3. Soliq stavkasini qo’llash tartibi.
Qo’shilgan qiymat solig’i 20 foiz stavkada to’lanadi. Qo’shilgan qiymat solig’i summasi belgilangan stavkalar asosida quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
Sqqs = So x S / 100;
bunda: Sqqs - iste‘molchilardan undiriladigan soliq summasi;
So - soliqqa tortiladigan oborot;
S - qo’shilgan qiymat solig’i stavkasi.
Tovarlar (ishlar, xizmatlar) qo’shilgan qiymat solig’ini o’z ichiga olgan narxlar va tariflar bo’yicha sotilganida - soliq quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
Sqqs = Tq x S / (S + 100);
bunda: Tq - qo’shilgan qiymat solig’i ham hisobga olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) qiymati.
Do'stlaringiz bilan baham: |