1.3. Pedagogik texnologiyalarni o‘quv-tarbiya jarayoniga tatbiq etishning zaruriyati,
undan ko‘zlangan maqsad va vazifalar
Bizga yaxshi ma’lumki, har bir nazariya o‘zining metodologik asoslariga ega bo‘ladi.
Ta’lim texnologiyasi nazariyasining ilk g‘oyalari ilgari surilgan davrlardayoq mazkur
nazariyaning asoslari ham yaratila boshlangan. Ta’lim texnologiyasi nazariyasining umumiy
asoslarini uning maqsadi, mazmuni, vazifalari, tamoyillari, ob’ektiv (tashqi) hamda sub’ektiv
(ichki) omillari, ob’ekti, asosiy tushunchalari, mezonlari va boshqalar tashkil etadi.
Ta’lim texnologiyasi nazariyasining umumiy asoslari mohiyati xususida so‘z yuritish
uchun «ta’lim texnologiyasi» tushunchasining tub ma’nosini anglash talab etiladi.
«Texnologiya» yunoncha so‘z bo‘lib, «techne»-mahorat, san’at hamda «logos»-
tushuncha, ta’limot so‘zlarining birikmasidan hosil bo‘lgan. «Ta’lim texnologiyasi» tushunchasi
esa lug‘aviy jihatdan (inglizcha «an educational technology») ta’lim (o‘qitish) jarayonini yuksak
mahorat, san’at darajasida tashkil etish borasida ma’lumotlar beruvchi fan (yoki ta’limot)
ma’nosini anglatadi.
Alohida qayd etib o‘tish joizki, ayni vaqtda ta’lim texnologiyasi tushunchasini mantiqiy-
g‘oyaviy jihatdan izohlash borasida yagona fikr mavjud emas.
Yuqorida qayd etilgandek, pedagogik texnologiya nazariyasi o‘tgan asrning ikkinchi
yarmidan boshlab asoslanib kelinayotgan bo‘lsada, aynan «pedagogik texnologiya»
tushunchasiga nisbatan turlicha yondoshuvlar mavjud. Xususan, pedagog olim V.P.Bespalko
pedagogik texnologiyani «amaliyotga tadbiq qilinadigan muayyan pedagogik tizim loyihasi»
deya ta’riflaydi hamda asosiy diqqatni o‘quv-pedagogik jarayonni oldindan loyihalashga
qaratadi. So‘nggi o‘n yil davomida nutqimizda «pedagogik texnologiya», «zamonaviy pedagogik
texnologiya», «o‘qitish texnologiyasi» kabi tushunchalar keng qo‘llanmoqda. Aksariyat
16
pedagoglar «ta’lim texnologiyasi» hamda «pedagogik texnologiya» tushunchalari mazmunan bir
ma’noni anglatishini ta’kidlamoqdalar. Bizning nazarimizda bunday yondoshuv u qadar to‘g‘ri
emas hamda bu borada yagona to‘xtamga kelish muhimdir.
Yuqorida qayd etib o‘tilganidek, ta’lim jarayonini texnologiyalashtirish g‘oyasi G‘arbiy
Yevropa hamda AQShda yaratilgan edi. Bizga ma’lumki, G‘arbiy Yevropa mamlakatlari va
AQShda «Pedagogika» fani mavjud emas, shu bois «pedagogik faoliyat», «pedagogik tizim»,
shuningdek, ularga bog‘liq ravishda yuzaga keluvchi «pedagogik texnologiya» tushunchasi ham
iste’molda yo‘q.
Nomlari qayd etilgan mamlakatlarda shaxsga ilmiy bilimlarni berish jarayoni «ta’lim
jarayoni» sifatida nomlanadi, shaxsga bilimlar berish, uning ma’lumotini oshirish, ta’lim
samaradorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi fanlar majmui «Metodika» deb yuritiladi.
Metodika fanlarini o‘qitishda asosiy e’tibor ta’lim sifatini yaxshilash, uning samaradorligini
ta’minlashga qaratiladi.
O‘zbekiston Respublikasi (shu jumladan, MDH mamlakatlari) ta’lim tizimi amaliyotida
o‘qitilib kelinayotgan «Pedagogika» fanining predmeti shaxsni shakllantirish, uning kamolotini
ta’minlashga yo‘naltirilgan ta’limiy hamda tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish jarayonining
mazmunidan iboratdir. Ya’ni, shaxsning yetuk kamoloti ikki muhim faoliyat-ta’limiy va
tarbiyaviy faoliyat jarayonining samarasi natijasi sifatida namoyon bo‘ladi. Ayni o‘rinda
«pedagogik texnologiya» hamda «metodika» tushunchalarining tavsifi, o‘ziga xos jihatlarini
yoritish maqsadga muvofiqdir.
Rivojlangan mamlakatlar ta’lim tizimida shaxs ijtimoiylashuvini ta’minlovchi yetakchi
omil sifatida ta’lim jarayoni e’tirof etilsa, biz shaxsning shakllanishida ta’lim hamda tarbiya
jarayoni birdek ahamiyatga ega ekanligiga urg‘u beramiz. Aksariyat hollarda esa tarbiya jarayoni
bu borada ustuvor bo‘lishi lozim, chunki o‘zida axloqiy xislatlarni namoyon eta olgan shaxsgina
ijtimoiy munosabatlarni tashkil etish jarayonida ular mazmunining ijobiy xususiyat kasb etishni
ta’minlaydi, axloqli insongina ta’lim (bilim)ni qadrlay oladi, zero, axloqning asosiy
kategoriyalaridan biri ham bilimlilik sanaladi, degan g‘oyani ilgari suramiz. Shunday ekan, bu
o‘rinda «pedagogik texnologiya» tushunchasining qo‘llanilishi, shuningdek, asosiy e’tiborni
faqat ta’lim jarayonini samarali tashkil etishgagina qaratmay, balki ham ta’lim, ham tarbiya
jarayonining samaradorligini ta’minlashga birdek qaratish lozimdir.
O‘qituvchining samarali faoliyat ko‘rsatishga undovchi darsning metodik ishlanmasidan
farqli o‘laroq, ta’lim texnologiyasi o‘quvchilar faoliyatiga nisbatan yo‘naltirilgan bo‘lib, u
o‘quvchilarning shaxsiy hamda o‘qituvchi bilan birgalikdagi faoliyatlarini inobatga olgan holda,
o‘quv materiallarini mustaqil o‘zlashtirishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga xizmat
qiladi.
17
Xalq xo‘jaligining moddiy ishlab chiqarishga asoslangan sohalarida qo‘llanilayotgan
texnologiyalar mohiyatini o‘rganish hamda muammo doirasida nashr etilgan risolalar mazmuni
bilan tanishish «pedagogik texnologiya» ta’lim-tarbiya faoliyatining yaxlit jarayoni to‘g‘risidagi
fan ekanligini e’tirof etish imkonini berdi. Bizga yaxshi ma’lumki, tarbiya jarayoni uzoq
muddatli, murakkab, uzluksiz bo‘lib, u o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
Garchi zamonaviy ta’lim texnologiyasi o‘quvchining ta’lim jarayonidagi yetakchilik
rolini yoqlayotgan bo‘lsada, tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchi asosiy mavqeini egallay olmaydi.
Chunki unda xarakter, dunyoqarash yetarlicha shakllanmagan bo‘lib, u bu borada tarbiyachining
yordamiga ehtiyoj sezadi. Shu bois tarbiya texnologiyasi ham mantiqiy, ham tarkibiy jihatdan
ta’lim texnologiyasidan farq qiladi.
Tarbiya jarayonining mohiyati, qonuniyatlari hamda o‘ziga xos jihatlari xususidagi
mavjud nazariy va amaliy g‘oyalarga, pedagogik bilimlarga tayangan holda tarbiya
texnologiyasining tarkibiy qismlarini quyidagicha belgiladik:
1) tarbiya jarayonining umumiy loyihasi;
2) tarbiyani tashkil etishga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyoj (rag‘bat);
3) tarbiya maqsadi;
4) tarbiya mazmuni (shakl, metod, usul va texnik vositalar);
5) o‘qituvchi (tarbiyachi) faoliyati;
6) o‘quvchi (tarbiyalanuvchi) faoliyati;
7) tarbiya samarasi (natija).
Pedagogik texnologiya o‘zida quyidagi xususiyatlarni namoyon etadi:
1. Pedagogik texnologiya pedagogik jarayonnni takomillashtirish, opedagogik
texnologiyaimallashtirishga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojni qondirish omili sanaladi.
2. Pedagogik texnologiya didaktik hamda tarbiyaviy xarakterdagi, shuningdek, ta’lim-
tarbiya jarayonini samarali, mahoratli tarzda tashkil etish borasidagi nazariy hamda amaliy
bilimlar majmui, metodologik fan sifatida namoyon bo‘ladi.
3. Pedagogik texnologiya ta’lim-tarbiya jarayonining umumiy mohiyatini aks ettiruvchi
yaxlit jarayondir.
4. Pedagogik texnologiya yo‘naltiruvchanlik vazifasini bajaradi, ya’ni, u shaxsni
rivojlantirish, tarbiyalash, shakllantirish uchun xizmat qiladi.
5. Pedagogik texnologiya - shaxsiylik xususiyatiga ega bo‘lib, muayyan texnologiyalarni
ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llashga nisbatan yagona, qat’iy, me’yoriy (standart) talablar
qo‘yilmaydi. Har bir pedagog u faoliyat olib yuritayotgan ta’lim-tarbiya muhitining
xususiyatlari, mavjud ichki va tashqi shart-sharoitlarini inobatga olgan holda muayyan
texnologik yondoshuvni amalga oshirish imkoniyatiga ega.
18
6. Pedagogik texnologiya o‘zida ta’lim, tarbiya va shaxs taraqqiyoti (kamoloti) birligini
ifoda etadi.
Pedagogik texnologiyaning asosiy maqsadi komil shaxsni shakllantirish uchun poydevor
bo‘lgan
pedagogik
jarayonni
takomillashtirish,
insonparvarlashtirish,
o‘quvchining
mustaqilligini ta’minlash, o‘qitish jarayonida texnik vositalar imkoniyatlaridan samarali
foydalanishga erishishdan iborat.
Mazkur vazifalarning ijobiy hal etilishi quyidagi shartlarga amal qilinishiga bog‘liq:
1. Mavjud shart-sharoitlarni inobatga olgan holda faoliyatni tashkil etish.
2. O‘quvchi (tarbiyalanuvchi)larning yosh, fiziologik, psixologik hamda shaxsiy
xususiyatlarini hisobga olish.
3. Ta’lim (tarbiya) jarayonini demokratlashtirish va insonparvarlashtirish.
4. O‘quvchi (tarbiyalanuvchi)lar faoliyatini ob’ektiv nazorat qilish va baholash.
5. Xususiy fanlarni o‘qitish jarayonida imkon qadar, albatta, samarali ravishda texnik
vositalar imkoniyatidan keng foydalanish.
Pedagogik texnologiyaning nazariy asoslari umumpedagogik, xususiy-metodik hamda
lokal (modul) bilimlarga asoslanadi. Shu bois pedagogik xodimlar, shuningdek, bo‘lg‘usi
o‘qituvchilar o‘z faoliyatlarida pedagogik texnologiyadan foydalanishni o‘z oldilariga maqsad
qilib qo‘ygan bo‘lsalar, yuqorida qayd etilgan bilimlarni puxta o‘zlashtira olishlari lozim. Zero,
pedagogik texnologiya puxta o‘zlashtirilgan pedagogik bilimlarga tayanilgan holda tashkil
etiladigan yuksak samarador pedagogik faoliyat jarayonidir.
Pedagogik texnologiyaning nazariy asoslarini ishlab chiqish dolzarb vazifa sanalib, ta’lim
texnologiyalarini yaratish muammolari bo‘yicha olib boriladigan umumiy va amaliy
tadqiqotlarga keng yo‘l bergan holda ushbu nazariya mohiyatini to‘laqonli ochib beruvchi
terminalogiyani shakllantirishni taqozo etadi. Bugungi kunda nazariy va amaliy jihatdan puxta
asoslangan umumiy ishlanmalarning mavjud bo‘lishi alohida ahamiyat kasb etadi. Zero, umumiy
nazariy bazaga ega bo‘lmasdan turib, ayrim muammolarni hal etish mumkin emas.
Pedagogik texnologiya nazariyasi va uni ta’lim jarayonida qo‘llash muammolariga
bag‘ishlangan zamonaviy tadqiqotlar mazkur nazariyaning ta’lim rivojini ta’minlashdagi
ahamiyatini chuqur anglab yetish, uning imkoniyatlarini aniqlash va keng ko‘lamli axborot
maydonini egallashga yordam beradi.
Texno-pedagogik mazmunda e’lon qilinayotgan ilmiy ishlar sonining tobora ortib
borayotganiga qaramay, mavjud muammolar yetarli darajada tadqiq etilmagan. Pedagogik
texnologiyaning nazariy-metodologik asoslarini yaratish, unga ilmiy fan maqomini berish
zaruriyatini asoslash borasida bildirilgan taklifga hanuz tavsiya yoki istak shaklida qaralmoqda.
Ta’lim nazariyasi va amaliyotida pedagogik texnologiyalarni tadqiq etish ishi fanlararo
19
(pedagogika, psixologiya, metodologiya, pedagogik metodologiya, falsafa, sotsiologiya va
boshqa fanlar) aloqadorlik va bog‘liqlik asosida yondashuvni talab etadi. Ko‘rsatib o‘tilgan fan
yo‘nalishlarining har birida ta’lim texnologiyalarining ma’lum nazariy jihatlari va texnologiyani
ta’lim jarayoniga tadbiq etishda alohida o‘rin tutuvchi qulay shart-sharoitlari bir qadar to‘liq
tahlil qilingan.
Pedagogik texnologiyalarning mohiyati, ularni ta’lim jarayonida qo‘llash mexanizmini
ta’lim falsafasi va sotsiologiyasi kontekstidan tashqarida ko‘rib chiqish mumkin emas. Zero,
mazkur fanlar ta’limning jamiyat hayotidagi o‘rni va roli, shuningdek, ijtimoiy vazifalarini har
tomonlama tahlil etadi, ta’lim metodologiyasi muammolarining chegarasini ko‘rsatib beradi.
Ta’lim sohasi asosida inson hamda uning faoliyati turgan mustaqil ijtimoiy institutdir.
Shu bois umumiy metodologiyaning barcha unsurlari texnikashunoslik metodologiyasining
tizimli,
faoliyatli
va
kompleks
yondashuvi
hamda
xususiyatlari,
ya’ni, umumiy
metodologiyaning unsurlariga tayanmog‘i lozim. Shu bilan birga pedagogik texnologiya
pedagogik jarayonning amal qilish shakllaridan biri sifatida namoyon bo‘ladi.
Binobarin, pedagogik texnologiya muammolarini tadqiq qilishning metodologik plani
pedagogika nazariyasi metodologiyasi bilan to‘ldirilishi kerak. Texno-pedagogik fenomen
(hodisa)ni tadqiq etish metodologiyasini ishlab chiqish ilgari surilgan ilmiy tadqiqot
muammosini hal etish doirasida g‘oyatda dolzarb vazifa hisoblanadi.
Pedagogik texnologiya nazariyasiga oid muammoli vaziyatni tahlil qilish jarayonida shu
narsa ma’lum bo‘ladiki, muammoli vaziyat qisqa tavsif orqali ifoda etiladi. Ushbu holat tadqiq
etilayotgan muammoning xususiyatlarini aniqlash va kengaytirilgan hamda mantiqan bir-biriga
zid kelmaydigan predmetli blokni shakllantirishga asosli o‘tish imkonini beradi.
Pedagogik texnologiyaning metodologik asoslari umumiy metodologiyaning asosiy
tamoyillari tizimida yangi hodisa sifatida uni dialektik mantiq va bilish nazariyasining kategoriya
va tamoyillari tizimidagi evristik imkoniyatlar darajasiga olib chiqadi. Tamoyillar tizimi nazariy
metodologik bazis sifatida namoyon bo‘lib, mazkur bazis asosida pedagogik texnologiyaning
konsepedagogik texnologiyaual modelini qurish imkoniyatlari aniqlanadi.
Ta’lim majmuining konsepedagogik texnologiyaual tahlili quyidagi xulosalarni chiqarish
imkonini beradi:
- har qanday texnologiya negizida mehnat faoliyati ko‘rinishidagi o‘zaro jamoaviy ta’sir
yotadi. Texnologiya mehnat jarayonining o‘ziga singdiriladi. Texnologiyaning amalga oshirilish
shaklidan qat’iy nazar, asosiy maqsad umumiy jarayon operatsiyalarining tavsifi, predmeti,
vositalari va yakuniy natija bilan belgilanadi. Binobarin, pedagogik texnologiyaning pedagogik
jarayonni amalga oishirish shakli sifatidagi mohiyati pedagogik faoliyat sohasida namoyon
bo‘ladi:
20
- insonning ongi jamoaviy o‘zaro ta’sir in’ikosining ideal shakli hamda dialektik qarama-
qarshiligini ifoda etib, o‘zgartirilgan mehnat sifatida namoyon bo‘ladi. Shunga ko‘ra ongni qayta
shakllantirish qonuniyatlarini ijtimoiy texnologiyadan, ushbu qonuniyatlarini joriy etishning
asosiy shakllarini pedagogik texnologiyaga asoslangan pedagogik amaliyotdan izlash taqozo
etiladi;
- pedagogik texnologiya ijtimoiy texnologiyadan ajralib chiqib, o‘z taraqqiyotida shartli
jamoaviy repetitsiyaviy (mashqlantiruvchi) refleks bosqichini bosib o‘tgan holda, asosiy
texnologik o‘zaro ta’sirlarini maqsadga muvofiq tarzda takrorlovchi harakat va operatsiyalar
tizimiga ajratadi. Bundan kuzatilgan maqsad ijtimoiy ongni mustaqkamlash va to‘plangan
tajribani yangi avlodlarga yetkazishdan iborat bo‘lib, uning predmeti esa ideallashtirilgan
tavsifga ega;
- pedagogik texnologiya mohiyatining umumiy jihatlari, shakl va mazmuni, qarama-
qarshiliklar tizimi, miqdoriy va sifat o‘zgarishlari dialektikasi, qurilishi, amal qilishi va
rivojlanishining umumiy qonun va qonuniyatlari texnologiyaning umumfalsafiy konsepsiyasi
doirasida muvaffaqiyatli ravishda ko‘rib chiqilishi mumkin. Uning harakat mantiqi moddiy
ishlab chiqarish sohasidagi yuqorida ko‘rib chiqilgan qonuniyatlar (ob’ektiv texnologiya), uning
dialektik qarama-qarshi jihati bo‘lgan – ma’naviy ishlab chiqarish, shuningdek, ta’lim sohasi
qonuniyatlarini ko‘chirish jarayonini aks ettirishdan iborat;
- pedagogik texnologiya nazariy negizga ega, zero, asl texnologiya o‘zining mustahkam
ilmiy-nazariy poydevoriga asoslanadi. Pedagogik texnologiya nazariyasining mazmuni va
tarkibiy tuzilmasini shakllantirish jarayoni har qanday fanning shakllanishida muhim o‘rin
tutuvchi asosiy qonuniyatlarga bo‘ysunadi. Ijtimoiy ishlab chiqarish sohasi rivojlangan sayin
e’tibor umumnazariy unsurlarning sintez etilishiga qaratiladi;
- pedagogik texnologiya nazariyasining yaratilish va rivojlanish mantiqi asosiy
bosqichlarda umumiy texnologik nazariyaning shakllanishini aks ettiruvchi holat sifatida
namoyon bo‘ladi. Mazkur holat asosi fikrlash jarayonining eng muhim shakli sifatida xulosa
chiqarish imkonini beruvchi deduktiv yondashuv hisoblanadi;
- pedagogik texnologiya nazariyasining yaratilishi uchun «g‘isht qo‘yishning» asosiy
davri pedagogik texnologiyaning boshlang‘ich «hujayrasi»ni ifoda etuvchi pedagogik jarayonda
texnologik besh jihatning mohiyatini ochishga yordam beruvchi, o‘ziga xos tushuncha va
kategriyalar tizimini aks ettiruvchi texnologik o‘zgarish, texnologik vosita hamda texno-
pedagogik o‘zaro ta’sir bilan bog‘liqdir.
Yuqorida bayon etilgan xulosalardan pedagogik texnologiyani rivojlantirishning
boshlang‘ich shart-sharoitlari (texno-pedagogik fenomenni rivojlantirishning zaruriy shart-
sharoitlari va poydevori bo‘lgan dastlabki unsurlar yoki boshlang‘ich shakllari), pedagogik
21
texnologiya nazariyasini taraqqiy ettirishning asosiy bosqichlari va asosiy an’analarini xususiy-
ilmiy jihatdan aniqlashga yo‘naltirilgan pedagogik texnologiya genezisi ham tasdiqlaydi.
Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasini qaror topedagogik texnologiyairish va rivojlantirish
jarayonidagi asosiy bosqichlarni aniqlash, shuningdek, pedagogik texnologiya nazariyasining
kelib chiqishini asoslash maqsadida pedagog, psixolog, faylasuf, iqtisodchi ham metodolog
olimlar tomonidan olib borilayotgan ishlar yuzasidan o‘tkazilgan tahlil natijalari quyidagi
xulosalarni chiqarish imkonini beradi:
- odamning tabiatga ko‘rsatuvchi ta’siri jamoaviy, maqsadga muvofiq va texnologik
o‘zaro ta’sir sifatida maydonga chiqadi. Ushbu holat texnologik vosita tuzilmasidagi sababiy
bog‘lanishlarni umumiy jarayonda mazkur vosita bajaradigan texnologik vazifa asosida
tushuntiriladi. Mavjud determinatsiya (sababiy bog‘lanishlarni aniqlash) texnologik vositani
texnologik harakatning mustasnosiz barcha bosqichlarida rivojlanishini ta’minlovchi ob’ektiv
qonun sifatida namoyon ettiradi;
- har qanday mehnat o‘zaro uzviy bog‘langan unsurlar: fiziologik, ishlab chiqarish va
mohiyatan texnologik sanaluvchi unsurlar majmuasini ifoda etadi. Moddiy ishlab chiqarish
texnologiyasida bu unsurlar manufaktur ishlab chiqarish jarayoniga qadar alohida mustaqil
qismlarga bo‘lib chiqadi. Bu yerda hunarmandchilik faoliyati texnikaviy bazisi, alohida olingan
ishchining hunarmandchilik san’ati esa ishlab chiqarishning texnologik asosi sanaladi. Shu bois
bunday ishlab chiqarishning keyingi taraqqiyotida tabiiy va ijtimoiy to‘siqlar bilan
chegaralanadi;
- moddiy ishlab chiqarish jarayonida mehnatning texnologik unsurini ajratish
manufaktura rivojlanishi nihoyasiga yetgan bosqichda amalga oshiriladi va ishlab chiqarish
jarayonining ayrim elementar operatsiyalari yakuniga yetgach namoyon bo‘ladi. Alohida ishchi
tomonidan epchillik, iqtisod qilish va ichki ishonch asosida muayyan miqdordagi mahsulotni ish
vaqti birligida tayyorlash texnologik inqilobni ta’minlash uchun ob’ektiv zamin yaratadigan
texnologik qonun bo‘lib qoladi;
- texnologik inqilob mohiyati texnologik vazifaning inson zimmasidan soqit etib,
texnologik vosita zimmasiga o‘tishi bilan asoslanadi. Ishlab chiqarishning barcha jarayonlarini
yo‘lga qo‘yish hamda insonning ushbu jarayondagi bevosita ishtiroki uchun sarflanadigan vaqt
o‘rtasidagi farq o‘tish davrining o‘lchovi ko‘rsatgichi hisoblanadi. Ayni paytda texnologik
harakatni tashkil etish bo‘yicha hunarmandchilik san’ati o‘z o‘rnini fanga bo‘shatib beradi. Qayd
etilgan o‘tish davri texnikaviy jarayonning bosh yo‘li sifatida maydonga chiqadigan va xususiy
texnik-texnologik fenomenlarning ichki qonuniyatlarida o‘z aksiga ega bo‘lgan texnologik
vosita zimmasiga inson tomonidan bajarilayotgan texnologik vazifani topshirilish qonuni bilan
bog‘liqdir;
22
- moddiy ishlab chiqarish texnologiyasi pedagogik texnologiyaning paydo bo‘lishi va
rivojlanishining boshlang‘ich shart-sharoitlari sifatida namoyon bo‘ladi. Tarixiy kurtak sifatida u
bioijtimoiy texnologiya tarzida namoyon bo‘ldi. Pedagogik texnologiya ontologik, ijtimoiy-
iqtisodiy, shuningdek, yaratish, amalga oshirish va rivojlantirishga asoslanuvchi ilmiy-nazariy
qonunlar, ijtimoiy qonun va mustaqil ravishda mavjud bo‘lish shart-sharoitlari sifatida aks etadi.
Texnologik o‘zaro ta’sir, ta’limning texnologik vositalari va ular yordamida tashkil
etiluvchi pedagogik jarayonning bevositalik darajasi (texnologiyalashtirish) borasidagi tasavvur
asosida qisqa ontologik-sotsiologik tahlil o‘tkazildi.
Tahlil jarayonida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, ishlab chiqarishning yuqori texnologik,
ilmiy va dinamik jarayonining rivojlanishidagi ob’ektiv an’analar pedagogik jarayonni bir guruh
o‘qituvchilarning pedagogik mahoratiga asoslangan ta’lim texnologiyasidan ko‘p sonli
pedagoglarning kasb mahorati va faoliyatining mazmuniga asoslangan ta’lim texnologiyasiga
o‘tkazish zaruriyatini kun tartibiga qo‘ymoqda.
Ushbu pedagogik jarayonda aksent (urg‘u)ning murakkab kooperatsiya darajasidagi
hissiy bilishdan mantiqiy bilishga tomon siljishi, sub’ekt-ob’ekt munosabatlaridan sub’ekt-
sub’ekt munosabatlariga o‘tish va pedagogik jarayonda ta’limning xilma-xil texnika vositalarini
keng qo‘llashga erishish bilan bog‘liqdir.
Pedagogik texnologiya nazariyasining mazmuni va tarkibiy tuzilmasi (tuzilishi) ko‘rib
chiqilayotgan muammolar majmuida markaziy o‘rinni egallaydi. Manbalarda bu tushuncha
quyidagicha sharhlanadi: «Nazariya (grekcha theoreo so‘zidan olingan bo‘lib, theoria - qarab
chiqaman, tadqiq etaman) keng ma’noda – ma’lum hodisaning mohiyatini yoritish va
tushuntirishga yo‘naltirilgan qarashlar, tasavvurlar, g‘oyalar majmui; nisbatan tor va maxsus
ma’noda esa – qayd etilayotgan nazariya ob’ekti bo‘lgan faoliyat qonuniyatlari va mavjud
aloqalari to‘g‘risidagi to‘laqonli tasavvurni bera oluvchi ilmiy bilimlarning eng yuqori, eng
taraqqiy etgan tashkiliy shakli».
Pedagogik texnologiya mohiyatini anglab olish uning tarkibiy tuzilmasi, vazifasi, nazariy
tuzilmalarini ko‘rib chiqish hamda bir guruh tayanch tushuncha va kategoriyalarning mazmunini
tushunishga imkon beradi. Demak, pedagogik texnologiya nazariyasi deduktiv-xulosaviy
tavsifga ega va uning mohiyatini ishonarli, aniq ifoda etuvchi ilmiy nazariya sifatida namoyon
bo‘ladi
23
Do'stlaringiz bilan baham: |