BUZILMAGAN UYA
G‘ayratiy
Yomg‘ir kechasi tindi. Beg‘ubor zangori osmonda lo-
vullagan quyosh nuri ko‘m-ko‘k barglar, baxmal sab-
zalar ustiga to‘kilmoqda. Hamma dalada. Bog‘larda
ko‘klam taraddudi.
O‘qishdan keyin rasm to‘garagida mashg‘ulot o‘tka-
zib, kechroq uyga keldim. Oyim issiq non yopib
qo‘ygan ekanlar. Ovqatlanib bo‘lganimdan so‘ng oyim:
— Darsingni keyinroq tayyorlaysan. Bobongning qorni
ochib qoldi. Tezroq ovqat olib bor! — deb qo‘limga non
bilan ovqatni tutqazdilar. Dalaga jo‘nadim. O‘rtog‘im Ab-
boslarning bog‘iga yaqinlashganimda qarshimdan qafas
ko‘tarib Mahkam, Xoltoy va Sharifjonlar chiqib qolishdi.
— Yur, qush ovlaymiz, — dedi gerdayib, o‘zini
ovchilarday ko‘rsatib Mahkam. — Qarqunoq bolasini
olib beraman, — qo‘limdan tortdi Xoltoy.
http://eduportal.uz
115
— Bobomning oldilariga borishim kerak, — dedim
qo‘limdagi narsalarni ko‘rsatib.
— Bo‘lmasa, tezroq kel, — dedi Sharif. — Katta
te rakzorda seni kutamiz.
Men ulardan arang ajralib, yo‘lga tushdim. Anchagi-
na kech qoldim. Yuragim po‘killay boshladi.
— Assalomu alaykum! — dedim. Bobom daraxt-
ni payvand qilish bilan ovora ekanlar. Salom bergan
edim, bobom kulib:
— Vaalaykum assalom, terlab ketibsan, bolam, chop-
dingmi? — dedilar. — Bobomning qorni ochib qoldi,
deb o‘ylagansan-da. Bekor shoshibsan. Jamoa xo‘jaligi
idorasiga borganimda ovqatlanib olgan edim.
Bobomning bu gapidan juda xursand bo‘lib ket-
dim. Qo‘limdagi narsalarni bir chekkaga qo‘yib bobom-
ga yordamlashdim. Daraxt shoxlarini bir joyga to‘plab
bog‘ladim. Payvand qilingan butoqlarga loy chapladim.
Bobom payvand qilar ekanlar:
— Ko‘zing pishsin, o‘rganganing foyda, bolam! —
deb qo‘yar edilar...
Uyga ertaroq qaytdik. Men mayda-chuyda narsalarni
ko‘tarib olgan edim... Qulog‘imga yig‘i ovozi eshitildi.
— Bobo, — dedim, — siz ham eshityapsizmi, birov
yig‘layapti.
Bobom hayron bo‘lib, atrofga alangladilar.
— Yugur, xabar ol-chi!
Chopib borib qarasam, o‘rtog‘im Mahkam ingrab yo-
tibdi. Hammayog‘i tirnalgan. Yuz-ko‘zi qon.
— Bobo, — deb qichqirdim, — bu yoqqa keling,
tezroq.
http://eduportal.uz
116
Bobom birpasda harsillab yetib keldilar. Mahkamni
yerdan ko‘tarib oldik. Yerda, xas-xashaklar orasida ini-
dan tushgan chumchuq bolalari chiyillashardi. Tepamiz-
ga ularning onasi kelib chirqillar, goh daraxtga qo‘nar,
goh yerda yotgan bolalariga yaqin kelib, qanoti bilan
silab o‘tar edi.
Bu ahvolni ko‘rib yuragim ezilib, ko‘zimdan yosh
chiqib ketdi. Bobom ham qattiq xo‘rsinib qo‘ydilar.
— Bolasi tushmagur-ey, chumchuqning uyasini bu-
zib betinch qilding. Onasini chirqiratding. Shu ham ish
bo‘ldimi?
— O‘zi tuzukmi, bobo? — tashvishlanib so‘radim men.
— Uyiga xabar berish kerak. Tez yugur, — dedi
bobom.
Orqamga qaramasdan jo‘nadim. Bog‘, maydon
oshib, Mahkamlarning uyiga yetib keldim. Darvozadan
kirsam, oyisi hovli supurayotgan ekan.
— Ha, bolam, tinchlikmi?
— Meni Mahkam yubordi. Borar emishsiz, — dedim
hovliqqanimdan nima deyishimni bilmay.
— Bir gap bo‘ldimi? Nega meni Mahkam chaqiradi?
Ranging nega o‘chib ketdi? Gapirsang-chi! — dovdi rab
qolgan oyisi yugurib kelib, qo‘limdan ushladi.
— Yuring, tezroq.
Bir zumda terakzorga yetib keldik. Mahkamning oyi-
sini ko‘riboq bobom:
— Qo‘rqmang, hech narsa bo‘lgani yo‘q. Yuz-ko‘zi
sal shilingan, xolos, — dedi.
Bu gapdan Mahkamning onasi o‘zini sal tutib oldi.
Shu payt Mahkam bir to‘lg‘andi-da, pichirlab allanarsa-
lar dedi.
http://eduportal.uz
117
— Ko‘zingni och, bolam, nima qildi? — dedi onasi.
— Ilon! — dedi-yu, Mahkam yana jim bo‘lib qoldi.
Uning bu gapini eshitib, o‘rtog‘im bechorani ilon cha-
qibdi, degan fikrga keldim. Bobom ham go‘yo ilonni qi-
dirayotganday atrofga qaradi.
Ma’lum bo‘lishicha, ilon daraxt butog‘iga o‘ralib,
chum chuq bolalarini yeyishga payt poylab turgan ekan.
Uni Mah kam ko‘rmasdan, chumchuq bolalarini kovak-
dan olayot ganida, ko‘zi ilonga tushib qolibdi. Qo‘rqqani-
dan terakdan sirg‘anib, yarmisiga tushganida o‘zini yer-
ga tashlab yuboribdi.
— Shunday denglar, ishqilib ilon Mahkamni
chaqmab di-ku. Endi ilonni yo‘q qilish kerak. U chum-
chuq bolalarini yeb qo‘yishi mumkin.
1. Hikoyani o‘qib, sarlavhaning ma’nosini izohlang.
2. Chumchuq uyasini buzmoqchi bo‘lib, Mahkam to‘g‘ri ish qildimi?
3. Nima uchun «Qushlar bizning do‘stimiz» deymiz?
4. Bobo va nabira Mahkamga qanday yordam ko‘rsatdilar?
Do'stlaringiz bilan baham: |