Янги солиқлар ва бошқа мажбурий тўловлар белгиланишини, имтиёзлар тўлиқ ёки қисман бекор қилинишини, солиқ солинадиган база оширилишини назарда тутувчи солиқ тўғрисидаги қонун ҳужжатлари улар расмий эълон қилинган пайтдан эътиборан камида уч ой



Download 1,33 Mb.
bet119/130
Sana14.07.2021
Hajmi1,33 Mb.
#119119
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   130
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi

Jismoniy shaxslar - O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek O’zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi va ishlovchi fuqaroligi bo’lmagan shaxslar fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari (bundan buyon matnda sug’urta badallari deb yuritiladi) to’lovchilardir.

Sug’urta badallarini hisoblash va ushlab qolish majburiyati, shuningdek ularning to’g’ri hisoblab chiqarilishi uchun javobgarlik ish beruvchi zimmasiga yuklatiladi, bundan sug’urta badallari to’lovchi yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo’jaliklari a‘zolari mustasnodir.

Ish haqi tarzidagi daromadlar yagona ijtimoiy to’lovning va sug’urta badallarining soliq solish ob‘ektidir. Yagona ijtimoiy to’lovni va sug’urta badallarini hisoblab chiqarish uchun soliq solinadigan baza to’lanadigan daromadlar summasi sifatida belgilanadi.

Yagona ijtimoiy to’lov va sug’urta badallari quyidagi to’lovlarga nisbatan hisoblanmaydi:



- doimiy ishi yo’lda kechadigan, harakatlanish va (yoki) ko’chib yurish xususiyatiga ega bo’lgan xodimlarning, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ishlar vaxta usulida bajarilgan taqdirda, ish haqiga ustamalar;

- qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha dala ta‘minoti;

- xizmat safarlari vaqtidagi qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha kundalik harajatlar;

- xizmat ishlari uchun xodimning shaxsiy avtomobilidan yoki xizmat maqsadlari uchun uning boshqa mol-mulkidan qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha foydalanganlik uchun to’lovlar;

- mehnatda mayib bo’lganlik yoki sog’liqqa boshqacha shikast yetganlik bilan bog’liq zararning o’rnini qoplash uchun Soliq Kodeksida ko’rsatilgan miqdorlardan ortiqcha olingan summalar;

- xodimga hisoblanadigan va uning roziligi bilan tegishli byudjet yoki xayriya jamg’armalarga (shanbaliklar, yakshanbaliklar va shu kabilar uchun) o’tkaziladigan ish haqi tarzidagi daromadlar;

- xodimning muhim sanasi, uzoq yillik xizmati, jamoat faoliyatida erishgan yutuqlari munosabati bilan unga beriladigan rag’batlantirish tarzidagi to’lovlar;

- xodimga tabiiy ofat, boshqa favqulodda holatlar munosabati bilan to’lanadigan to’lovlar;

- yosh mutaxassislarga oliy o’quv yurtini tamomlaganlaridan so’ng ta‘til vaqti uchun yuridik shaxslar hisobidan to’lanadigan nafaqalar.

Soliq davri bo’lib kalendar yili hisoblanadi. Hisobot davri mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun - yil choragi va mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to’lovchilar uchun - bir oydir.

Yagona ijtimoiy to’lov va sug’urta badallari har oyda soliq solinadigan bazadan hamda belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Yagona ijtimoiy to’lov yuridik shaxslarning mablag’lari hisobidan to’lanadi, sug’urta badallari esa xodimlarning ish haqidan ushlab qolinadi va soliq agentlari tomonidan o’tkaziladi.

Yagona ijtimoiy to’lovning hisob-kitobi soliq bo’yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga soliq to’lovchi tomonidan ortib boruvchi yakun bilan mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan - yilning har choragida hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo’yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda; mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to’lovchilar tomonidan - har oyda hisobot davridan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo’yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi. Sug’urta badallarining hisob-kitobi ro’yxatdan o’tkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organlariga soliq to’lovchi tomonidan ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.

To’lov quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:



- yagona ijtimoiy to’lov - har oyda, keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay;

- sug’urta badallari - ish haqiga pul mablag’lari olish uchun bankka hujjatlarni taqdim etish bilan bir vaqtda.

Yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo’jaliklarining a‘zolari sug’urta badallari miqdorini oyiga eng kam ish haqidan kam bo’lmagan miqdorda, qoramollarni yetishtirish bilan shug’ullanuvchi dehqon xo’jaliklarining a‘zolari esa oyiga eng kam ish haqining 50 foizidan kam bo’lmagan miqdorda belgilaydi. Dehqon xo’jaliklarining a‘zolari sug’urta badallarini ixtiyoriy ravishda to’laydi.

Yoshga doir pensiya olish huquqiga ega bo’lgan, shuningdek I va II guruh nogironlari bo’lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo’jaliklarining a‘zolari uchun sug’urta badalining miqdori eng kam ish haqining kamida 50 foizini tashkil etishi kerak. Sug’urta badallarini to’lash har oyda keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi. To’lov topshiriqnomasida (kirim orderida) soliq to’lovchining identifikatsiya raqami va to’lov to’lanayotgan davr albatta ko’rsatilishi kerak. Agar davr ko’rsatilmagan bo’lsa, to’lov u amalga oshirilayotgan oy uchun to’langan deb hisoblanadi.


Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish