4.Yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq to’lovchilari va soliq solish ob‘ekti
Yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliqni to’lovchilar quyidagilardir:
- er qa‘ridan foydali qazilmalarni kavlab olayotgan, shu jumladan texnogen mineral hosilalardan foydali qazilmalarni ajratib olayotgan yer qa‘ridan foydalanuvchilar;
- foydali qazilmalardan foydali komponentlarni ajratib olgan holda ularni qayta ishlashni amalga oshirayotgan yer qa‘ridan foydalanuvchilar.
Kavlab olingan (ajratib olingan) tayyor mahsulotning hajmi yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq solish ob‘ektidir. Tayyor mahsulotlar ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi.
Yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi belgilangan va realizatsiya qilish yoki topshirish, shu jumladan bepul berish, shuningdek mahsulot ishlab chiqarish maqsadida o’z iste‘moli va boshqa ehtiyojlari uchun mo’ljallangan foydali qazilma (foydali komponent) tayyor mahsulot deb e‘tirof etiladi.
Soliq solish ob‘ekti tayyor mahsulotning har bir turi bo’yicha alohida aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |