Янги Ўзбекистонни қуриш ва ривожланишида ёшларнинг фаоллиги
142
o‘qituvchining‖ turli‖ sohalardagi‖ mehnatining‖ majmuasi‖ bo‘lib,‖ u‖ nafaqat‖
pedagogik natijalarni, balki unga erishish uchun sarflangan kuch va mehnatni ham
ko‘rsatadi;
ish‖ faoliyatining‖ ma’lum‖ oralig‘i‖ davrida‖ o‘qituvchi‖ erishgan‖ yutuqlar‖
ko‘rgazmasi;
o‘qituvchining‖pedagogik‖faoliyati‖natijalarini‖maqsadga‖yo‘naltirilgan,‖tizimli‖
va‖uzluksiz‖baholash‖hamda‖o‘z-o‘zini‖baholash‖shakli;
o‘qituvchida‖ o‘z‖ ishlarini‖ o‘zi‖ tahlil‖ qilish‖ va‖ baholashi‖ imkonini‖ beruvchi‖
pedagogik‖ ‖ faoliyatining‖ antologiyasi,‖ ya’ni‖ o‘qituvchida‖ refleksiya‖ qobiliyatini‖
shakllantiruvchi pedagogik texnologiyadir.
Axborot‖asrida‖zamonaviy‖pedagogning‖faoliyat‖ko‘lami‖shu‖qadar‖keng‖bo‘lib,
uning‖ barcha‖ faoliyati‖ natijalarini‖ bir‖ hujjatga,‖ bir‖ papkaga‖ to‘plash‖ qiyin.‖ Bu‖ holda‖
elektron‖ portfolioni‖ yaratish‖ zarurati‖ tug‘iladi.‖ Elektron‖ portfolio‖ vositasida‖
o‘qituvchining‖ barcha‖ faoliyat‖ natijalarini‖ elektron‖ shaklda‖ to‘laligicha‖ yoritib‖ berish
mumkin.
Ko‘pgina‖
mualliflar‖
elektron‖
portfolioni‖
pedagogning‖
kompyuterda‖
shakllantirilgan‖
hujjatlar‖
to‘plami‖
deb‖
ta’rif‖
berishadi.‖
V.A.Krasilnik‖
va
V.V.Zaporojkolarning‖ ta’rifiga‖ ko‘ra,‖ o‘qituvchining‖ elektron‖ portfoliosi‖ (e-portfolio)‖ −‖
axborot-ta’limiy‖resurslarni,‖me’yoriy‖hujjatlarni,‖o‘qituvchining‖pedagogik‖tajribasi‖va‖
erishgan yutuqlarini, uning ijodiy ishlarini aks ettiruvchi murakkab dasturiy-metodik
kompleksdir [3, 99-b.].
O‘qituvchi‖portfoliosini‖baholashda‖quyidagi‖jihatlarga‖e’tibor‖berish‖zarur:
«portfolio»‖materiallari‖tarkibi,‖barcha‖yozma‖tushuntirishlarning‖mantiqiyligi‖
va aniqligi;
«portfolio»da‖keltirilgan‖materiallarni‖to‘liqligi va mazmunan tugallanganligi;
«portfolio»ni‖tartib‖bilan‖va‖estetik‖jihatdan‖did‖bilan‖yaratilganligi;
«o‘qituvchi‖ portfoliosi»‖ taqdimotining‖ ko‘rgazmali,‖ yaqqol‖ va‖ asoslangan‖
holda‖bo‘lishi‖va‖b.
Eng‖ muhim‖ va‖ asosiy‖ maqsad,‖ o‘qituvchini‖ o‘zining‖ ilmiy-uslubiy ishlarini,
yutuq‖ va‖ kamchiliklarini‖ o‘zi‖ ob’ektiv‖ tahlil‖ qila‖ olishga,‖ imkoniyat‖ va‖ qobiliyatlarini‖
ko‘ra‖ olishga,‖ qiyinchiliklarni‖ yengish‖ va‖ yanada‖ yuqoriroq‖ yutuqlarga‖ erishish‖
yo‘llarini‖ mustaqil‖ aniqlay‖ olishga‖ o‘rgatishdan‖ iborat.‖ Bunday‖ holda‖ o’qituvchining‖
pedagogik‖ jarayondagi‖ o‘z‖ faoliyatiga‖ mas’uliyati‖ yanada‖ ongli‖ ravishda‖ kechadi.‖ Bu‖
yerda xolis taqrizchilarning faol ishtirok etishlari juda muhim hisoblanadi.
Xulosa‖ qilishimiz‖ mumkinki,‖ o‘qituvchi‖ portfoliosi‖ uning‖ pedagogik‖ faoliyati‖
natijalarini‖ namoyish‖ etish‖ shakli‖ bo‘lib,‖ pedagogga‖ o‘z-o‘zini‖ tahlil‖ qilish‖ imkoniyati,‖
tashkilotchilik‖ va‖ maqsad‖ sari‖ intilishining‖ ko‘rsatkichi,‖ o‘z‖ imkoniyatlarini‖ ob’ektiv‖
baholash‖ ko‘zgusi‖ hisoblanadi.‖ Shuningdek,‖ bu‖ innovatsion‖ texnologiya‖ pedagog‖
uchun‖o‘z‖faoliyati‖natijalarini‖umumlashtirish,‖tizimlashtirish‖maydoni,‖kelgusi‖kasbiy‖
faoliyatini‖rejalashtirish‖uchun‖ijodiy‖muhit‖bo’lib‖xizmat‖qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |