iffat nuri bilan yoritilgan chehrasi hanuzgacha
uning ko‘z oldida porlab turardi. Qizning musaf-
foligi uni hayratga keltirdi va dovdiratib qo^di.
U yaxshilik va yovuzlik degan narsa borligini bi-
lardi, lekin har bir tirik jonning muhim xususi-
yatlaridan biri hisoblangan musaffolik haqidagi
fikr hech qachon xayoliga kelmagan edi. Endi
bolsa, Martin bu qiz timsolida shu musaffolikni,
eng yuksak ezgulik va iffatni ko‘rdi, bu fazilatlar
mujassami boqiy hayotni ifodalardi.
Shunda birdan uni ana shu boqiy hayotga vo-
sil bolish havasi qamrab oldi. U Rufdek qizning
qoliga hattoki suv quyishga ham loyiq emasli-
gini ju d a yaxshi bilardi; u bilan butun kech
Do'stlaringiz bilan baham: |