O'zbekiston yanvar-sentabr oylarida 873 ming tonna meva-sabzavot eksport qildi
Фото: KUN.UZ
Ulashing
2018 yilning yanvar-sentabr oylarida jami 873,5 ming tonnadan ziyod meva-sabzavot mahsulotlari 649,4 mln. AQSh dollariga eksport qilindi (o'sish sur`ati 50,0%). Bu haqda O'zbekiston Davlat statistika qo'mitasi xabar bermoqda.
Meva-sabzavot mahsulotlarining eksport tarkibiga qaralsa, 2018 yilning yanvar-sentabr oylarida 512,6 ming tonnadan ko'proq sabzavotlar 231,4 mln. AQSh dollariga yoki o'tgan yilning mos davriga nisbatan 265,7 ming tonnaga ko'p miqdorda eksport qilingan.
Shuningdek, 229,3 ming tonna meva va rezavorlar 305,8 mln. AQSh dollariga eksport qilingan bo'lib, eksport hajmi o'tgan yilning mos davriga nisbatan 38,2 ming tonnaga ko'p..
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish samaradorligini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga ko'ra O'zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligiga quyidagi qo'shimcha funksiyalar yuklatilmoqda:
meva-sabzavot mahsulotlari eksporti sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish;
salohiyatli hamkorlar izlash, an`anaviy va yangi sotish bozorlariga chiqish uchun imkoniyatlar yaratish, shuningdek, zarurat bo'lganda eksport shartnomasi bajarilishini uslubiy jihatdan qo'llab-quvvatlash orqali meva-sabzavot mahsulotlari eksportini amalga oshirishga amaliy yordam ko'rsatish;
tashqi bozorlarda meva-sabzavot mahsulotlarining narx kon`yunkturasini tizimli asosda o'rganish, shu jumladan, hududlarga chiqqan holda meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar bilan har oyda uchrashuvlar o'tkazish, shuningdek, o'rganish natijalari, xususan, meva-sabzavot mahsulotlari eksport narxlari darajasi to'g'risidagi ma`lumotlarning o'z rasmiy veb-sayti va boshqa ommaviy axborot vositalarida chop etilishini tashkillashtirish;
har oyda meva-sabzavot mahsulotlari eksport qiluvchilarga asosiy sotish bozorlari bo'yicha tahlil natijalari va prognozlarini, xususan, narx kon`yunkturasining o'zgarishlari, belgilangan punktlar kesimida yuklash hajmlari hamda meva-sabzavot mahsulotlarini import qilishda texnik talablar to'g'risidagi ma`lumotlarni o'z rasmiy veb-sayti va boshqa ommaviy axborot vositalarida joylashtirish orqali taqdim etish.
Meva-sabzavot mahsulotlari eksporti rivojiga to'sqinlik qilayotgan g'ovlarni bartaraf etish bo'yicha Prezident qarori qabul qilindi
Фото: Президент матбуот хизмати
Ulashing
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish samaradorligini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori qabul qilindi.
Qaror mamlakat eksport salohiyatini kengaytirish, meva-sabzavot mahsulotlari eksportining to'laqonli rivojiga to'sqinlik qilayotgan g'ovlarni bartaraf etish, eksport faoliyatining davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanishini takomillashtirish, shuningdek, mahalliy meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarishning kompleks tizimini tashkil etish maqsadida qabul qilinmoqda:
O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub`yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil, Tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Qishloq xo'jaligi vazirligining quyidagi tartibni belgilash to'g'risidagi takliflari qabul qilinmoqda:
yuridik shaxslar — meva-sabzavot mahsulotlari eksport qiluvchilari meva-sabzavot mahsulotlari eksportini dastlabki to'lovsiz, akkreditiv ochmasdan, bank kafolatini rasmiylashtirmasdan hamda eksport shartnomasini siyosiy va tijorat xavflaridan sug'urta polisisiz amalga oshirish huquqiga egadirlar;
yuridik shaxslar — meva-sabzavot mahsulotlari eksportidan tushumlarni o'z vaqtida ta`minlamagan meva-sabzavot mahsulotlari eksport qiluvchilari meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishda 100 foizlik oldindan to'lov olish talablari ularga qo'llangan holda nohalol meva-sabzavot mahsulotlari eksport qiluvchilar reyestriga kiritiladilar;
tadbirkorlik sub`yektlari ulgurji savdo qilish litsenziyasiga ega bo'lmasdan meva-sabzavot mahsulotlari eksportini amalga oshirish huquqiga egadirlar. Bunda yakka tartibdagi tadbirkorlarning meva-sabzavot mahsulotlari eksport tushumlariga yagona soliq to'lovi to'lanishini nazarda tutuvchi soliqqa tortish tartibi qo'llaniladi;
eksport qilinadigan meva-sabzavot mahsulotlari bojxona ko'rigidan o'tkazilmaydi, bojxona qonun hujjatlari buzilishi xavfi belgilari aniqlangan holatlar bundan mustasno. Bunda hujjatlarda mavjud ma`lumotlarning ishonchliligi, shuningdek, tovarlarni O'zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan noqonuniy olib o'tish uchun eksport qiluvchi javobgardir;
tadbirkorlik sub`yektlari o'zlariga ajratilgan yer uchastkalarida meva-sabzavot mahsulotlarini bevosita ularni yetishtirish joylarida sug'orish, tayyorlash va saqlash bo'yicha infratuzilma obektlari qurish uchun yengil konstruksiyalarni qurish yuzasidan qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishlari mumkin.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlari, davlat organlarining hududiy bo'linmalari rahbarlari meva-sabzavot mahsulotlari eksportiga eksport qiluvchining hududiy mansubligiga qarab to'sqinlik qilganligi uchun shaxsan javobgarligi to'g'risida qat`iy ogohlantirilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda 2019 yil 1 yanvarga qadar yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan muzokaralar olib borsin va yakunlari bo'yicha respublika bo'ylab hamda chet elda mahalliy meva-sabzavotlarni realizatsiya qilish zamonaviy transport-logistika majmualari – “xab”larni o'z ichiga olgan savdo maydonchalarini, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik shartlarida yaratish bo'yicha dastlabki loyihasini ishga tushirish borasida aniq takliflar kiritadi.
“O'zstandart” agentligi O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda “Global GAP”, “Halal” va “Organic” standartlari talablariga muvofiqlikka sertifikatlashtirish bo'yicha xalqaro tan olingan tashkilotlar bilan hamkorlik o'rnatadi, shuningdek, Qishloq xo'jaligi vazirligi va Sog'liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda 2019 yil 1 martga qadar mamlakatda “Global GAP”, “Halal” va “Organic” standartlari talablariga muvofiq meva-sabzavot yetishtiruvchi mahalliy korxonalarni sertifikatlash bo'yicha mutaxassislarni tayyorlashni tashkil etadi.
“O'zbekiston temir yo'llari” AJ va “O'zbekiston havo yo'llari” MAK meva-sabzavot mahsulotlarini eksportga chiqarish bo'yicha zamonaviy logistika menejmenti mexanizmlarini joriy etish choralarini ko'radi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2019 yil 1 martga qadar o'tkazilgan o'rganishlar yakuni bo'yicha eksport qiluvchilar uchun mavjud noqulay sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqilishini va ularning O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritilishini ta`minlaydi.
O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qaror talablari ijrosini tizimli nazorat qilib boradi va aybdor shaxslarga nisbatan qat`iy javobgarlik choralarini qo'llaydi.
Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish to‘g‘risidagi yangi nizom tasdiqlanadi
Фото: Fotolia / Aleksandar Mijatovic
Ulashing
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi Tashqi savdo operatsiyalari yagona elektron axborot tizimi ma'lumotlariga asosan 2018 yil 1 dekabriga qadar nohalol eksport qiluvchilarning reyestri yaratilib, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joylashtiriladi.
Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, yuridik shaxslar — meva-sabzavot mahsulotlari eksport qiluvchilari meva-sabzavot mahsulotlari eksportini dastlabki to‘lovsiz, akkreditiv ochmasdan, bank kafolatini rasmiylashtirmasdan hamda eksport shartnomasini tijorat xavflaridan sug‘urta polisisiz amalga oshirish huquqiga egadirlar.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs tashkil etmasdan tuzilgan dehqon xo‘jaliklariga meva-sabzavot mahsulotlarini oldindan to‘lov, ochilgan akkreditiv yoki xaridor banklarining kafolati mavjudligi kabi shartlaridan biri bo‘lgandagina eksport qilish huquqi beriladi.
Eksport operatsiyalari bo‘yicha bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan sanadan boshlab muddati o‘tkazib yuborilgan debitor qarzdorlik hosil bo‘lishi meva-sabzavot mahsulotlari uchun 120 kun etib belgilanadi.
Eksport qiluvchining tashqi savdo kontraktlari bo‘yicha to‘lov muddati o‘tgan debitor qarzdorligi bo‘lsa, uning keyingi eksporti faqat 100 foizli oldindan to‘lov asosida amalga oshirilishiga ruxsat beriladi.
Tashqi savdo kontraktlari bo‘yicha to‘lov muddati o‘tgan debitor qarzdorlik paydo bo‘lishiga bevosita eksport qiluvchi javobgar bo‘ladi.
Eksport qiluvchilar eksport kontrakti tuzmasdan quyidagi shartlarga rioya qilgan holda invoys asosida meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish huquqiga ega:
eksport qiluvchilarning O‘zbekiston Respublikasining tijorat banklaridagi hisobvaraqlariga O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan chet el valyutasida bank o‘tkazmalari, shuningdek chet el yoki milliy valyutadagi naqd pul mablag‘larini belgilangan tartibda bank kassalariga kiritish orqali 100 foiz oldindan to‘lov olish;
eksport bojxona yuk deklaratsiyasida meva-sabzavot mahsulotlarining faktura qiymatini invoys valyutasida ko‘rsatish.
Tijorat banklari tomonidan Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga (keyingi o‘rinlarda TSOYaEAT deb yuritiladi) milliy valyutadagi naqd mablag‘lar to‘g‘risida ma'lumotlar kiritilgan taqdirda, meva-sabzavot mahsulotlarining milliy valyuta ekvivalentidagi umumiy faktura qiymati bojxona yuk deklaratsiyasi qabul qilingan kunda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank kursi bo‘yicha TSOYaEATda bojxona rasmiylashtiruvi uchun qayd etilgan summadan oshmasligi zarur.
Bojxona qonun hujjatlari buzilishi xavfining belgilari aniqlanmagan hollarda, meva-sabzavot mahsulotlarining bojxona rasmiylashtiruvi eksport qiluvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida bojxona ko‘rigi o‘tkazilmasdan amalga oshiriladi va bunday mahsulotlar ortilgan transport vositasiga bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilgan bojxona organi tomonidan identifikatsiya vositalari o‘rnatiladi. Bunda hujjatlarda mavjud ma'lumotlarning ishonchliligi, shuningdek mahsulotlarning O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan noqonuniy olib o‘tish holatlari uchun eksport qiluvchi javobgar hisoblanadi.
Yuridik shaxslar meva-sabzavot mahsulotlarini keyinchalik eksport qilish uchun jismoniy shaxslardan sotib olganda, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozlar jismoniy shaxslar tomonidan sotilgan mahsulotlar ularga yoki ularning oila a'zolariga ajratilgan yer uchastkalarida yetishtirilganini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etilmasdan qo‘llaniladi.
Eksport kontraktlari bo‘yicha eksport qilingan meva-sabzavot mahsulotlarini belgilangan joygacha transportda tashish paytida ushbu Nizomning ilovasiga muvofiq faktura qiymatiga tuzatishlar kiritish uchun qo‘llaniladigan “Eksport qilingan yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlari, uzum va poliz ekinlarining tabiiy yo‘qotishlari normativlari” doirasida tabiiy yo‘qotishlar bo‘lgan hollarda, eksport qiluvchi bu haqida TSOYaEATga axborot kiritadi.
Eksport qilingan meva-sabzavot mahsulotlarining tabiiy yo‘qotishlari mavjud bo‘lganda, yo‘qotish summasi debitor qarzdorlik sifatida hisobga olinmaydi, balki eksport qiluvchi balansining xarajat qismida hisobga olinadi. Yo‘qotish summasi oldindan to‘lov sifatida e'tirof etilganda, tabiiy yo‘qotishlar summasiga teng meva-sabzavot mahsulotlari eksport qiluvchi tomonidan TSOYaEATga kiritilgan ma'lumotlar asosida yuklab jo‘natiladi.
Tabiiy yo‘qotishlar summasi xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan eksport qiluvchining tabiiy yo‘qotishlar summasi to‘g‘risida TSOYaEATga kiritilgan ma'lumotlar asosida eksportga yuklangan mahsulotlar summasidan kamaytiriladi.
Yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib berish natijasida yuzaga kelgan yo‘qotish summasi xorijiy sherikka qaytarilishi lozim yoki keyingi yetkazib berishlar uchun oldindan to‘lov deb hisoblanishi mumkin. Bunda eksport bojxona yuk deklaratsiyasida qayd etilgan yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlarining faktura qiymatiga tuzatishlar kiritilmaydi.
Meva-sabzavot mahsulotlarining eksport narxlari darajasi to‘g‘risidagi ma'lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi tomonidan har 10 kunda kamida bir marta o‘z rasmiy veb-saytida, meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchilarning axborot portalida va boshqa ommaviy axborot vositalarida chop etiladi.
Bunda, eksport qiluvchilarga meva-sabzavot mahsulotlarni eksportga chiqarishda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi tomonidan chop etilayotgan eksport narxlari darajasiga asoslanish tavsiya etiladi.
TSOYaEATga kiritilgan eksport kontraktlari bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan debitor qarzdorligi mavjud bo‘lgan eksport qiluvchilar real vaqt rejimida avtomatik ravishda shakllanadigan nohalol eksport qiluvchilar reyestriga kiritiladi.
TSOYaEATga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bank tomonidan muddati o‘tkazib yuborilgan debitor qarzdorlik mavjud shartnomalari doirasida ushbu qarzdorlik summasidan kam bo‘lmagan miqdordagi xorijiy valyuta tushumlari to‘g‘risida ma'lumot kiritilgandan so‘ng tadbirkorlik sub'yektlari real vaqt rejimida shakllanadigan nohalol eksport qiluvchilar reyestridan chiqariladi.
Nohalol eksport qiluvchilar reyestriga kiritilgan yuridik shaxslar tomonidan meva-sabzavot mahsulotlarini 100 foizlik oldindan to‘lov sharti asosida eksport qilinishiga yo‘l qo‘yiladi.
Nohalol eksport qiluvchilar reyestri tijorat banklari va bojxona organlari tomonidan TSOYaEATga kiritilgan ma'lumotlar asosida avtomatik ravishda elektron tarzda shakllantiriladi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan yuritiladi.
Nohalol eksport qiluvchilarning reyestri xizmat ko‘rsatuvchi bankning va eksport qiluvchining nomlari, eksport qiluvchining soliq to‘lovchining idenfikatsion raqami (STIR), kontraktning raqami, sanasi va identifikatsiya raqami, muddati o‘tgan debitor qarzdorlik summasi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Nohalol eksport qiluvchilarning reyestri Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga hamda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining veb-saytlariga joylashtiriladi.
Eksport qiluvchilar muddati o‘tkazib yuborilgan debitor qarzdorligi mavjud kontraktlari bo‘yicha ma'lumotlarni o‘zlarining elektron kalitidan foydalangan holda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining veb-saytlaridan oladilar.
Eksport kontraktlariga tijorat banklari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xizmat ko‘rsatadilar.
Tijorat banklari:
bir ish kuni davomida eksport qiluvchi zarur hujjatlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etgan paytdan unga xorijiy valyutada talab qilib olinadigan depozit hisobvaraq ochadi;
tegishli kontrakt yoki invoys bo‘yicha eksport qiluvchining bank hisobvarag‘iga kelib tushgan pul mablag‘lari haqidagi ma'lumotlarni TSOYaEATga kiritishga mas'uldirlar.
Mablag‘lar kelib tushganligi to‘g‘risidagi ma'lumotlar TSOYaEATga tijorat banklari tomonidan to‘lov valyutasida kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |