Yaponiya haqida umumiy tushuncha maorifi, ilmiy va madaniy-marifiy muassasalari madaniyati va iqtisodiyoti



Download 5,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana18.01.2022
Hajmi5,7 Mb.
#387535
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
YAPONIYA

YAPONIYA HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA


Yaponiya moʻʼtadil, subtropik va tropik mintaqalarda joylashgan.

Qirgʻoq chizigʻining umumiy uzunligi. 30 ming km ga yaqin.

Honshu orolining janubiy sohili, Sekoku va Kyushu orollarining

qirgʻoqlarida qoʻltiq koʻp; bu yerda murakkab qirgʻoq chizigʻiga ega

boʻlgan Ichki Yapon dengizi joylashgan. Ryukyuning janubiy

orollari marjon riflari bilan oʻralgan.

Yaponiyaning daryolari qisqa, sersuv va tez oqadi. 24 ta eng katta

daryosidan faqat 6 tasining uz. 200 km dan oshadi, jumladan,

Shinano daryosining uz. 367 km. Tayfun vaqtida daryolar toshadi.

Koʻpgina daryolarning suvi sugʻorishga va gidroenergiya resurslari

sifatida sarflanadi. Mayda koʻl koʻp va ular ichimlik suvi manbai

boʻlib xizmat qiladi. Eng katta koʻl — Biva (maydon 670,2 km²,

chuq. 103,8 m)


Tuproqlari shimolida podzol va oʻtloqibotqoq, janubida qoʻngʻir oʻrmon, subtropik va tropiklarda sariq

va qizil tuproq. Tekisliklarda allyuvial tuproqlar tarqalgan. Yaponiya hududining 67% oʻrmon va

butazorlardan iborat; oʻrmonlarining 41,4% ekib oʻstirilgan. Jami 700 turdan koʻp daraxt va buta

hamda 5599 tur oʻt oʻsimligi oʻsadi. Endemik oʻsimlik koʻp. Oʻrmonlar, asosan, igna bargli va keng bargli

daraxtlardan iborat.

Yaponiyada sut emizuvchi hayvonlarning 132 turi, qushlarning 490 turi, sudralib yuruvchilarning 110

turi mavjud. Yaponiya qirgʻoqlariga tutash dengiz suvlarida baliqlarning 3000 ga yaqin turi,

mollyuskalarning 1200 dan ortiq turi yashaydi.

Aholisining 99% dan koʻpi yaponlar. Hokkaydo orolda mamlakatning eng qadimiy aholisi — aynlar (50

ming kishi atrofida) saqlanib qolgan. Shuningdek, koreys, xitoy va boshqalar yashaydi. Rasmiy til —

yapon tili. Asosiy dinlari — sintoizm va buddizm; konfutsiylik va daosizm aqidalari katta taʼsirga ega.

Xristianlik, islom va hinduizmga eʼtiqod qiluvchilar ham mavjud. Xristianlik 16-asr oʻrtalaridan, islom

19-asr oxiridan kirib borgan; xristianlar 1,5 mln.ga yaqin, musulmonlar 100 ming kishi chamasida.

1935 yil Tokio va Kobe shahrilarida dastlabki masjidlar qurilgan. 1956 yildan Yaponiya musulmonlar

uyushmasi va 1966 yildan Yaponiya islom markazi mavjud. Aholining 77% shaharlarda yashaydi

(2002). Yirik shaharlari: Tokio, Yokohama, Osaka, Nagoya, Sapporo, Kobe, Kioto. lar hisoblanadi


Yaponiyada maorif tizimi Maorif, madaniyat, sport, fan va texnologiya vazirligi va mahalliy hokimiyat

organlari tomonidan muvofiklashtirib turiladi. Maktabgacha tarbiya bolalar bogʻchalarida (8389 xususiy

bogʻchada 1,4 mln., 5785 davlat bogʻchasida 367,8 ming tarbiyalanuvchi) amalga oshiriladi. 6 yoshdan 15

yoshgacha boʻlgan bolalar uchun oʻqish majburiy va bepul. Taʼlimning birinchi bosqichi 6 yillik boshlangʻich

maktab (2003 yil 23,6 ming maktabda 7,2 mln. oʻquvchi). Ikkinchi bosqich 3 yilliq kichik oʻrta maktab

(2003 yil 11,1 ming maktabda 3,74 mln. oʻquvchi). 16—18 yoshli bolalar 3 yillik katta oʻrta maktab (2003

yil 5,4 ming maktabda 3,8 mln. oʻquvchi)da taʼlim oladi. Oliy taʼlim universitet, professional kollej va texnika

institutlaridan iborat. 2004 yil mamlakatdagi 709 untda 2,8 mln. talaba oʻqidi, 84,2 ming oʻqituvchi ishladi.

Untlarning 542 tasi xususiy. Yirik untlari: Tokio universiteti, Kioto universiteti, Osaka universiteti (1886 yil

tashkil etilgan) va boshqalar. Yaponiyada ilmiy tekshirish ishlariga yiliga qariyb 100 mlrd. AQSH dollari

hajmida mablagʻ sarflanadi va bunda xususiy sektor yetakchi mavqega ega. Yaponiya sohasida 756,3 ming

kishi band. Ulardan 430,6 ming kishi ilmiy tadqiqotlarni xususiy kompaniyalar, 280,7 ming kishi untlar,

44,9 ming kishi ijtimoiy tashkilotlarda olib boradilar.


Download 5,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish