Rivojlanish markazlari
|
Ta’lim-tarbiyaviy faoliyat
|
Dushanba
|
Seshanba
|
Chorshanba
|
Payshanba
|
Juma
|
Resurslar, ilovalar
|
Erkin faoliyat
|
Qurish-yasash va matematika
|
Yasash: bog’chamiz
archalari
|
Qurish: Qishda qushlar uchun in
|
Karton, tabiiy
material, rasm,
yumaloqlangan paxta, un, shakar, lego, o’yinchoq, mozaikalar.
|
Syujetli-rolli o’yinlar va drammalashtirish
|
Sahnalashtirish:
«Bolalar bog’chasi»
|
Sahnalashtirish: «Bolalar
bog’chasi» «Qo’lqopcha» ertagi
|
Kerakli anjomlar.
|
Nutq va til
|
«Qishki tasvir»
mavzusida hayotiy hikoya
tuzish
|
Qish haqida topishmoqlar
|
Kerakli anjomlar.
|
Fan va tabiat
|
Qishda chumchuqlar
|
Qishda hayvonlar dunyosi «Kim
qayyerda yashaydi?» ta’limiy o’yin
|
Kerakli anjomlar.
|
San’at markazi
|
Rasm:
«Yig’loqi»
sumalaklar
|
Yasash: Qushlar don
cho’qiyapti
|
Applikatsiya: Qor
parchalari
|
Plastilin, tayoqchilar, yorma, qog’och, bo’yoqlar, salfetka, flomaster, rangli qog’oz chiziqlari, yelim. qaychi, mo’yqalam.
|
Umumiy guruh bo’lib ishlash
|
|
|
|
|
|
|
YANVAR. BIRINChI HAFTA
«QIShKI O’YIN-KULGULAR»
Qurish-yasash va matematika markazi
Yasash: «bog’chamiz archalari»
Maqsad: bolalar tasvir bo’yicha quradilar,
mantiqan fikrlab shakllarning katta-
kichikligini taqqoslab aytadilar.
Jihoz: karton, tabiiy material, rasm, paxta, un, shakar, paxtadan yumaloqlangan shariklar.
Faoliyatning borishi:
1. Qishki o’rmon tasvirlangan rasmlarni
ko’rib chiqish.
2. Katta-kichik archalar kompozitsiyasini
yasashni rejalashtirish.
3. «Nimaga o’xshaydi?» ta’limiy o’yin.
4. «Nima baland, nima past?» ta’limiy
o’yin.
5. Kompozitsion tuzilish (yakka, jamoaviy).
6. O’z kompozitsiyasini taqdim etish.
Qo’shimcha: archa haqida hikoya tuzish. Archa haqida she’r aytib berish.
E’tiborga molik jihati: ijodiy tafakkurni rivojlantirish.
Qurish-yasash va matematika markazi
Qurish: Qishda qushlar uchun in
Maqsad: bolalar turli ko’rinishdagi uychalar
quradilar, predmetlarni o’lchami bo’yicha
aniqlaydilar, fazoda mo’ljal olish, tartib
raqamni biladilar, predmetlarni katta-
kichikligi, rangi bo’yicha farqlaydilar.
Kerakli jihoz va materiallar: kubik, lego,
quti, o’yinchoq, illyustratsiya, mozaikalar.
Faoliyatning borishi:
1. Qishlaydigan qushlar haqida suhbat.
2. «Geometrik mozaika» ta’limiy o’yin.
3. Qushlar rasmlarini ko’rib chiqish.
4. Qushlar uchun ovqatlanadigan joy qurish.
5. Qushlar haqida hikoya tuzish.
Qo’shimcha: V.Biyankining «Qushlar haqida»
hikoyasini o’qish.
E’tiborga molik jihati: o’zi yasaydigan qurilishlarga detallarning o’lchami bo’yicha to’g’ri tanlashni bilish, qishda qushlarning yashash tarzi haqida qayg’urish.
Do'stlaringiz bilan baham: