M.oʻ.ning samaradorligi oʻsimlikning biologik xususiyatiga, har ga yerga solinadigan oʻgʻit normasiga, organik oʻgʻitlar bilan qoʻshib ishlatilishiga, qoʻllaniladigan agrotexnika tadbirlari sifatiga va boshqalarga bogʻliq. Qishloq xoʻjaligi ekinlaridan eng yuqori hosil olish uchun tuproqqa solinadigan M.oʻ. meʼyorini toʻgʻri belgilash M.oʻ.dan foydalanishda muhim oʻrinda turadi va bu meʼyor oʻgʻit tarkibidagi sof taʼsir etuvchi oziq moddalarning kg/ga miqdori bilan belgilanadi. M.oʻ. usimlikning biologik xususiyatlari, ularning oziq moddalarga talabi, tuprokda usimlik oʻzlashtiradigan elementlar miqdori, ishlatiladigan oʻgʻitlarning xususiyati, oʻsimlikning normal oʻsishi va rivojlanishi uchun zarur sharoitlarni hisobga olgan holda qoʻllanilishi kerak. - M.oʻ.ning samaradorligi oʻsimlikning biologik xususiyatiga, har ga yerga solinadigan oʻgʻit normasiga, organik oʻgʻitlar bilan qoʻshib ishlatilishiga, qoʻllaniladigan agrotexnika tadbirlari sifatiga va boshqalarga bogʻliq. Qishloq xoʻjaligi ekinlaridan eng yuqori hosil olish uchun tuproqqa solinadigan M.oʻ. meʼyorini toʻgʻri belgilash M.oʻ.dan foydalanishda muhim oʻrinda turadi va bu meʼyor oʻgʻit tarkibidagi sof taʼsir etuvchi oziq moddalarning kg/ga miqdori bilan belgilanadi. M.oʻ. usimlikning biologik xususiyatlari, ularning oziq moddalarga talabi, tuprokda usimlik oʻzlashtiradigan elementlar miqdori, ishlatiladigan oʻgʻitlarning xususiyati, oʻsimlikning normal oʻsishi va rivojlanishi uchun zarur sharoitlarni hisobga olgan holda qoʻllanilishi kerak.
M.oʻ. yerga kuzda yoki erta baxrrda (asosiy oʻgʻitlash), ekish vaqtida va oʻsuv davrida (oʻsimliklarni oziqlantirish) solinadi. M.oʻ. ni notoʻgʻri qoʻllash biotsenozga katta zarar keltirishi, atrof muhitning ifloslanishiga sabab boʻlishi mumkin. Mineral oʻgʻitlar tuprokda har xil oʻzgarishlarga uchraydi, bu oʻzgarishlar oziq moddalarning eruvchanligiga, tuprokda harakatlanishi va usimliklarga singishiga taʼsir kursatadi. - M.oʻ. yerga kuzda yoki erta baxrrda (asosiy oʻgʻitlash), ekish vaqtida va oʻsuv davrida (oʻsimliklarni oziqlantirish) solinadi. M.oʻ. ni notoʻgʻri qoʻllash biotsenozga katta zarar keltirishi, atrof muhitning ifloslanishiga sabab boʻlishi mumkin. Mineral oʻgʻitlar tuprokda har xil oʻzgarishlarga uchraydi, bu oʻzgarishlar oziq moddalarning eruvchanligiga, tuprokda harakatlanishi va usimliklarga singishiga taʼsir kursatadi.
- Mineral oʻgʻitlarning samaradorligi juda yuqori. Hisobkitoblarga Karaganda, gʻuza 1 t paxta hosili toʻplash uchun sof 30–70 kg azot, 10–20 kg fosfor, 30–60 kg kaliyni oʻzlashtiradi. Ekinlar umumiy hosildorligining taxminan 50% ugʻitlarni qoʻllash, 25% nav afzalliklari va 25% yetishtirish texnologiyasi orkali taʼminlanadi. Toʻgʻri nisbatlarda koʻllanilgan NPK Mineral oʻgʻitlarning har bir kg i oʻrtacha 10 kg gʻalla yoki shunga ekvivalent boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini beradi. I .t. muassasalarining tekshirish natijalariga koʻra, Oʻzbekistonda azot, fosfor va kaliyni qoʻllashning eng yaxshi nisbati 1:0,75:0,35 qilib belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |