«yangiyul poligraph service»



Download 5,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/72
Sana27.07.2021
Hajmi5,39 Mb.
#130137
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72
Bog'liq
oqish 4 uzb

NA’MATAK HAQIDA QO‘SHIQ
To‘lqin Ilhomov
Tog‘larda 
quyoshning 
uyg‘onish 
manzarasini 
chizmoq chiman.  Men  buni  anchadan  buyon  o‘ylab  yur-
gandim.  Shuning  uchun  bo‘yoqlarim,  mo‘yqalamlarim 
solingan  sumkamni  yelkamga  ildum-u,  «hayyo-huv» 
deb  Chimyonga  otlandim.  Avtobusda  odam  siyrak.  Yo-
nimdagi  ayol  kulimsirab  so‘rab  qoldi:
—  Shaharda  rosa  zerikibsiz-a?  Qayerliksiz  o‘zi,  uka?
http://eduportal.uz


8
—  Shahardanman…  zerikkanim  yo‘g‘-u,  endi  tog‘lar 
boshqacha-da.  Tog‘larning  rasmini  chizmoqchiman. 
Shunday  manzaralar  chizib  kelayki,  Vatanim  qandayligi-
ni  hamma  ko‘rsin.
Avtobusdan  tushiboq  o‘zimni  tabiat  qo‘ynida  ko‘rdim.
—  Yuring,  sizga  bir  joyni  ko‘rsataman,  —  taklif  qildi 
o‘sha  ayol.
—  Anavini  qarang,  —  ayol  menga  qoya  tomonni 
ko‘rsatdi,  —  chiroyli-ya?
Qoyaning  shundoqqina  labida  allaqanday  buta  op-
poq  gulga  burkanib  turardi.
—  Na’matak,  —  shivirladi  ayol.
Men  ham  yolg‘iz  na’matakka  hayrat  bilan  tikilib  qoldim. 
—  Bu  yerga  sizni  o‘zimdan-o‘zim  boshlab  kelganim 
yo‘q,  —  ayol  qoyadan  ko‘z  uzmay  gap  boshladi.  — 
Bu  joylar  menga  nihoyatda  qadrli.  Bu  tog‘-u  toshlarda 
bolaligim  izlari  bor. 
Bir  kuni  echkilarimni  o‘tlatgani  shu  tomonlarga  hay-
dab  keldim.  Xuddi  mana  shu  toshda  ko‘zlari  katta-kat-
ta,  sochi  jingalak,  oq  yaktak  kiygan  bir  kishi  qoyaga 
tikilgancha  qotib  o‘tirardi.  Bolalar  qiziquvchan  bo‘lishadi, 
bilasiz,  shu  amaki  bilan  juda-juda  gaplashgim  keldi. 
—  Amaki,  nima  yozyapsiz?  —  tizzalaridagi  daf-
tar-qalamni  ko‘rsatdim.  —  Dars  qilyapsizmi?
Amaki  jilmayib  qo‘ydilar,  sochlarimga  barmoqlarini 
tekkizib  turib:
—  She’r  yozyapman,  qizalog‘im,  —  dedilar.  — 
Qani,  ayt-chi,  qo‘shiq  bilasanmi?
—  Bilaman.  Oymoma  chiqqanda  unga  qarab:
http://eduportal.uz


9
Oymoma pilla,
Qanotlari tilla,
  —  deb  ashula  aytaman.
Amaki  xursand  bo‘lib  ketdilar:
—  Barakalla,  ona  qizim,  barakalla.  She’r  ham  ana 
shunaqa,  qo‘shiqqa  o‘xshagan  bo‘ladi.  Men  anavi 
na’matak  haqida  qo‘shiq  —  she’r  to‘qiyapman.  Chiroyli-
ligini  qara!..
Nafis  chayqaladi  bir  tup  na’matak
Yuksakda,  shamolning  belanchagida…
—  Keyin  nima  qilasiz,  amaki?
—  Nimani?  —  birdaniga  savolimni  anglamay  ajabla-
nib  qoldilar  ular.
—  O‘sha  yozgan  she’ringizni-da?
—  Ha,  unimi?..  O‘ziga  o‘xshagan  boshqa  ko‘p 
she’rlarimga  qo‘shib  kitob  qilaman.  Odamlar  o‘qisha-
di,  keyin  sening  tog‘laringda  shunaqa  chiroyli  na’matak 
o‘sishini  bilib  olishadi,  havaslari  keladi…
—  Men  o‘zim  ham  o‘qiymanmi?
—  Bo‘lmasam-chi,  hali  o‘qishni  o‘rganib  olgin,  al-
batta  o‘qiysan.  She’rlarni  o‘qib-o‘qib  ularning  orasidan 
na’matak  haqidagi  bu  qo‘shiqni  birdan  tanib  qolasan…
Shunda  mening  tezroq  katta  bo‘lgim,  amakining 
na’matak  haqidagi  she’rini  tezroq  o‘qigim  kelib  ketdi.
Yillar  o‘tdi.  Bu  voqea  esimdan  ham  chiqib  ketgandi. 
Yuqori  sinfda  adabiyot  o‘qituvchimiz:
—  Adabiy  kecha  o‘tkazamiz.  Mana  bu  kitoblar  ichi-
dan  istagan  she’ringizni  yod  olinglar,  —  dedilar.
Men  olgan  kitobimga  ko‘z  yugurtirdim.  «Na’ma-
tak».  «Qiziq,  na’matak  haqida  ham  kitob  bo‘larkanmi?» 
—  xayolimdan  dastlab  shu  o‘tdi.  Muqovasini  avaylab 
http://eduportal.uz


10
ochdim.  Ochdim-u,  judayam  tanish,  mehribon  chehraga 
ko‘zim  tushdi.  Na’matakni  she’r  qilaman  deb  aytgan  oq 
yaktakli  kishini  aniq  ko‘rganday  bo‘ldim.  Oybek!
—  Men  shoir  Oybekni  ko‘rganman,  —  dedim  sinf-
doshlarimga.  Ko‘rib  turibman,  hech  kim  ishonmadi.
—  Qishlog‘imiz  qayoqda-yu,  Toshkent  qayoqda!  — 
dedi  partadoshim.  —  Oybek  poytaxtda  yashaydilar.
Men  bolalik  xotiralarimni  o‘rtoqlarimga  aytib  berishga 
shoshildim.  Shunday  katta  shoirning  mendek  yalang-
oyoq  qizcha  bilan  gaplashganlariga  baribir  ishongilari 
kelmasdi.
—  Ha,  —  dedilar  muallimimiz,  —  buyuk  odam-
lar  shunaqa  sodda,  samimiy,  mehribon  bo‘ladilar.  Sen, 
qizim,  tarixiy  voqeaga  shohid  bo‘lgan  ekansan-u!  Buni 
hecham  esingdan  chiqarma!..
Men  kitobni  ochib,  o‘sha  she’rni  ovozimni  chiqarib 
o‘qidim.  Satrlar  orasidan  Oybek  domla:  «Yana  uchrash-
dik-a!»  —  deb  menga  jilmayib  qarab  turgandek  edilar. 
Vatan — ulug‘ onadir, aziz,
Biz emganmiz uning quyoshin.
Mehri bilan to‘lib ko‘ksimiz
Erkalaymiz,  quchamiz  boshin.
1. Rassom  yigit  tog‘ga  nima  uchun  boradi?
2. U  suhbatdoshidan  Oybek  haqida  nimalarni  bilib  oldi? 
Siz-chi?
3. Vatanga  muhabbat  insonning  tug‘ilgan  joyidan  boshlanishi-
ni  «Na’matak»  she’rining  yaratilishi  bilan  bog‘lab  tushunti-
ring.
4. Shoir  she’rda  Vatanni  nimalarga  o‘xshatadi?
http://eduportal.uz



Download 5,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish