4.Soliq hisobotlarini taqdim etish va soliqni byudjetga to’lash muddatlari.
Soliq kodeksining 28-bobi ushbu rejaga taalluqli bo’lib,yuridik shaxslar ortib boruvchi yakun bilan chiqarilgan foyda solig’i bo’yicha soliq hisobini ro’yhatdan o’tgan joydagi soliq idoralariga yilning har choragida hisobot choragidan keyingi oyning 25 kunidan kechiktirmay,yil yakunlari bo’yicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda taqdim etiladi.
O’zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalgam oshirayotgan O’zbekiston Respublikasi norezidentlari doimiy muassasa joylashgan joydagi davlat soliq xizmati organiga O’zbekiston Respublikasidagi faoliyatining xususiyati haqidagi hisobotni(erkin shaklda),shuningdek yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining hisob-kitobini chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar uchun yillik moliyaviy hisobotni topshirish uchun belgilangan muddatlardataqdim etadi.Bunda yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining hisob-kitobida byudjetga to’lanadigan sof foydadan olinadigan soliq summasi alohida satrda ko’rsatiladi.Faoliyat kalendar yil tugashidan avval tugatilgan taqdirda,bu hujjatlar faoliyat tugatilganidan keyin bir oydan kechiktirmasdan taqdim etilishi shart.
Yilning hisobot choragida taxmin qilinayotgan soliq solinadigan foydasi eng kam ish haqining 200 barobaridan ko’proq miqdorni tashkil etadigan yuridik shaxslar foyda solif’i bo’yicha joriy avans (bo’nak) to’lovlarini har oyning 15-kunida yilning choragi bo’yicha taxmin qilinayotgan soliq solinadigan foydaga nisbatan hisoblab chiqilgan foyda solig’i summasining uchdan bir qismi miqdorida to’laydi.
Yuridik shaxlardan olinadigan foyda solig’i bo’yicha joriy to’lovlarning summasini aniqlash uchun soliq to’lovchilar joriy hisobot davri birinchi oyining 10-kunigacha davlat soliq xizmati organiga joriy hisobot davri uchun taxmin qilinayotgan soliq solinadigan foydadan va yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining belgilangan stavkasidan kelib chiqib hisoblangan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining summasi haqida ma’lumotnoma taqdim etadilar.
Taxmin qilinayotgan soliq solinadigan foydadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i summasi hisobot davri uchun byudjetga to’lanishi lozim bo’lgan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i summasiga nisbatan 10 foizdan ko’proq kamaytirilgan taqdirda,davlat soliq xizmati organi joriy to’lovlarni yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining haqiqiy summasidan kelib chiqib penya hisoblagan holda qayta hisoblashga haqli.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ini to’lash hisob-kitoblarni topshirish muddatlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi norezidentining doimiy muassasa yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ini,shuningdek sof foydadan olinadigan soliqni joriy to’lovlarni to’lamasdan yiliga bir marta , hisob-kitobni taqdim etish muddatidan keyin bir oy ichida to’laydi.
Ortiqcha to’langan soliq summasi kelgusi to’lovlarga o’tkaziladi yoki soliq to’lovchiga boshqa soliqlar va boshqa majburiy to’lovlardan qarzi bo’lmasa,undan yozma ariza olgan kundan boshlab 30 ish kuni ichida korxonaga qaytariladi.
Foydadan soliqni hisoblash va byudjetga o’tkazish javobgarligi foydalaridan soliq to’lashni amalgam oshiruvchi yuridik shaxslar zimmasiga yuklangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |