Yangi o'zbekiston-uchinchi renessans urganch davlat universiteti Filologiya fakulteti talabasi Ismoilova Aziza Tel raqami: 97 526 07 79 Annotatsiya



Download 24,79 Kb.
bet2/3
Sana06.04.2022
Hajmi24,79 Kb.
#531442
1   2   3
Bog'liq
Yangi O‘zbekiston- Uchinchi Renessans 12354

Maqsad va vazifalar: Ilm-fan va texnologiyalarning jadal rivojlanishi, global dunyoda raqobatning ortishi sharoitida har bir davlat va jamiyatning bu jarayonda raqobatbardoshligi yoshlarning intellektual rivoji hamda ularning iste'dodi va qobiliyatlarini to‘liq amalga oshirishga e'tibor berishga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun bu masala har doim davlatlarning uzoq muddatli rivojlanishini ta'minlashga qaratilgan barcha strategiyalarda aks ettirilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ham bu borada yetarlicha to‘xtalib o‘tilgan . Mamlakatimizda yoshlar ko‘pligi inobatga olinib, yoshlarga nisbatan davlat siyosatining samaradorligini oshirishga qaratilgan bir qator ustuvor vazifalarni qamrab oladi. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqini tashkil etish zarurati hayotning o‘zi tomonidan belgilab qo‘yildi, u tashkilotdan yoshlar hayotidagi eng dolzarb masalalarni hal qilishni talab etadi, ayniqsa uyushmagan yoshlar hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun munosib sharoitlar yaratish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunarga yo‘naltirish va bandligini ta'minlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish shular jumlasidan.
O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi tashkil etilgan kun - 30 iyunni Yoshlar kuni sifatida e'lon qilinishi ham juda ramziydir. Sababi ushbu Ittifoq davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan davlatning yoshlar siyosatini amalga oshirishda samarali faoliyatni ta'minlaydigan, «Yoshlar - kelajak quruvchisi» shiori ostida professional faoliyatni amalga oshiradigan tuzilmaga aylanadi. Bizning fikrcha, ushbu shior shubhasiz tasodifan tanlanmagan, balki u O‘zbekiston prezidentining davlatning rivojlanish istiqbollari haqidagi strategiyasida prinsipial yondashuvini ifodalaydi. Shavkat Mirziyoyev asosiy e'tiborni yoshlarga qaratmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev shu yil O‘zbekiston teatr san’ati xodimlariga yo‘llagan tabrigida: “El-yurtimizni turli xavf-xatarlardan asrash, unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodimizni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umumbashariy qadriyatlarga ehtirom ruhida barkamol insonlar etib tarbiyalash, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurash olib borish dolzarb vazifaga aylanib bormoqda. Biz bu yo‘lda barcha ijodkor ziyolilarimiz qatori siz, hurmatli san’atkorlarimizning iste’dod va salohiyatingiz, bilim va tajribangiz, ezgu fazilatlaringizga tayanamiz”, deya ta’kidlagan edilar. Men bu jumlalarni nainki teatr san’ati fidoyilariga, balki barcha ijodkor ziyolilarga, biz, o‘qituvchi-pedagog va ota-onalarga ham qaratilgan chaqiriq deb qabul qilaman. Farzandlarimiz, o‘quvchi-talabalarimizning, ular kelajakda qaysi kasb yoki sohani tanlashidan qat’i nazar, adabiy va estetik didini faqat eng sara badiiy asarlar, asl san’at durdonalari vositasida tarbiyalay olsak, mamlakatimiz rivojiga qo‘shgan eng katta hissamiz shu bo‘ladi. Biz yosh avlod qalbini “milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari” otlantirmog‘imiz joiz. Orzularimiz tonggiday yorishib kelayotgan Yangi O‘zbekiston qudrati shak-shubhasiz yangi kuch egalari — yoshlarimizning tafakkuri va albatta munosib tarbiyasidan tarkib topajak. Qolaversa, uchinchi Renessans — navbatdagi uyg‘onish davri faqat va faqat yuksak salohiyatni, tengsiz tafakkur sohiblari bo‘lgan ajdodlarimizga munosib izdosh bo‘lishni taqozo etadi. Shuningdek, Prezidentimiz mamlakatimizda yoshlarning huquq va manfaatlarini taʼminlash, ularning taʼlim olishi, mehnat qilishi, bilim va qobiliyatini roʻyobga chiqarishi uchun zarur sharoitlar yaratilayotganligi hamda mamlakatimizda keyingi yillarda inson huquq va erkinliklarini taʼminlash borasida erishilayotgan yutuqlar haqida soʻz borganda, xotin-qizlarning oʻqishi, bilim olishi, mehnat qilishi, ularning sogʻligini saqlash, isteʼdod va qobiliyatini roʻyobga chiqarish, onalik va bolalikni himoya qilish, gender tenglik boʻyicha amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlarga birinchi navbatda eʼtibor berilayotganligi va uning sabablariga ham toʻxtalib oʻtdi. Yurtboshimiz oʻz javoblarini yakunlar ekan, “Yangi Oʻzbekiston jahon maydonida kuchli salohiyat, munosib obroʻ-eʼtiborga ega boʻlgan, har tomonlama obod va farovon mamlakatga aylanadi”, deb taʼkidlaydilar.
Xulosa qiladigan boʻlsak, Prezidentimizning “Yangi Oʻzbekiston demokratik oʻzgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda” mavzusidagi javoblari barchamizni, Yangi Oʻzbekistonni har tomonlama obod va farovon mamlakatga aylanishiga oʻz hissamizni qoʻshishga undaydi. Yurtimiz bo‘ylab 6 millionga yaqin g‘ayrati baland, intiluvchan o‘g‘il-qizlarimiz ishtirokida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida o‘tkazilgan festivallar barcha yoshlarimiz uchun yetuklik, ma’naviy va haqiqiy vatanparvarlik ko‘rigi bo‘ldi. Ushbu festivallar bundan buyon nafaqat viloyat markazlarida, balki har bir tuman va shaharda o‘tkazib boriladi va ularda ko‘tarilgan masalalar yechimi bo‘yicha har yili hukumat alohida dasturlar qabul qiladi. Har bir ota-ona, har bir xonadon, har bir mahalla, bugungi kunda farzandlarimiz taʼlim-tarbiyasini eng asosiy vazifa sifatida bilib, yoshlarni xalqimizga yot va yangi avlod ongi uchun zararli boʻlgan salbiy taʼsirlardan himoya qilish, millat va davlat taraqqiyotini dunyo hamjamiyatiga koʻrsatishga qodir boʻlgan yosh avlodni tarbiyalashi ham qarz, ham farzdir. Zero, inson hayoti odob-axloq, taʼlim-tarbiya bilan bevosita bogʻliq. Bugungi" Yangi Ozbekiston " ning haqiqiy yaratuvchisi bo’lgan yoshlar , aziz tengdoshlarim , kelinglar barchamiz Vatanimiz uchun, uning taraqqiyoti va jahon ayvonidagi nufuzi uchun qo‘lni qo‘lga berib kurashaylik, xizmat qilaylik. Zero, shu aziz Vatan barchamizniki. Shu jonajon yurtimizga qo’shgan hissamiz uchun har doim ko‘nglimiz g‘urur- iftixorga to‘lsin. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. Unutmang, yangi Oʻzbekiston yoshlari - kelajagimiz va istiqbolimiz poydevori.

Download 24,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish