Martin pulga muhtoj emas edi, keyingi paytlarda
uning yana besh-oltita hikoyasi bosmaga qabul
qilinib, puli tolangan edi. Martin hatto bankda
bir necha yuz dollar miqdorida joriy hisob raqa-
mi ham ochdi. «Kechikkan» uzoq davom etmagan
sargardonlikdan keyin Meredit-Louel nashriyo-
tidan o'ziga maskan topdi. Martin Gertrudaga
uning besh dollarini yuz hissa oshirib berishga
so'z berganini eslab qoldi va nashriyotga besh
yuz dollar miqdorida avans yuborishlarini so'rab
maktub yozdi. Besh yuz dollarga chek darhol kel-
ganini ко‘rib, Martin hayron qoldi. Martin pulni
oltin tangaga maydalatib olib Gertrudaga, senda
gapim bor edi, deb telefon qildi.
Gertruda judayam shoshganidan halloslab
Do'stlaringiz bilan baham: |