Yangi mavzu: “Atrоf muhitni muhоfaza qilish muammоlari” mavzusining bayoni
Reja:
1. Tabiiy muhitning hozirgi holati
2. Tabiiy muhit va inson
3. Ishlab chiqarishni ekologiyalashtirish
Ilgari ta'kidlab o'tganimizdek, tabiat-o'zaro bog'liq bo'lgan obyektlar va jara-yonlarning yagona, juda murakkab majmuyidir. Inson - tabiatning ajralmas qisrni. U tabiat bilan doimiy ravishda o'zaro ta'sirda bo'1gan holdagina mavjud bo'la oladi. Odamzodga nima kerak bo'lsa, u ularni faqat tabiatdan oladi. Ijtimoiy mavjudot silatida u eng avvalo, o'zining mehnat faoliyati bilan tabiatga juda katta o'zgartiruvchi ta'sir ko' rsatadi. Odamzodning mehnat faoliyati jarayonida tabiat bilan inson jamiyatining sifatiy jihatdan mutlaqo yangi o'zaro ta'siri yuzaga keladi. U hayvonlarning atrof-muhit bilan o'zaro ta'siridan tamomila farq qiladi. Qisqacha qilib aytganda, hayvon tabiatdan faqat foydalanadi. Undagi ishtiroki doirasidagina o'zgarishlar sodir qiladi. Inson esa tabiatga kiritgan o'zgartirishlari bilan uni o’z maqsadlari yo'lida xizmat qilishiga majbur etadi, to'g'rirog'i, uning ustidan hukmronlik qilishga intiladi.
Hozirgi zamon ekologik vaziyatni tadqiq etish bu mulohazalarning naqadar to'g'ri ekanini tasdiqlaydi. Insonning biosferaga bir tamonlama va stixiyali ta'siri bizning sivilizatsiyani shunday dunyoga aylantirdiki, unda nafaqat cho'l-u biyobonning gulzorlarga, botqoqliklarning unumdor yerlar-u ekinzorlarga, dashtu- ma'volarning shaharga aylanishi, balki dastlabki bog'-rog'lar o'rnida sahroni, hayvonlarning qirilib, butunlay yo'qolib ketishi arafasida turgan holatlarni ham kuzatish mumkin.
Tabiatning barcha elementlari atrof-muhitni tashkil etadi. Shuningdek, bu tushuncha inson faoliyati tufayli o'zgargan tabiat qisrnlari, shaharlar, qishloq xo'jaligi maydonlari, o'rmonzorlar, suv, havo va boshqalarni harn o'z ichiga qamrab oladi.
Tadrijiy takomil jarayonida insonda tashqi muhitning noqulay sharoitlarida ham yashashga imkon beruvchi maxsus a'zolar organlar va to'qimalar tizimi, alohida biologik va fiziologik mexanizmlar shakllangan. Xuddi ana shu ma'noda insonning hayvonlar bilan umumiy jihatlari bor. Biroq inson ijtimoiy moslashuv
qobiliyatiga ham ega. Uning mazkur xususiyati unga umuman hayot uchqunlari bo'lmagan joylarda ham yashash imkonini beradi. Fan va amaliyot ma'iumotlari shundan dalolat beradiki, ijtimoit moslashuv vositalari - kosmik raketalar, kafarlderlar, yashashga imkon beruvchi boshqa maxsus texnik qurol va jihozlar, avtomatni moslamalar, avtomatik tizimlar mavjud bo'lgan hollardagina insonhayot bo'lmagan joylarda ham yashashi mumkin bo'ladi.
Jonli tabiatning boshqa namoyandalaridan farqli o'laroq inson yer kurrasining juda xilma-xil shart-sharoitiarida, iqlimi, yer tuzilishidan qa'tiy nazar, hatto ekstremal sharoitli hududlar, masalan, Arktika va Antarktida, baland tog' etaklari, cho'l-u biyobonlarda ham yashayveradi. Boshqa jonzotlar esa, atrof-muhitning turli o'zgarishlariga biologik jihatdan moslasha olmasdan, ko'p vaqt o'tmay halok bo'lishadi. Masalan, chuchuk suvli havzalarning kuchli sho'rlanishi, o'txo’r hayvonlar ozuqalarining yo'qolib ketis -yoki yetishmasligi ularni iste'mol qilishga moslashgan ko'pgina jonzotlarning qirilib ketishiga olib keladi.
Insoniyat hayoti tabiiy muhit bilan uzviy bog'liqdir. Tabiat -hayot beshigi, inson yashaydigan tabiiy muhitdir. Inson bu tabiiy muhit yoki hayotdan tashqarida yashay olmaydi. U dengiz okeanlar tubida maxsus yashash maskani yaratsa-da, hatto samolarda kichik shaharlar barpo eta olsa ham, mazkur joylarda biologik tur sifatida mavjud bo'lishi uchun tegishli hayotiy shart-sharoitlarni ta'minlashi lozim bo'ladi. Biroq hozirgi vaqtda atrof-muhit ifloslashuvining tobora kengroq tus olishi oxir-oqibatda odamlar hayotining tabiiy asoslarining yemirilishiga olib boradi. Xalqimizda “kasalini yashirsang isitmasi oshkor qiladi” degan naql bor. Ekologik xavf-xatar ko'lami pinhon tutilgani bilan uning halokatli belgilari aniq ko'rina boshlaydi. Ammo bugungi kunda vaziyat ancha o'zgardi. Dunyoning turli nuqtalaridagi ekologik tanglik ochiq-oydin muhokama etilmoqda. Chunki atrof-muhitning ifloslanishi, zaharlanishi va ishdan chiqishi butun sayyora miqiyosidagi hodisaga aylandi. Ekologik tanglikning aks sadosi barcha qayta tiklanish jarayonlarida o'z ifodasini topmoqda.1970- yiilarning o'zidayoq har yili biosf'eraga o'rtacha 40- milliard tonnadan ortiq ishlab chiqarish chiqindilari tashlanardi. -yilga kelib esa uning hajmi 100 milliard tonnaga yetdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |