XUSUSIYAT VA TIPLARNING
NEYROFIZIOLOGIK ASOSLARI
Ayzenk ishlaridagi eng e‟tiborga loyiq jihatlardan
biri – bu uning shaxs xususiyatlari yoki tiplarining
neyrofiziologik asoslarini topishga harakat qilishi
bo„ldi. Introversiya-ekstraversiya bosh miya qobig„i
aktivatsiyasi bilan bog„liq. Bu narsa
elektroensefalografik tadqiqotlarda ko„rilgan.
Ayzenk “aktivatsiya” terminini qo„zg„alish darajasini
aniqlash maqsadida qo„llagan. Bu qo„zg„alish
darajasi quyi chegaradan (uyqu holati) yuqori
chegaragacha (vahimalanish holati) o„zgarishi
mumkin. Uning fikricha, introvertlar o„ta
qo„zg„aluvchan, ya‟ni tashqi stimullarga nisbatan
yuqori darajada sezgir bo„lishadi.
SHu sababdan ham, introvertlar ularga kuchli ta‟sir
qiluvchi holatlardan qochishga harakat qilishadi.
Va aksincha, ekstravertlar esa unchalik
qo„zg„aluvchan bo„lmay, tashqi stimullarga
nisbatan sezgir emas. SHuning uchun ham
ekstravertlar doimo ularni qo„zg„ata olishi mumkin
bo„lgan holatlarni qidirishadi.
•
Ayzenkning fikricha, barqarorlik-neyrotizm bo„yicha individual
farqlar avtonom nerv sistemasining stimullarga bo„lgan
reaksiyasi kuchini aks ettiradi. Xususan, u bu holatni motivatsiya
va emotsional xulqqa ta‟sir qiluvchi limbik sistema bilan
bog„laydi. Neyrotizm yuqori bo„lgan shaxslarda barqaror
shaxslarga nisbatan kasalliklarga, xavotirli vaziyatlarga reaksiya
tezroq bo„ladi. Bunday toifa shaxslarda stimullar yo„qolishiga
qaramay reaksiya uzoq mudat davom etishi ham mumkin.
•
Psixotizm sabablarini aniqlashga bag„ishlangan tadqiqotlar
hali nihoyasiga etmagan. Lekin shunga qaramay, Ayzenk
gipotezesiga ko„ra, bu holat anrogen ishlab chiqarish tizimi
(ichki sekretsiya bezlari ishlab chiqaradigan kimyoviy
moddalar bo„lib, qonga tushganda erkaklarning jinsiy belgilari
rivojlanishi va saqlanishini boshqaradi) bilan bog„liqdir. Ammo
bu sohadagi empirik tadqiqotlar juda kam bo„lib, jinsiy
gormonlar va psixotizm aloqasi haqidagi Ayzenk gipotezasini
tasdiqlash etarli emas.
•
Ayzenk tomonidan taklif etilgan shaxs xulq-atvorining
neyrofiziologik interpretatsiyasi uning psixopatologik nazariyasi
bilan bog„liqdir. Turli xil simptomlar va buzilishlar shaxs nerv
sistemasining funksiyasiga bog„liq. Misol uchun, yuqori
darajadagi introversiya va neyrotizmga ega shaxsda obsessiv-
kompulsiv buzilishlar, shuningdek, fobiyalar kabi xavotirli
holatlar bilan bog„liq kasalliklarning rivojlanish ehtimoli
yuqoridir. Va aksincha, yuqori darajadagi ekstraversiya va
neyrotizmga ega shaxslarda psixopatik (antisotsial)
kasalliklarga chalinish ehtimoli kuchli. Lekin, Ayzenk shuni
qo„shimcha qilib aytadi-ki, insondagi psiik buzilishlar uning
genetik tuzilishining avtomatik natijasi emas. Genetik irsiylik
shaxs ma‟lum bir vaziyatlarga tushganda o„zini qanday
tutishiga sababchi bo„ladi. Ayzenkning fikricha, psixik buzilishlar
genetik asosga ega bo„ladi, lekin atrof-muhit omillari uni
rivojlanishini ma‟lum darajada o„zgartirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |