Yangi yil nutqi
Avvalambor Assalomu aleykum, hammaga, kirib kelayotgan 2022-yil barchamizga muborak bo’lsin. Shu fursatdan foydalanib shuni aytib o’tishim lozimki, 2021-yil undan oldingi yillar singari oilamiz, jamiyatimiz va yurtimiz uchun samarali va foydali yil bo’ldi. Shu kunlarda barcha muhim tashkilotlar va kompaniyalar o’z yil sarhisobini qilar ekan, menga ham nega endi yangi yil kechasida barcha oila a’zolarimiz jam bo’lgan paytda o’z oilamiz sarhisobini qilish mumkin emas degan fikr keldi. Demak e’tiboringizga Isakov Rustamjon qori farzandlari va ularning oilasi erishgan natijalarni havola etamiz.
Umuman olganda 2021-yil judayam voqealarga boy yil bo’ldi. Bu yilni sarhisob qilish har bir voqeani qog’ozga tushirish ancha murakkab ish. Shu sababli ham men o’z nutqimda faqat yaxshi va esda qolarli natijalarga to’xtalishga qaror qildim demak boshladik.
Demak boshladik. Xalqimiz mentalitetiga asoslangan holda shajarining yuqorisidan yani buvijonimdan ro’yhatni boshlaymiz. Ularning bizni boshimizda borliklari va duo qilib yurishlarining o’zi eng kata natija. Shu yoshda shunday tetik bo’lib biz nabiralaringiz va farzandlaringiz bosh bo’lib yurishda davom eting.
Estafetani davom ettirgan holda birma bir o’gillar va ular oilasidagi natijalarga to’xtalib o’tamiz. An’anamizga muvofiq dadamizdan boshlaymiz. Bu yil dadamning shirin tashvishlari 2 karra ko’payib ukamiz Shuhratbek oliy o’quv dargohi “Yangi O’zbekiston Universiteti” talabasi bo’ldi. Oilamizning potensial oliy ma’lumotlilar sonini yana bir kishiga oshirganida dadamning o’rni beqiyos. Undan tashqari 2021-yilda kichik tadbirkorlik uchun yangi bino-inshoot qurishni uddaladik. Ana shu tadbirkorlik doimo bardavom bo’lishini tilagan holda davom etamiz.
Ravshanbek akam va ularning oilasi uchun ham 2021 yil quvonchli voqealarga, esda qolarli natijalarga boy bo’ldi. So’nggi modada ta’mirlangan uyga ko’chishdan tashqari u uyni ham so’nggi rusumli jihozlar bilan bezaldi. Shu yilning so’ngiga yaqin Matiz avtomobilini Nexia 3 avtomobiliga almashdilar ham. Bu hali hammasi emas, 2021-yil so’nggida anchadan beri reja qilib yurgan ishlari Toshkent shahriga propiska muammolari ijobiy hal bo’ldi. Bularning hammasini aynan bir yilda sodir bo’lganing o’zi Ravshanbek akam uchun 2021 yil omadli kelganini bildiradi.
Ro’yhatni davom ettirib Odilbek akamga yuzlanamiz. Menimcha bu yerda eng kata natijasi Odilbek akamning mamlakat rivojida qilgan mehnatlari president tomonidan e’tirof e’tilib 25 avgust kunida PF ga asosan akamiz “Sodiq xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandilar. Bundan barchamiz faxrlandik va faxrlanishda davom etamiz. Bu natijaga qo’shimcha ravishda 2021-yil ushbu oilaga yangi Skoda Kodiaq rusumli avtomobil kirib kelgani bilan esda qoldi. Dilnoza opam esa Shuhratbek kabi ilk bor talaba bo’ldilar. Bir necha yirik qurilishlar ayrim sabablarga ko’ra yakuni keyingi yilga surildi va ularni hammamiz shunday jamuljam bo’lib 2022-yilda ko’rish nasib etsin.
Davom etamiz. Oybek akam va ularning oilasiga keladigan bo’lsak ular uchun ham yil yagiliklarga boy bo’ldi. Yangi Gentra mashinasi egasiga aylanishdi. Undan tashqari kennayam yangi ishga qabul qilindilar. Menimcha eng muhim yangilik albatta Dilbaroyning bog’chaga chiqqani bo’lsa kerak.
Ro’yhatimiz yakunlanib bormoqda lekin shuni aytib o’tish joizki bu bilan 2021 yildagi natija yutuqlar yakunlandi degani emas. Anchadan beri biz yangi yilni ularsiz nishonlardik, ammo bu yil ular oila davrasida biz bilan yangi yilni nishonlashmoqda. Otabek akam 2021-yilni yangidan yangi rejalar bilan boshladilar. Ulardan biri yil so’nggiga yaqin yangi Skoda Karoq avtomobili olinganidir. Barcha oylagan niyatlaringiz amalga oshsin.
Shuni ta’kidlab o’tish joizki 2021-yil opoddamizsiz o’tkazgan birinchi yilimizdir. Ularning joylari jannatdan bo’lsin, ularni barchamiz yaxshi ko’ramiz. Ishonamanki, ular bizni bunday bir davrada to’planib o’tirganimizni ko’rib xursandlar.
Xulosa qilib aytganda 2021-yil hammamiz uchun nimadir yangilik va yaxshilik bilan esda qoldi. Men faqat ular ichida dengiz tomchisi, o’zim uchun eng muhimlari deb topganim bilan bo’lishdim xolos. Men uchun bu yil yaxshi saboq yili bo’ldi, o’zim uchun ushbu yilda yetarli xulosalar chiqardim va albatta 2022-yil men uchun burilish yili bo’ladi degan umiddaman.
Barchamizga 2022-yil muborak bo’lsin azizlar. Ushbu yilda ushalgan orzu-rejalar 2022-yilda ushalsin. Eng asosiysi barchamiz sog’-salomatlikda mana shunday yaxshi kayfiyatda 2022-yil o’tkazish nasib etsin. Hammangizga rahmat yangi yilingiz bilan.
Do'stlaringiz bilan baham: |