini amalda qo'liashkapitalistik sanoatning qaror topishida katta rol o'ynadi. Tadbirkorlar doirasining davlat apparati bilan uzviy bog'liqligiga asoslanuvchi bu kabl amaliyot mamlakat xo'jalik hayotida davlat rasmiyatchiligi tutgan mavqelning kuchayishiga olib keldi. Bu kabi yo'nalish, ayniqsa, o'tgan XX asrning 30-yillari boshida qat'iy harbiy-davlat nazorati davrida alohida shiddat bilan yuzaga chiqdi. Urushdan keyingi davrda davlat rasmiyatchiligi ahamiyatining saqlanib turishiga blr qadar yangilangan davlat apparatida turli iqtisodiy tavsifga ega tadbirlar o'tkazishga tayangan amerikaning istilochilik tartibi ma'ium darajada ta'sir ko'rsatdi. Iqtisodlyotni tartibga sol ish bilan bevosita bog'liq vazirliklar, birinchi navbatda, moliya, tashqi savdo va sanoatvazirligi (MITI), shuningdek, Yaponiya banki ancha katta hukmronlik mavqeiga ega bo'idi. Xususiy korxonalar faoliyatiga "ma'muriy boshqaruv" nomi bilan mashhur bo'iganIJzluksiz tarzdagi operativ davlat aralashuvi urushdan keyingi Yaponiya iqtisodiy tizlmida qaror topgan eng muhim tavsifiy xususiyatlardan biri edi. Aynan mana shu xususiy biznes va hukumat apparati faoliyatlarining tuzilishi va hamjihatliglnl, biznes ehtiyojlari uchun muvofiq tezkor reaksiyani ta'minlab bergan, hattoki "yagona aksioner jamiyat sifatidagi" Yaponiya to'g'risida G'arbda g'oyalarning yuzaga kelishiga ham sabab bo'igan. Hukumatning Ijroiya organlari nufuzi "Ma'muriy boshqaruv" asosini tashkil etgan Iqtisodiyotni boshqarish bilan bog'liq turli vazirlik va idoralar qoshidagi ko'p sonli kengash qo'mitalariga tegishli davlat apparatining
tadbirkorlar bilan doimiy aloqasini ta'minlab beruvchi tashkiliy shakl bo'libxizmat qilgan. Asosan, davlat rasmiy organlari va yirik biznes vakillaridan iborat ushbu qo'mitalar doirasida iqtisodiy siyosat masalalari bO'Ylchamuvofiqlashtirilgan qarorlar ishlab chiqilgan. Mazkur qarorlarni kelishib olish, odatda, muayyan moliyaviy rag'batlarga tayangan, biroq ba'zi holatlarda an'anaviy bo'ysunish tavsifiga ham ega bo'igan. Industrial rivojlanish va hozirgi vaqtdagi davlatning tutgan qudratli o'rni yapon modelining o'ziga xos xususiyati hisoblanadi. Yoppasiga davlat investitsiyalari kommunikatsiya, temir yo'lIar, pochta xizmatlari va ta'limning o'sib borish xarajatlarini qoplagan, shu orqali infratuzilmaning asosini yaratishga yordam bergan. Davlat shuningdek, sanoatning turli tarmoqlarida, jumladan po'lat quyish, mashinasozlik va kemasozlikda ham bevosita ish lab chiqaruvchi rolini bajargan. Hozirgi vaqtgacha moliyaviy sektorda 1882 yilda ta'sis etilgan davlat mulki hisoblangan Yaponiya banki (Bank ofJapan) yetakchi o'rinni egallaydi. Davlat tomonidan yordam ko'rsatiladigan sanaat tarmoqlarining o'sib borish darajasiga ko'ra, xususiy sektorning o'sishini rag'batlantirish maqsadida davlat tomonidan tartibga sol ish tadbirlaridan foydalanilgan. Davlat xorijiy texnika sotib olish hamda g'arb industrial va harbiy texnologiyalariga taqlid qilgan
holda uning rivojlanishiga yordam bergan va uni boshqargan. Yaponiya anaxronizmibo'igan va taraqqiyot omilini qo'lIabquvvatlovchilarni tashkil etgan samuray zodagonlari vakillari sanoat korxonalarini boshqarish uchun moliyaviy vosita bilan ta'minlanganlar va rag'batlantirilganlar. Barcha sanoatchilar sinfi samuray ildiziga ega bo'imasligiga qaramay, davlat tomonidan yetakchi oilalarning cheklangan miqdoriga subsidiyalar berish yuz yillar davomida yapon iqtisodiy rivojlanishining muhim xususiyatlaridan biri bo'lib qoldi. Imtiyozli oilaviy sanoat guruhlari dzaybatsu - iqtisodiy faoliyatda yetakchilikni qo'iga kiritgan uzviy bog'liq, ko'p tarmoqli sanoat va moliyaviy birlashmalar, darajasigacha ko'tarila oldilar. Har bir birlashma iqtisodiy faoliyatning keng doirasi: ko'mir shaxtalari, po'lat quyish zavodlari, verflar, banklar, savdo kompaniyalari, sug'urta va b.ni qamrab olgan 20-30 firmadan iborat bo'igan. Bu tizim iqtisodiy hukumatning nisbatan kam sonli har turdagi guruhlarda ahamiyatli tarzda to'planlshiga olib keldi. Urushdan oldingidzaybatsularningeng yirigi hisoblangan Mitsui taxminan 1 min. ishchini ish bilan ta'minlagan; kattaligi bo'yicha ikkinchi Mitsubisi milliondan ortiq ishchiga ega bo'igan. Sanoat yetakchilari va hukumat a'zolari o'rtasidagi uzviy aloqalar va iqtisodiy hokimiyatning katta konsentratsiyasi Yaponiya siyosiy tizimi -hukumat, moliyaviy dOiralar, sanoat. engmuhlmi, harbiylarittifoqiningkorporativlashuviga sabab bo'idi. 1885 va 1930 yillar oralig'idagi iqtisodiy o'sish sur'atlari yetarli darajada yuqori bo'idi. Bu davrning mamlakat industrial davlat sifatida o'z tasdig'ini topgan ilk bosqichini - birinchi yapon mo'jizasi deb atash mumkin. 1887 va 1897 yillarorasida haqiqiy YaMM 60%ga o'sdi. Keyinchalik esa 1905 yildan 1917 yilgacha, 1898 va 1904 yillardagi ba'zi murakkabliklarga qaramay, ikki marotabaga oshdi. 1914 yildagi og'ir mashinasozlik tovarlariga talabni keskin oshirib yuborgan birinchi jahon urushining boshlanishi bilan o'sish yanada ko'tarildi. Sanoatning mudofaa va texnik tarmoqlari foyda ola boshladilar va natijada, eksport to'lqini iqtisodiyotning barcha sohalarini o'z domiga torta boshladi. Jahon iqtisodiyotining qolgan qismlaridan farqli ravishda, 1930-yillardagi global turg'unlikka qaramay, Yaponiya o'sishda davom etdi. Sunday o'sish Manchjuriya va Xitoyni bosib olish uchun zarur harbiy xaridlar bilan birgalikda kuzatildi va 1939 Yllda keng ko'lamii urushlar boshlanguniga qadar, ya'ni harbiy tashvishlar industrial investitsiyalarni siqib chiqara boshlagungachadavom etdi. Ikkinchi jahon urushining tugashi bilan yuzaga kelgan vayronaliklar va iqtisodiy tanazzullar yapon Iqtisodiyotining butunlay inqirozga yuz tutishiga olib keldi va natljada, 1946 yildagi ish lab chiqarish 1930 yildagi darajadan ancha past ko'rsatkichlarga ega bo'idi. Urushdan keyingi tiklanish
Urushdan keyingi amerikalik okkupantlar hukumati yapon iqtisodiyotining tubdan qayta tashkil eta boshladilar. Dzaybatsu va sanoat hamda davlat o'rtasidagi uzviy munosabatlar, amerikaliklarning fikricha, Yaponiyaning Xitoy va Tinch okeandagi harbiy xatti-harakatlari uchun qisman bo'lsa-da javobgardir.48 Mana shu sabab tufayli okkupantlar hukumati dzaybatsuningtugatilishi ularning kelajakda monopol hukmronliklarining oldini olishning birinchi darajali tadbiri bo'ladi deb qaror qilganlar. Bosh kompaniyalarning filiallari mustaqil subyektlar sifatida qayta tashkil etilgan, ulaming ulush kapitali sotib yuborilgan. Masalan, Mitsuidzabaysu ulushi ochiq bozorda sotib yuborilgan va nomigagina mustaqil 180 ta firmaga parchalab tashlangan. Siroq urush davomida yapon iqtisodiyotining vayron bo'lishi natijasldaxususiy shaxslar qo'lidagi mablag'lar juda kam qolgan. Yangi mustaqil korxonalardagl ulushga talabning katta qismi, ko'pincha ulaming shaxsiy ulushiga ayirboshlash shaklida, boshqa korporatsiyalar tomonidan chiqlshilozim bo'igan. Amalda ko'plab firmalar aksiyalarining katta qismi eng avvalo aynan shu dzabaysuning a'zolari bo'igan kompaniyalar tomonidan sotib olingan. Sunday opa-singil- kompaniyalar tarixiy sodiqlik, savdo aloqalan va ma'iumotiaming yuqori darajasiga ega bo'iganlar, bu esa tabiiykl, ularning bir-biriga qiziqishini yuzaga keltirgan. Dzaybatsuning bartaraf etilishi amerika tajribasiga asoslanib yaratilgan monopoliyaga qarshl tartibga solish bilan birgalikda kuzatildi, biroq haqiqatda esa u hayotga juda zaif tarzda tadbiq etildi. Natijada, dzabaysu yo'qotilmadi, balki keyretsu - dzabaysuga o'xshash, biroq bitta ota-onaga ega tuzilma sifatida emas, balki boshqaruvda ulushli ishtirok bilan birlashgan turli-tuman industrial guruhlar sifatida qayta tashkil etildi. "Temir uchburchakning" yuzaga kelishi 1940-yillarning oxiri va 1950-yillar jadal va uzoq davom etgan iqtisodiy o'sish bilan tavsiflanadi, bunga asosiy sabab urush oxirida ozod bo'iganishchi kuchining va kapitalning keragidan ziyod bo'lishidir. Yaponiya o'zining nisbatan ustuvorligidan ko'p mehnattalab tovarlarda foydalandi va 1955 yilda ishlab chiqarish ko'rsatkichlari 1930 yildagi darajaga yetib oldi. 1960 yilga kelib urush va uning oqibatlari natijasida yuzaga kelgan "bo'shliqlar" ma'iumdarajada bartarf etildi. 1950-yillarda yuqori o'sish sur'atlarining saqlanishiga qaramay, Yaponiya har taraflama muvofiq jamiyatdan ancha uzoq bo'igan. Ishchilar bilan boshqaruvchilar o'rtasidagi munosabatlar keskinlashgan. oqibatda ancha keskin ish tashlashlar odatiy holga aylangan. Hukumat ko'mir sanoatini himoya qilishga bor kuchi bilan kirishgan. Bu davr Yaponiya iqtisodiy tizimining zamonaviy modeli rivojlanishini aniq ko'rsatadi. Hukumat uch asosga: siyosiy arboblar (urushdan keyingi vaqt davomida hukumatda amalda mono pol vaziyatga ega bo'igan Liberal partiya), sanoat yetakchilari (engawalokeyretsu boshliqlari), shuningdek, asosan, Xalqaro savdo va sanoat vazirligi va Moliya vazirligidagi rejali va moliyaviy texnokratiyaga tayangan. Hukumatning ushbu yulduzlari odatda "temir uchburchak" deb nomlanadi. Qator g'arbiy Yevropa mamlakatlariga qarama-qarshi ravishda, Yaponiyada ishchilar manfaatlari orqa tomonda qolib ketgan, kompaniya tomonidan tashkil etilgan bo'ysunuvchan kasaba uyushmalari yuzaga kelgan va ish beruvchiga nisbatan muayyan talablarga ega jamoa shartnomalari o'z o'mini avtoritar "umrbod yollash" tamoyiliga bo'shatib berdi. Yaponiya iqtisodiyoti erishgan yutuqlar Urushdan keyingi davming katta qismi davomlda Yaponiya iqtisodiyoti nihoyatda muvaffaqiyatli hisoblangan. Past ko'rsatkichlardan boshlagan holda 1945 yildan kelgusi 50 yildan ortiq vaqt davomida mamlakat jadal va davomli iqtisodiy o'sishni o'z boshidan kechirdi. 1945 yildan so'ng Yaponiya tarixda birinchi bor militaristik yondashuv orqali buzib tashlanmagan me'yoriyiqtisodiyotni qurishga kirishdi (qurollangan kuchlar va harbiy xarajatlarning yo'qligi Yaponiya uchun sanoat o'sish sur'atining 20%ni ta'minlab berdi). Ayni paytda, deyarli hech narsasi bo'imagan aholi tomonidan cheksiz talabning mavjudligi qudratli rag'bat hisoblangan va ko'p sonli mayda korxonalaming (ulaming soni taxminan 5 mln.ni tashkil etgan) iqtisodiy yashab qolishi uchun kafolat bo'Jib xizmat qilgan. 1950-60-yillarda iqtisodiyot o'sish sur'atining 50% gachasi ishchi kuchini kuchli darajada ekspluatatsiya qilish orqali ta'minlandi: yapon ishchisiga beriladigan ish haqi amerikalik ishchining mehnat haqidan 3-5marotaba kam bo'igan, ayollar mehnati esa erkaklar mehnatining 60%
ko'lamida baholangan 60-yillarning o'rtalaridan boshlab ishlab chiqarishni kengaytirish va takomillashtirish uchun mablag' to'plash man basi sifatidagi bu omilning ahamiyatl turmush darajasining keskin o'sishi bilan parallel ravishda pasayib bordi. Yaponiyadagi iqtisodiy yuksalishga birinchi darajali tarmoqlarni tanlay olishning to'g'ri strategiyasi ham katta ulush qo'shdi. Mamlakatda istiqbolli xom ashyo manbalarining mavjud emasligi va jahon bozorida xom ashyoga bo'igan talabga nisbatan taklifning yuqoriligiga bog'liq ravishda, yaponlar ko'p kapital talab etadigan sanoat tarmoqlari, ayniqsa konchilik sanoatini rivojlantirishga katta mablag'lar sarflamadilar. Ko'p kapital talab etadigan tarmoqlami rivojlantirishdan voz kechgan holda, ular arzon (1973 y.gacha) import xom ashyosida ishlaydigan ko'p mehnat talab etadigan eksport ishlab chiqarishini rivojlantirishga harakat qildilar. Xom ashyo mahsulotlari narxi oshirilgandan so'ng Yaponiya "iflos" ishlab chiqarishni nisbatan arzon ishchi kuchiga ega rivojlanayotgan mamlakatlarga ko'chirgan holda, muvaffaqiyatli ravishda kam xom ashyo talab etiladigan zamonaviy fototeleradioelektronikatarmoqlariga ixtisoslasha boshladi. IImiy-texnik soh ada to'g'ri strategiya tanlashga erishildi. Garchi, fan va texnikani rivojlantirishjuda katta xarajatlarnlva asosiysi, bir necha o'n yilliklarni talab etar ekan, Yaponiya nisbatan rivojlangan mamlakatlardan ortda qolgan ilmiy-texnik qoloqligini bartaraf etishda o'zining shaxsiy Meydzi tajribasidan foydalandi: 1949 yildan boshlab 30 yil ichida G'arbdan 34 ming litsenziya va patentlar sotib olindi va ular yaponlar tomonidan ijodlY tarzda to'idirilib, eng muhimi, ishlab chiqarishga tezkorlik bilan joriy etildi. Garchi dastlab ilmiy-texnik axborotlarning g'arbdagi egalari yevroamerikastandartlari bo'yicha yaponlar tomonidan ularni bunday tezlikda joriy etilishini va Yaponiyaning o'z savdo raqiblariga aylanishini kutmaganliklari sababli, patentlar va litsenziyalar juda arzon baholarga sotilar edi. Natijada, ilmiytexnik qudratni yaratish Yaponiya uchun atigi 78 mlrd. dollarga tushdi vajudaqisqa muddatlarda amalga oshirildi (bunday strategiyaning samaradorligi 400%dan alohida tarmoqlarda 1800%gacha baholandi).49 1960-yillar oxiri va 70-yillarda esini yig'ib olgan G'arb yapon raqibini ilmiy-texnik to'yintirishni to'xtatdi, biroq bu davrgacha Yaponiya o'z xususiy NIOKR (ITTK150) bazasini yaratib bo'igan edi. Maxsus adabiyotlarda Yaponiyadagi iqtisodiy mo'jizaning bir necha o'nlab sabablari ta'kidlab o'tilgan. Yuqorida qayd etilganlarga qo'shimcha tarzda, yaponlarning konfutslylik mehnat fazilatlarini51 hamda dunyoda engyaxshi hisoblanadigan ta'lim va kasb berish tizimi to'g'risida ham aytib o'tish kerak. Sababi aynan mana shular "sifat inqilobi"ni haqiqatga aylantirgan yapon tovarlarining jahon bozoridagi raqobatbardoshligining va faol savdo balansi manbaining eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Vaqt o'tishi bilan o'sish sekinlashdi, chunki ishlab chiqarishning mehnat resurslarining to'liq bo'imaganbandligi, "quvib yetuvchl rivojlanish", nisbatan ilg'or xorijiy texnologiyalarning rag'batlantirilishi kabi bunday omillardan foydalanish orqali keng miqyosda o'sish potensiali o'z kuchini yo'qotdi. YaMMning 1975-2002 yillardagi o'rtacha 2,6%ga teng miqdori 2003-2007 yillarda 2,1 ga tushib ketdi. Mamlakat iqtisodlyotining rivojlanishiga shuningdek, jahon valuta-moliyaviy inqirozi ham o'z ta'sirini ko'rsatdi. BMT mutaxassislarining bergan baholariga ko'ra, 2008 va 2009 yillarda mamJakatdagi ish lab chiqarish muvofiq ravishda 0,6 va 6,5% gacha qisqardi.52 Yaponiyadagi iqtisodiy muammolar, sanoat raqobatdoshliginingyo'qotilishiga 1985 yilda Nyu-Yorkning "Plaza" otelida imzolangan savdo balansini korrektirovka qilish uchun iyenni dollarga nisbatan revalvatsiya qilish maqsadidagi qo'shma intervensiya to'g'risidagi shartnoma ham ma'ium darajada sababchi bo'idi. Mazkur aksiya mamlakat milliy valutasining keskin qimmatlashib ketishiga olib keldi, bu esa ishlab chiqarish tannarxini sezilarli o'sishiga va oqibatda, Yaponiya eksport qiladigan mahsulotlarning ham narxini oshib ketishiga sabab bo'idi. Yaponiya kompaniyalari o'z ish lab chiqarish bazalarini, yirik ko'lamii investitsiyalarni ham o'sha yerga yo'naltirgan holda, Osiyo mamlakatlariga ko'chira boshladilar. Ko'p mehnat talab qiluvchi ishlab chiqarish mamlakat tashqarisiga chiqarib yuborilgach, Yaponiyada asosan yuqori texnologik ishlab chiqarishgina saqlangan vaziyat yuzaga keldi. Shunday qilib, Yaponiya o'z investitsiya va texnologiyalarini Osiyo mamlakatlariga kiritgan holda, ushbu mamlakatlarning texnrk ta'minlanganlik darajasini ko'tarishga va ularni jadal industrlashtirishga katta hissa qo'shdi.
Yaponiyaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga jahon Iqtisodiyotining globallashuvi ham alohida ta'sir ko'rsatdi. Xo'jalik faoliyati uchun davlat chegaralarining an'anaviy cheklovchilik rolining yo'qotilishi, yapon iqtisodiy institutlarining 80-yillarning oxiri va 90-Ylliarning boshlarida katta ahamiyat kasb etgan samaradorligining jadal yo'qotilishi uchun uning umumjahon masshtablarga ega bo'lishi muhim omil bo'ldj,53 Biroq umuman olganda, yuqorida qayd etilgan muammolarga qaramay, Yaponiya mavzuning boshida aytib o'tganimizdek, iqtisodiyotining rivojlanish darajasi bo'yicha dunyoda ikkinchi o'rinda qolmoqda. Xalqaro standartlar bo'yicha ishsizlik darajasi ham past, garchi u yapon sharoitiaridanomaqbulhisoblangan darajaga ko'tarilgan bo'lsa-da. 2006 yil bu ko'rsatkich 1950-yillardan boshlab (1998 yilda - 3,7%) o'zining rekord darajasiga yetdi - 4, 1 %nitashkil etdi. Jahon inqiroziga qadar uch o'n yillik davomlda Yaponiya to'iovbalansining aktiv saldosini saqlab turdi, kapitalning yillik aylanmasi bo'yicha esa u dunyoda eng yirik xorijiy investor hisoblangan holda juda tez eng yirik kreditorga aylandi. 2002 yildan 2007 yilgacha yalpi ishlab chiqarishning muntazam o'sishi kuzatildi: 2001 y.da -1 ,0%, 2005 y.da -1 ,9% va 2007 y.da -2,4 %.54 Yaponiyada daromadning taqsimlanishi boshqa rivojlangan bozor iqtisodiyotili mamlakatlarga nisbatan bir tekisda va shimoliy Yevropaning "ijtimoiy demokratiyasi"ga juda yaqin. Eng boy 20% uy xo'jaliklarining o'rtacha daromadi eng nochor 20% qatlamlamikidan fa qat 3,4 marotaba ko'proq (1993). Yaponiya shuningdek, ijtimoiy sohada ham katta yutuqlarga erishdi: salbiy Ijtimoiy hodisalarning Uinoyatchilik darajasi, qamalganlarning solishtirma og'irligi va h.k.) an'anaviy ko'rsatkichlari boshqa rivojlangan bozor iqtisodlyotili mamlakatlardagidan ancha past.
Do'stlaringiz bilan baham: |