Soliq to‘lovchi subyektlar
DSI tizimiga xizmat ko‘rsatuvchi banklarda
respublika budjetiga kelib tushadigan daro-
madlarni saqlash uchun maxsus ochilgan tran-
zit bisob raqam (23402)
Ushbu tartibga ko‘ra, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan davlat budjetiga
o‘tkaziladigan soliqlar va majburiy to‘lovlar banklar tomonidan qabul qilinadi va
belgilangan tartibda 23402, 23403, 23407, 23409, 20207, 20205 va 23411- sonli
balans hisobvaraqlarda ochilgan shaxsiy hisobraqamlarga (ShHR) kirim qilinadi
va ular hisobidan tegishli budjetlar va Davlat maqsadli jamg‘armalari hisobiga
belgilangan miqdorlarda ajratmalarni amalga oshirish tartibi 2012-yilning 1-
yanvaridan boshlab joriy etildi. Buning natijasida tegishli budjetlar daromadlari,
shu jumladan, davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalari
daromadlari hisobi “g‘aznachilik” dasturiy majmuida ular uchun ochiladigan tegishli
shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida yuritiladigan bo‘ldi.
1
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (O‘quv markazi O‘quv materiallari)
«Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro
standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli
xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil.
228
Davlat budjeti daromadlarining g‘azna ijrosini amalga oshirish borasida joylardagi
g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan quyidagi ustuvor vazifalar bajarilishi lozim:
- davlat budjetiga kelib tushgan mablag‘larni ajratib berilishi lozim boigan turli
darajadagi budjetlarning g‘aznachilikdagi shaxsiy hisobraqamlariga o‘tkazib berish
bilan bogiiq operatsiyalarni amalga oshirish;
- davlat budjetining daromad qismi bo‘yicha g‘aznachilik funksiyalarining
bajarilishi yuzasidan tegishli hisobotlarni tayyorlash va buxgalterlik hisobotlarini
olib borish, bajarilgan barcha funksional jarayonlarga taalluqli malumotlarni
g‘aznachilik tizimining Bosh kitobida aks ettirib borish;
- davlat budjetining daromadlari, davlat maqsadli va budjetdan tashqari
jamg‘armalar bo‘yicha zarur maiumotlarni yig‘ish, o‘rganib chiqish, tahlil qilish va
olingan natijalarni mutasaddi davlat tashkilotlari (davlat soliq va bojxona organlari)
ga taqdim etish;
- davlat budjeti daromadlari qismiga soliq va boshqa xil majburiy to‘lovlarning
tushirilishi, me’yoridan ortiqcha ushlanib qolingan soliq va boshqa xil majburiy
to‘lovlar summasining qaytarib berilishi bilan bog‘liq ma’lumotlarni to‘plash, qayta
ishlash va tegishli ma`lumotlarni tayyorlash;
- “Bank - g‘aznachilik” tizimi orqali Yagona g‘aznachilik tizimiga davlat budjetining
daromadlar qismiga tushiriladigan tushumlarni qabul qilib olish operatsiyalarini
STARS International University
229
bajarish; - moliya masalalari bilan shug‘ullanuvchi mutasaddi davlat organlariga
turli darajadagi budjetlarning kirim qismiga tushayotgan mablag‘lar haqida
ma’lumotlar berib borish;
- joriy qonunchilik normalariga muvofiq davlat budjetining daromadlari qismiga
tushiriladigan mablag‘lar bilan ishlashga doir boshqa xil operatsiyalarni amalga
oshirish.
Xulosa qilib aytganda, dastlab davlat budjeti g‘azna ijrosi elementlari joriy
qilinayotganda nazarda tutilgan davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari,
budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari tushumining yagona
g‘azna hisobraqamida yuritilishi mablag‘larni oqilona boshqarish imkonini beradi,
qisqa vaqt oralig‘ida budjetga va boshqa maqsadli jamg‘armalarga tushgan
mablag‘larning markazlashtirilgan tartibda hisobini yuritish uchun sharoit yaratadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Qosimova G.A. “G‘aznachilik”. O‘quv qo‘llanma. T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2015 y.
2. Qosimova G. G‘aznachilik. O‘quv qo‘llanma. – T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2013 y.
Internet saytlar:
www.senat.gov.uz / www.ceep.uz
www.mf.uz / www.lex.uz
www.cer.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |