Rivojlanish sohalari bo’yicha maqsadlar
|
Jismoniy rivojlanish va sog’lom turmush tarzining shakllanishi
|
Bolalar sog’lig’ini mustahkamlash ishlarini davom ettirish, organizmni chiniqtirish va uning funktsiyalarini takomillashtirish. Ovqatlanish tartibiga rioya qilishni tarbiyalash, sabzavot, mevalar va boshqa foydali mahsulotlarni iste’mol qilishga o’rgatish. Inson tanasiga zarur bo’lgan vitaminlar haqida tushunchalar berish. Sog’liqqa uyquning foydasi gigienaga e’tibor berish, jismoniy harakat va chiniqishning foydasi haqida tushunchalar berish. Kayfiyatni ko’tarish.
|