Yangi mavzu: “Atrоf muhitni muhоfaza qilish muammоlari” mavzusining bayoni



Download 68,5 Kb.
bet3/3
Sana08.02.2022
Hajmi68,5 Kb.
#434750
1   2   3
Bog'liq
Atrof muhitni muhofaza qilish muammolari

Atrof-muhitni ifloslantiruvchi
manbalar




Aholi sonining ortishi yoki u bilan bog’liq holda qishloq xo’jaligi faoliyati kengayishi



Sanoat, ishlab chiqarish, zavod va fabrikalar



Texnika rivoji



Energitik resurslari istemoli ortishi


Mamlakatimizda ekollogiya va tabiatni muhofaza etish masalalariga katta e'tibor beriladi. Har yili davlat tomonidan ekologiya va tabiat muhofazasi uchun million-million miqdorda mablag' ajratilyapti. Bundan tashqari. aholining ekologik madaniyatini sifatiy jihatdan yangi bosqichga ko'tarish borasida rejali ishlar yo'lga qo'yilgan. Ayniqsa, bugungi yoshlarni, kasb-hunar ta'limi muassasalari o'quvchilarini, talabalarni ekologik jihatdan tarbiyalash o'ta muhimdir, chunki aynan urlar fan-texnika taraqqiyotini tezlashtirish asalalarini amalda joriy etadilar. Kelgusida ular, eng birinchi navbatda, xomashyo va materiallar, tabiat boylikJaridan to'la va bir brttun fo-vdalanish imkonini beruvchi, atrof-muhitga zarurli ta'sirlarni butr.rnlay yo'qotuvchi yoki sezilarli darajada pasaytiruvchi kombinatsiyalangan ishlab chiqarishni rivojlantirishlari kerak.


Tabiatni muhofaza etish bo'yicha an'anaviy chora-tadbirlar (masalan, murakkab tozalash qurilmalarini qurish) garchand tabiiy muhit ifloslanishi va biosfera holati yomonlashuvining oldini olsada, ammo bu ekologik jarayon yo’nalishini tubdan o’zgartira olmaydi. Ular tabiatni himoya qilishda yordam beradi xolos. Ammo undan olingan mahsulot-boyliklarni qayta tiklash, uzilib
qolgan hayotbaxsh biosferik sikllarni o'z izmiga tushirish borasida samarasizdir. Negaki, qayta tiklanmaydigan organik manbalar (neft, ko’mir, slaneslar) o'simlik qatlami qoldiqlari «tabiat laboratoriyasi» da organik qayta ishlangan mahsulot hisoblanadi. Ular endi qaytadan hich vaqi sintezlanmaydi. Kesilib ketgan o'rmonlar
ham ko'p joylarda o'z-o'zidan qayta tiklanmaydi. Sun'iy ravishda ekilgan kolchatlar o'rnida esa, qimmati qadimgi daraxtzorlarnikiga o’xshamagan o'rmon paydo bo'ladiki, ko'pincha ular oziqlanish tartibini buzib yuboradi. Buning oqibatida faqat ma'lum ekologik shart-sharoitlardagina hayot kechiradigan ko'plab hayvon va
o'simliklar qirilib ketadi.
Eng katti miqyoslarda qurilgan tozalash qurilmalari yordamida ham uzluksiz ravishda rivojlanayotgan sanoat ishlab chiqarishining zararli ta'siridan atrof-muhitni himoya qilish muammosini to'la hal etib bo’lmaydi. Bu muammolarni faqat ekologik xavfsiz, kamchiqindili va chiqindisiz texnologik jarayonlarni yaratish yo'li bilangina muvaffaqiyatli hal etish mumkin. Negaki, sanoatda sintezlanadigan murakkab kimyoviy moddalar tabiatda o'z-o'zidan yemirilib ketavermaydi. Bundan tashqari, ba'zi sintezlangan moddalar tabiiy
atrof-muhit uchun zaharli hisoblanadi. Bu esa ayrim tirik organizimlarda ba'zi salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi, hatto ularning o’limiga ham sabab bo'lishi mumkin. Shu bois olimlar zimmasida muhim muammolar turibdi. Ular xalqxo’jaligining turli sohalarida qo’llaniladigan kimyoviy moddalarning ekologik tizim uchun keltirib chiqaridigan bilvosita uzoq salbiy oqibatlarni oldindan aytishlari lozim. Ma'lumki, ko'p preparatlarning salbiy oqibatlari tezda sezilavermaydi va hatto u dastlabki paytlarda ancha-muncha foyda keltirayot gandek tuyulishi ham mumkin. Ammo u tufayli olingan foydadan ko’ra uning zarari ko’proq bo’lgan holler ham kuzatiladi. Masalan, ommaviy-tarzda DDT preparatining qo’llanishini olib ko’raylik. Uning foyda o'rniga odamlarga ko'plab zarar keltirgani hammaga ma'lum-ku!
Tajribalar shundan dalolat beradiki, ishlab crriqarishning mavjud industrial texnologik usuli asosida jamiyatning tabiat bilan o’zaro ta'sirini optimallashtirish muammosini to’la hal etib bo’lmaydi. Ishlab chiqarishni sifat jihatdan tamomila yangi texnologik usulga o'tkazish kerak. Bu yosh avlod ishidir. Fan-texnika va ijtimoiy taraqqiyotning o'zi ekologiyalashgan ishlab chiqarishga olib kelishi lozim. Ammo vatanimizning kelajagi bo'lmish-yoshlar fan yuruqlariga tayanib, sifat jihatdan yangi texnologik jarayonlarni ishlab chiqishi va uni amaliyotga keng tatbiq etishlari zarur.
Bunday ishlab chiqarishning o'ziga xos xususiyati shundan iborat bo’ladiki, u tabiatning o' z-o' zini tiklashiga yordam beradi. Ekologiyalashtirilgan_ ishlab chiqarish murakkab yopiq jarayondan iborat. Bunda barcha chiqindilar yana qaytadan ishlab chiqarish siklida foydalaniladi. Bu yerda biotexnbiogiyaning o’rni beqiyos bo'ladi, ya'ni ishlab chiqarishda mitioorginizmlardan foydalaniladi. Ular oksidlar-tiklash jarayonini tezlashtiradi. Biotexnologiya yordamida ishlab chiqarilgan mahsulotlar ishonchli va toza bo'ladi. Ekologiyalashtirilgan ishlab chiqarishda bir bosqich chiqindilari ikkinchi bosqich uchun xomashyo vazifasini o’taydi. lnson ehtiyojlari uchun olingan mahsulotdan foydalanilgandan so'ng u yana qayta ishlanib, ishlab chiqarish jarayoniga egadir. Bunday ishlab chiqarishga uzoq vaqt kosmik parvozda 60dan ortiq kosmonavtlar chiqindilarini qayta ishlash misol bo’la oladi.
Qishloq xojaligida o'simliklarning yovvoyi turlari genlarini
o'tkazish yo'li bilan madaniy o'simliklar (javdar, bug’doy, kartoshka)ning virusli kasalliklarga chidamli bo'lishiga erishish borasida tajribalar olib borilmoqda. Bu sohada ershilgan yutuqlar qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni oshirishga xizmat qiladi.
Ekologiyarashtirilgan ishlab chiqarishda sifat jihatdan yangi energiya manbayiga o'tiladi. Bu uning xususiyati hisoblanadi. Negaki, hozirgi zamon industrial ishlab chiqarish yonilg’ining kimyoviy turlari - ko'mir, neft, tabiiy gaz, toridan foydaranishga asoslanilgan. Bu tabiiy boyliklar million yillar davomida asoslangan. Bugungi kunda esa urardan juda jadal sur'atrarda foydaranilmoqoa
va ko'p vaqt o'tmay ular tugab qolishi ham mumkin.
Energiyaning yangi manbalariga o'tish zarurati faqat manbalarning tugab qolishi va atrof-muhitning ifloslanishi tufayri tug’ilmagan. Yangi energiya manbalaridan foydalanish xomashyo resurslarining tugashi bilan bog'liq global tanglikning oldini oliihi mumkin. Buncha bizga fan-texnika yordam beradi. Sanoat ishlab chiqarishi «yopiq jarayon»larga o'tkazilishi kerak. Bunday jarayon tabiatning o'zida mavjud bo'lib, unda hech narsa chiqitga tashlanmaydi, chunki hammasi qaytadan iste'molga kiradi. Ilmiy nuqtayi nazardan qaragancla, garchand ancha murakkab bo'lsada, «yopiq jarayonlar»ni to'la amalga oshirish mumkin. Yopiq jarayonlarni amalga oshirishda, energetic jarayonlarning amalgam oshirishda, energitik jarayonlarni oshirish zarurati eng asosiy masala hisoblanadi. Shu bois bu jarayonlarni global miqyosida o’zlashtirib olish uchun odamlar amalda cheklanmagan quvvatli energiya manbalariga ega bo’lishlari kerak.
Yangi energiya manbalarini izlash bugungi kunda ilrniy tadqiqot markazida turibdi. Dunyoning ko'pgina mamlakatlarida atom energiyasidan foydalanilmoqda. Butun dunyoda 300 ga yaqin AES ishlab turibdi. Dunyoda ishlab chiqilayotgan butun elektr energiyaning 20 foizi AESlarga tegishlidir.
Kimyoviy usullarda olinadigan va atom energiyalardan tashqari yana quyosh, geoterminal, shamol, dengiz suvining ko'tarilish-pasayishi va noananaviy qayta tiklanmaydigan boshqa turdagi energiyalar ham mavjud. Bu qayta tikilanadigan energiya manbalari va ikkilamchi energiya resurslaridan kengroq foydalanish masalasini hayotning o'zi ilgari surmoqda.
Mutaxassislar vodorodga energiyaning istiqbolli manbayi sifatida qaraydilar. Bizning sayyoramizda vodorod zaxiralari deyarli cheklanmagan. Undan issiq energiya manbayi sifatida, shuningdek, transportda. sanoatda, turrn ushda foydalanish mumkin. Buning esa atrof-muhitni sof -saqlashda ahamiyati juda kattadir. Chunki vodorod yonishi jarayonida faqat distirlangan suv bug'i hosil bo'1adi, xolos. Sanoat miqiyosida asosan oddiy suvdan vodorod ishlab chiqarishning ko'pgina usullari topilgan. Vodorod ishlab chiqarish uchun atom elektr stansiyalari, quyosh, shamol, dengiz suvlarining ko'tarilish-pasayishi energiyalaridan foydalanish taklif etilmoqda.
Energiyaning mutlaqo yangi manbayidan biri - issiqlik nasoslaridir. Bu nasoslar freon yordamida atrof-muhitga sochilgan issiqlikni yig’adi va uni amaliy maqsadlarda qo'llash uchun “quyuqlashtiradi”. Issiqlik nasosini ishga tushirishda sarflanadigan energiya atrof-muhit havosidan olinadigan energiyadan bir necha marta kichikdir. Shunday qilib, energiyaning saqlanish qonunini buzmasdan
turib, atrof-muhitdan issiqlikni kondensatsiya qilish hisobiga go'yoki «abadiy ishlaydigan dvigatel» yaratiladi. Har qalay, hali atrof-muhit yetarli darajada yuqori haroratga ega ekan (holbuki, hatto harorat minus darajada bo'lganida ham issiqlik kondintsiyasini yo'lga qo'yish mumkin), u ishlayveradi. Hozirgi vaqtda issiqlik nasoslari Yevropaning turli mamlakatlarida ishlab turibdi. Ularning quvvati taxminan 100 ming kW ga teng.
Ekologiyalashtirilgan ishlab chiqarishga o’tish maleriya harakatining biologik shakli, ya'ni tirik tabiatdagi modda almashinuv jarayonlari qonuniyat va hususiyatlaridan kengroq foydalanish bilan bog'liqdir. Biokimyoviy texnologiya yaratish va uni rivojlantirish, bu yo'nalisirda qo'vilgan birinchi qadam hisobianadi. Bunda asosriy ishlab chiqarish jarayonlari sanoat qurilmalari va appartlarida emas, balki tirik hujayrada kechadi. Yangi ishlab chiqarishning eng muhim omil – ko’rinmas mikroorganizm. Aynan uning yordamida oddiy xomashyo (ko'pincha ishlab chiqarish chiqindilari) ning murakkab va juda qimmatbaho moddaga aylanishi hodisasi yuz beradi. Boshqa usullar bilan bunday moddani olib bo'lmaydi. Masalan mikroorganzmlar qipiqlarni qayta ishlab, qimmatli oqsil mahsulotiga aylantirish qobiliyatiga ega. U hayvonlarning ozuqasiga qo’shimcha tarzda solinadi.
Ba'zan mikroorganizmlar haqida so'z borganda ular faqat turli kasalliklar tarqatuvchi manba sifatida talqin etiladi. Biroq tabiatda ekologiyalashgan ishlab chiqarish uchun juda zarur va foydali bo'lgan turli mikroorganizmlar mavjutdir.
Hozirgi vaqtda fizika – kimyoviy biologiya va biotexnologiyaning rivojlanishiga dunyo miqiyosida katta etibor berilmoqda Ularning yutuqlaridan esa tibbiyot qishloq xo’jaligi va sanoatda keng fodalanilmoqda. Respublikamiz Fanlar akademiyasining qator ilmiy, tadqiqot institutlari oldiga geioinieneriyasi va o'simliklar seleksivasi, mikroorganizmlar va hayvonlar, oqsillar sintezining biotexnologiyasi, biologik faol moddalar muammolari bo’y'icha nazariy va amaliy tadqiqotlarni, rivojlantirish masalalari qo’yilgan. Ba'zi bir qiyinchiliklar bo'lishiga qaramasdan bu yo’nalishlarda tegishli ilmiy-radqiqot va amaliy ishlar olib borilmoqda.
Fan-texnika taraqqiyotining atrof-muhitga ta'siri ham ijobiy ham salbiy bo'lishi mumkin. Mabodo, fanva texnika yutuqlarini xo’jalik faoliyatiga tatbiq etilsa jamiyat va tabiatning uyg'un holda rivojlanish talablari e’tiborga olinmasa salbiy oqibatlar kelib chiqadi.
Fan-texnika taraqqiyotining tartibsiz, boshqarib bo'lmaydigan rivojranishi natrjalida insoniyat shunday chegaraga yetib keldiki, chang-tutun va nurkasalligi, turli toksik, allergiya, endokrin va ijtimoiy chegara bilmaydigan patologiyaning boshqa turlari bilan bog’liq xastaliklar xavfli ko'ndalang bo'lib turibdi.
Yadro qurollarining sinalishi .natijasida tabiatda muhim o'zgarishlar yuz beradi. Bu o'zga'ishlarning ba'zi oqibatlari mutagen jarayonlarga, tirik organizmlarning irsiy kodiga ta'sir ko'rsatish g'oyat tashvishlidir.
Birgina AQSh sanoati va atom elektrstansiyalari har yili tabiat qo'yniga yuzlab tonna radioaktiv chiqindilarni tashlaydi. Ajal urug’i bo’lmish bu moddalar yillab axlatxonada yotadi. Ko’pgina hollarda zaharli yomg’irlar bilan yuvilib, saqlanish joyidan daryolar, quduqlarga sizib o'tach va toza ichimlik suvini zaharlaydi.
Bu esa aholi salomatligi uchun xavf-xatar tug’diradi. G'arbiy Yevropa va Amerikadagi taraqqiyparvar kishilar tabiatni asrab-avaylash uchun kurashadilar. Chunki ular odamlarning sihat- salomatligini ko'p jihatdan tashqi atrof-muhit holati darajasiga bog’liq ekanini yaxshi tushunadilar. Tabiatni muhofaza etish bo’yicha dunyo miqy'osida bir qancha uyushmalar mavjud. Masalan, Germaniyadagi partiyasi tabiat muhofazasi, yadro sinovlarini taqiqlashi, qurollanish poygasini to'xtatish uchun kurashadi. Ularning kurashi taraqqiyparvar kishilar tomonidan qo'llab-quvvarlanadi. Ijtimoiy qollaversa, jarayonlarning umumiy ekanini, ekologik tangiikning yagonaligini. sivilizatsiyaga xos xastariklarning ko’payganini, ijtimoiy va tabiiy moslashuv muammolarini ham yoddan chiqarmaslik kerak.
Jahon Sog'liqni saqlash tashkiloti nizomida salomatlik (to’la jismoniy, ruhiy va ijtimoiy farovonlik holati,> tarzida tafsiflanadi. Salomatlik - yuqori ijtimoiy faollik, mehnatni o’zlashtirish va uning samaradorligini oshirish, ijtimoiy munosabarlarni takomillashtirishdir (shuningdek. ijtimoiy va texnikaviy taraqqiyot)ning muhim asosi hisoblanadi. Salomatlik - agar bir inson baxt-saodatli to’laqonli ijtimoiy foydali faoliyatning zaminida yotadi. Haqiqatan ham, salomatlik
borasida g'amxo'rlik qilish yuksak ijtimoiy qadriyatlardan biridir. Salomatliksiz inson ham, jamiyat ham o'z maqsadlariga erisha olmaydi.
Biosferadagi barcha jarayonlar o' zaro bog’liqdir. Insoniyat biosferaning-
kichik qismi bo'lsa, inson esa organik hayot tuhfalidan biridir. Biosfera holatining yomonlashuvi barcha tirik mavjudotlar, shu jumladan inson uchun ham xavflidir. Insonning va uning atrof olam bilan munosabatini har tamonlama o'rganish shuni tushunishga olib keldiki, salomatlik - bu nafaqat kasallikning yo’qligini bildiradi, balki bu insonning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy-xotirjamlikdir. Salomatlik - tuman boylik. Bizga salomatlikni tabiat ato etgan. Ammo u biz yashayotgan shart-sharoitga juda bog’liqdir.




«Konvert» texnikasi uchun savollar
(Har bir savol konvertlarga alohida solinadi)

1. Atrof muhitni muhofaza qilish deganda nimani tushunasiz?



2. Atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbalarni ayting?


.
Download 68,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish