E’tiborga molik jihati: bolalarning jamoa
bo’lib o’ynashi, o’yin jarayonida ijodiy fikrlash.
Syujetli-rolli o’yinlar va
sahnalashtirish markazi
«Oila» syujetli-rolli o’yini
Maqsad: bolalar oila muhitini tasvirlab
beradilar, o’yin uchun syujetni mustaqil
tanlaydilar, atributlarni o’z o’rnida
ishlatadilar.
Kerakli jihoz va materiallar: qo’g’irchoqlar,
o’yinchoq idish-tovoqlar, mebel, atributlar
(fartuklar, ro’mollar).
Faoliyatning borishi:
1. Suhbat: «Mening oilam».
2. «Mehmonga keling» ta’limiy o’yini.
3. Rollarni taqsimlash.
4. Syujetni yuzaga chiqarish.
Qo’shimcha: oila haqida, oila a’zolarining
munosabati, ota-onalar mehnati haqida suhbat,
«Kattalarga qanday yordam beraman» mavzusida
hikoya tuzish, illyustrativ rasmlarni ko’rib
chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |