1. Soliqqa tortishning adolatparvarlik tamoyili. Bu tamoyil soliqqa tortishning ommaviy bo’lishini va soliqlarning fuqarolar daromadlariga qarab taqsimlanishini ifoda etadi.
2. Soliqqa tortishning aniqlik tamoyili. Bu tamoyilga asosan har bir soliq to’lovchiga soliqlarni hisoblash usuli to’lash vaqti oldindan ma‘lum bo’lishi kerak.
3. Soliqqa tortishning qulaylik tamoyili – soliq to’lovchilar uchun soliq to’lash eng qulay bo’lgan muddatlarda va usullarda undirilishi kerak.
4. Soliqqa tortishning arzonligi tamoyili. Bu soliqlarni undirishga doir harajatlarning eng kam miqdorda bo’lishi kerakligini anglatadi.
Yuqorida sanab o’tilgan tamoyillar “Temur tuzuklari”da, o’sha davr xususiyatlarini ko’zda tutib, shakl jihatidan boshqacha ifodalangan bo’lsada, mazmun jihatidan ularning bir-biriga mosligini tushunish mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 5-, 11-moddalarida soliqqa tortishning quyidagi tamoyillari belgilab qo’yilgan: soliq solishning majburiyligi, aniqligi, adolatliligi, soliq tizimining yagonaligi, soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining oshkoraligi va soliq to’lovchining haqligi prezumptsiyasi.
Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining qoidalari ushbu Kodeksda belgilangan printsiplarga zid bo’lishi mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |