Yangi va eng yangi davr falsafasi
Muallif: Sh. Naqibjonov
Ma‘lumot darajasi: Oliy ta‘lim
Tur: Referat
Tavsif: Ushbu referatda falsafaning muhim rivojlanish bosqichini yoritib berilgan.
Jumladan, G’arbiy yevropa va O’rta osiyodagi falsafiy fikrlar rivoji haqida umumiy
tasavvurlar beradi. Ushbu davrda yashab ijod qilgan fransuz mutafakkirlari F.Bekon,
R.Dekart ingliz faylasuflar T.Gobbs, J.Lokk kabi faylasuflarning falsafiy qarashlari
haqida fikr yuritiladi. Qolaversa O’rta Osiyodan Al- Buxoriy, B. Mashrab, So’fi
Olloyor va M.Behbudiy kabi qomusiy olimlarning falsafiy ta’limotlari haqida
ma’lumotlar berilgan.Gollandiyada (1566-I609) va Angliyada (I640-I688) bo‘lib
o‘tgan ilk burjua revolyusiyalari, ularning G‘arbiy yevropa mamlakatlarining ijtimoiy-
iqtisodiy va mafkuraviy jihatdan taraqqiy etishiga ko‘rsatgan ta'siri yangi davrning
muhim voqealari hisoblanadi. Shuni aytish kerakki, yirik mashinali ishlab chiqarish
fan va texnikaning taraqqiy etishini taqazo qilardi. London va Parijda fanlar
akademiyasining tashkil qilinishi, tabiyotshunoslik va matematikaning tez sur'atlar
bilan rivojlana borishi, mukammal soatlar va tegirmonlarning yaratilishi va shu kabilar
davr amaliy ehtiyojini qondirishga qaratilgan javob bo‘ldi. Tabiyotshunoslik bilan
uzviy aloqada, o‘rta asr sxolastikasiga qarshi keskin kurash jarayonida yangi davr
???????? 1 / 2
falsafasi shakllandi. Bu falsafa mexanistik va metafizik xarakterga ega ekanligi bilan
ajralib turadi, o‘zida davr bilishi xususiyatlarini ifoda qiladi. Kepler va Galileyning
kashfiyotlari, Nyuton tomonidan mexanikaning asosiy qonunlari va prinsiplarining
yaratilgani, mexanikaning nazariy fan sifatida to‘liq shakllanishiga, mexanitsizmning
esa, ilmiy bilish va falsafada hukmron dunyoqarash va metodologiyaga aylanishiga
olib keldi.Tabiat hodisalarini tushuntirishda mexanika qonunlarning
mutloqlashtirilishi, tarixiy yondashishning yo‘qligi eksperimentlar qo‘yish, faktlar
to‘plash bilan ovora bo‘lib, predmetlar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni e'tibordan chetda
qoldirishga, o‘z navbatida, tabiyotshunoslik va falsafada metafizik fikr yuritish
usulining shakllanishiga va uning keng qo‘llanilishiga sabab bo‘ldi. Ilk burjua
revolyusiyalari davrida qator yangi ilm sohalarining vujudga kelganligini, ilmiy va
falsafiy tadqiqotlarning bir-biridan aniqroq chegaralana borganligini, falsafada bilish
metodi masalasining keng muhokama qilinganini alohida ta'kidlash zarur.
Til: O‘zbek tilida (lot.)
Nashr etilgan yili: 2013
UDK raqami:
http://jspi.uz
???????? 2 / 2